Mavzu: Bolalarda yuz – jag’ sohasi patologiyalari, ularni yuzaga kelish sabablari, bemor bolalarni tarbiyalash



Download 17,7 Kb.
Sana09.02.2022
Hajmi17,7 Kb.
#439129
Bog'liq
tkk 7


Mavzu: Bolalarda yuz – jag’ sohasi patologiyalari, ularni yuzaga kelish sabablari, bemor bolalarni tarbiyalash
Bolalarda og'iz bo'shlig'i shilliq qavatning mexanik ta'sirlardan jarohatlanishi , ko'pgina hollarda shikastlangan tishlarning o'tkir qirralari va ular og'ziga solib o'ynaydigan predmetlar ta'sirida kuzatiladi . Yangi tug'ilgan chaqaloqlarda bu xil jarohatlanish vaqtidan oldin yoki tug'ma o'sib chiqqan , ayniqsa pastki jag ' markaziy kurak tishlarining mexanik ta'sirida yuzaga kelishi mumkin . Bunday hollarda jarohat - yara tilning ostki yuzasida paydo boladi . Til ostki yuzasining jarohatlanishi bola ona kokragini so'rayotgan paytlarda aniqlanadi .
Bunday hollarda shilliq qavat jarohatini bartaraf etish uchun o'sib chiqqan tishlar olib tashlanadi . sorishi Bir yoshgacha bolgan bolalarning uzoq muddat uzun so'rg'ich natijasida qattiq tanglayning yumshoq tanglayga o'tish chegarasida shilinishlar ( eroziya ) vujudga kelishi mumkin . Bu xil shilinishlar yaxshi o'sayotgan , sog'lom bolalarda tezda o'tib ketadi . Ba'zi bir hollarda bolalar o'zlarini noxush his qilishlari , injiqlanib ona ko'kragini so'rmay qoyishlari mumkin . Og'iz bo'shlig'ining shilliq qavati ko'zdan kechirilganda ( ayniqsa , tanglay sohasida ) shilinish yoki yara hosil bo'lganining guvohi bolamiz . Bu belgilar
yuzasi kopchigan fibrinli karash bilan qoplangan va atrofi qizg'ish
hoshiya bilan o'ralgan bolsa , Bu hol ikkilamchi infeksiya ta'sirida
yallig'lanish jarayonining boshlanganligidan darak beradi .
Bunday vaziyatlarda shifokor muolajasi og'iz bo'shlig'ini ,
jarohat yuzasini shifobaxsh o`simliklardan ( shalfey , romashka ,
kalendula , achchiq damlangan choy va boshq . ) tayyorlangan
damlamalar bilan ( rezina ballonchalar yordamida ) tez - tez
yuvib turishdan iborat bo'ladi . Yuvilgan jarohat yuzasini shilliq
parda hujayra va to'qimalarining tiklanishiga yordam beruvchi
malhamlar ( na matak moyi , oblepixa moyi , vinilin , salkoseril ,
jalanxoe yog'i ) bilan moylash maqsadga muvofiq hisoblanadi .
Bolalarda odatda surunkali periodontit otkir periodontitdan
song yoki birlamchi surunkali periodontit sifatida pulpa
yallig'lanishi va nekrozi oqibatida , shu bilan birgalikda ayrim
hollarda uzoq davom etgan , periodont toqimasiga ta'sir
korsatuvchi mexanik mikrotravmalar ( baland qilib qo'yilgan
plomba , tishlar orasida qalam , ruchka va boshqa predmetlarni
tutib turish odati , noto'g'ri qoyilgan ortodontiya moslamalari va
x . k . ) natijasida yuzaga keladi . O'tkir mexanik kuchli travma
oqibatida pulpa toqimasining o'lishi ham vaqt o'tishi bilan
surunkali periodont yallig'lanishini yuzaga keltiradi .
Infeksiyali surunkali periodontitlar ko'pchilik hollarda birlamchi
surunkali periodont yallig'lanish sifatida kechadi . Surunkali
periodontitlarda sut tishlari ildiz kanallari mikrobiologik
tekshirilganda ( 4-8 yashar bolalarda ) 70 % Streptococcus
Salivarius , 23 % Stafilacoccus Albus topilgan .
Bolalar yoshida periodont , pulpa va tish qattiq toqimalarining
o'ziga xos anatomik , gistologik va fiziologik xususiyatlaridan
kelib chiqib , surunkali periodontitlar bir qator o'ziga xos klinik
xususiyatlar bilan kechadi :
1 ) Sut va shakllanmagan doimiy tishlarda surunkali periodontitlar unchalik chuqur bo'lmagan kariyes kovagi mavjud tishlarda pulpa bo'shlig'ining yopiq bolishi bilan kechadi ;
2 ) Sut tishlarida asosan periodontitning granulyatsiyalanuvchi turi koproq yuzaga keladi va ildizlarning patologik so'rilishi kuzatiladi ;
3 ) Yosh bolalarda kechadigan granulyatsiyalanuvchi surunkali periodontit mavjud tishlar atrofidagi milk toqimasida , katta yoshdagi o'smir bolalarga nisbatan deyarli barcha hollarda oqma yo'l borligi kuzatiladi ;
4 ) Kopchilik hollarda surunkali periodontit tish ildizlari bifurkatsiyasi sohasida suyak to'qimasining yemirilishiga olib keladi ;
5 ) Surunkali periodontitlarda pulpa nekrozi va o'suvchi soha toqimasining o'sishi shakllanmagan ildizlarning o'sishini to'xtashiga sabab bo'ladi ;
Surunkali kechadigan sut tishlari periodontiti yallig'lanish jarayonining va jadallik darajasiga qarab , uzoq muddat kechishi vaqtiga qarab har xil asoratlarga sabab bo'lishi mumkin .
1. Sut tishlari periodont toqimasidagi surunkali yallig'lanish
jarayoni doimiy tishlar kurtagida ohaklanish jarayoni yuz
bermasdan oldin shu kurtaklarni qamrab olib yallig'lanish
jarayoniga tortgan bo'lsa , mazkur doimiy tish kurtaklarining
o'lishi yuz beradi . Rentgen tasvirda tish kurtaklarini o'rab ,
ajratib turuvchi kortikal suyak plastinkasi erib ketganligi va tish
kurtagining mavjudmasligi aks etgan bo'ladi .
2. Bir qadar ohaklashgan doimiy tish follikulalarida uning
atrofidagi surunkali perikoronal yallig'lanish tish kurtaklaridagi
modda almashinuv va mineral almashinuv jarayonlarini buzishi
oqibatida mahalliy gipoplaziyaning har xil ko'rinishlari yuz beradi
. Shu bilan bir qatorda odontoblast hujayralar funksiyasi buzilsa
bunda tishlar shakli va rangi buzilishi kuzatiladi .
3. Doimiy tish kurtaklarining sut tishlarining surunkali
periodontiti tufayli nekrozga uchrashi oqibatida shakllanishi
to'xtaydi va sekvestrlarga ajralib parchalana boshlaydi . Sut
tishlari olib tashlansa , alveola bo'shlig'ining yiring bilan
to'lganligi va doimiy tish sekvestrlari mavjudligi aniqlanadi . Bunday tish oldirib tashlashdan boshqaga yaramaydi .
4. Sut tishlari periodontining surunkali granulyatsiyalanib
yallig'lanishi doimiy tish kurtagini ajratib turuvchi kortikal suyak
plastinkasini erta yemirilishiga va doimiy tishning muddatidan
oldin chiqishiga sabab bo'ladi . Bunday hol o'z navbatida juft –
juft bo'lib chiqish tartibini buzadi va tishlar qatori prikusining
deformatsiyasiga olib keladi . Bunday bar vaqt chiqqan tishlar
tezda kariyes jarayoniga uchraydi .
5. Sut tishlari periodontitidagi surunkali granulyatsiyalanuvchi
yallig'lanish jarayoni va muntazam ravishda yig'ilib turadigan
yiringli ekssudat doimiy tish kurtagini o'rnidan siljitishi , uning
holatini o'zgartirishi , o'z o'qi atrofida aylantirishi mumkin . Bu
esa keyinchalik shu tishning vaqtida chiqmasligiga , til yoki lunj
tomondan yorib chiqishiga sabab boladi .
Download 17,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish