Profilaktikasi. Kasallikka chalingan bemorlar 9-10 kungacha uyda boshqalardan ajratib qo'yiladi. Kasalga yaqin yurgan bolalar 21 kungacha kuzatib turiladi. Bunday bolalarga 1-3 ml globulin yuboriladi.
Mamlakatimizda bolalarni Epidemik parotitga qarshi emlash 15-18 oylik bolalarga o'tkaziladi Bunda 0,5 ml miqdorda teri ostiga parotitga qarshi tirik lekin kuchsizlantirilgan vaksina yuboriladi.
QIZAMIQ
Qizamiq- o'tkir yuqumli kasallik bo'lib, nafas yo'llarining kataral yallig'lanishi, badan terisida qizgish dog'simon-papulyoz toshmalarning toshishi va umumiy intoksikasiya alomatlari bilan ifodalanadi.
Etiologiyasi. Qizamiq kasalligini filtrlanuvchi viruslar qo'zg'atadi. U tashqi muhitga chidamsiz, quyosh nurining ultrabinafsha nurlari ta'sirida tezda nobud bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |