Mavzu Bolalar psixologiyasi o’quv fani sifatida. Fanning asosiy kategoriyalari



Download 32,82 Kb.
bet1/4
Sana31.12.2021
Hajmi32,82 Kb.
#209925
  1   2   3   4
Bog'liq
1-тема (3)


Mavzu 1. Bolalar psixologiyasi o’quv fani sifatida. Fanning asosiy kategoriyalari.

Reja:


  1. Bolalar psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari.

  2. Bolalar psixologiyasi fanining boshqa fanlar bilan aloqasi.

  3. Fanning asosiy kategoriyalari

  4. Bolalar psixologiyasi tarixi.

Bolalar psixologiyasi fanining predmeti, vazifalari.

Barkamol shaxsni tarbiyalashda, bolani dunyoga kelganidan boshlab to voyaga etguniga qadar bo’lgan davrdagi psixologik xususiyatlarini bilish tarbiyachilar, pedagoglar va psixologlar, ota – onalar uchun muhim ahamiyatga ega. Bolaning psixik taraqqiyoti haqidagi bilimlarni esa psixologik bilimlarning maxsus sohasi – Bolalar psixologiyasi fani o’rganadi.

Bolalar psixologiyasi – psixologiya fanining alohida tarmog’i bo’lib, bolaning tug’ilganidan to etuklik davrida psixik taraqqiyotini, turli yosh davrlardagi bola psixik taraqqiyotining qonuniyatlarni, rivojlanishining turli bosqichlarida bola psixikasiga xos xususiyatlarini o’rganadi.

Bolalar psixologiyasi fanining asosiy etibori tug’ilganidan etuklik davrigacha inson psixikasi va ongining qanday rivojlanishiga qaratilgan, yani har bir shaxs uzoq bolalik davrini boshdan kechiradiki, bu davrda unda alohida psixik jarayon va xususiyatlar yuz beradi. Shuning uchun ham bu davrni fanda alohida ajratib o’rganiladi va uni ontogenetik (tug’ilgandan ulg’aygungacha o’sib etilish davri) taraqqiyot yo’li deyiladi.

Bolalar psixologiyasi bola psixikasining taraqqiyoti hamda shaxsiy xususiyatlarining yuzaga kelishiga tasir qiluvchi omillarni ham o’rganadi. Bolalar psixologiyasi bu muammolarni hal qilishda mustaqil fan sifatida o’ziga xos vazifalarni hal etmog’i lozim.

Bugungi kunda bolalar psixologiyasi fanining oldida bir qancha muhim nazariy va amaliy vazifalari turadi. Bolalar psixologiyasining nazariy vazifalari uning nazariy muammolarini echishga qaratilgan. Jumladan, uning nazariy vazifalariga quyidagilar kiradi:


  1. Turli yoshdagi bolalarga xos bo’lgan psixologik xususiyatlarni, yani bolalarning idrokiga, sezgi – tuyg’ulariga, diqqatiga va xotirasiga, nutqi va tafakkuriga, xayoliga, irodasiga xos xususiyatlarni o’rganish;

  2. Turli yoshdagi bolalar psixik protsesslari hususiyatlariniing nerv– fiziologik asoslarni o’rganish;

  3. Bolaning psixik taraqqiyotiga faol tasir qiluvchi omillarni aniqlab berish;

  4. Turli yoshdagi bolalarning rivojlanishiga xos bo’lgan qonuniyatlarni o’rganish;

  5. Bola shaxsi va shaxsiga xos bo’lgan psixologik xususiyatlarni o’rganish;

  6. Bolani maktab talimiga tayyorlash;

  7. Maktabda muvaffaqiyatli o’qish uchun bolaning aqliy jarayonlarini faollashtirish;

  8. Talim jarayonida bolaning mustaqil, ijodiy, faol tafakkurini shakllantirish;

  9. Talim – tarbiya jarayonida bolaning maxsus qobiliyatlarini shakllantirish;

10. Talim – tarbiya ishlarini psixologik mazmunini ochib berishdan iboratdir. Uning amaliy vazifalariga turli yoshdagi bolalarning psixik taraqqiyoti xususiyatlariga doir bilimlarni tarbiyachilir, o’qituvchilar, ota – onalar yani jamoatchilar o’rtasida keng yoyishdan iborat. Bolalar psixologiyasining amaliy vazifasi - keng jamoatchilik bola ruhiy taraqqiyotiga, yoshlik xususiyatlari orasidagi farqlar va ularga individual munosabatda bo’lish yo’llariga doir, ruhiy taraqqiyot qonunlariga doir psixologik bilimlardan bahramand bo’lmoqlarini taminlashdan iborat. Jamoatchilikni psixologik bilimlardan xabardor qilish, ro’znoma va oynomalarga maqolalar yozish, radio va teleko’rsatuvlarda turli eshittirishlar tashkil qilish, ota–onalar bilan suhbatlashish, mahallalarda bola tarbiyasi haqida maruza, suhbat va bahslar uyushtirish yo’li bilan amalga oshiriladi. Bu vazifalarni amalga oshirish komil insonni shakllantirishda muhim rol o’ynaydi.


Download 32,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish