Mavzu: Bolalar infeksiyasi



Download 0,68 Mb.
bet19/20
Sana12.09.2021
Hajmi0,68 Mb.
#172829
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
Bolalar infeksiyasi

Klinik manzarasi. Kasallikning inkubasion davri o'rta hisobda 3-7 kun davom etadi. Ayrim sharoitlarda yashirin davr 1 kungacha yoki 12 kungacha uzayishi mumkin. Kasallik ko'pincha o'tkir boshlanadi: tana harorati to'satdan 38-39 ººC gacha ko'tariladi, holsizlik, tomoqda og'riq, qayd qilish kuzatiladi. Kasallikning birinchi yoki ikkinchi kunida terida pushti rang nuqtasimon, ba'zan qattiq qichishadigan toshmalar paydo bo'ladi. Toshmalar ko'proq qorinda oyoq-qo'llarning ichki tomonida, burun va og’iz bo'shlig'ida joylashgan bo'ladi. Tanglay zararlanishi turlicha bo'lib, kataral, follikulyar, lakunar va nekrotik angina ko'rinishida bo'lishi mumkin. Skarlatina uchun manglayning qizarib ketishi harakterli bo'lib bu o'zgarish bo'yin limfoadeniti bilan o'tadi. Kasallikning o'tkir davri 4-5 kun davom etadi.

Skarlatinada toshmalarning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki u mayda donali, nuqtasimon bo'lib, qizargan teri ustiga paydo bo'ladi. Toshma burun lab uchburchagida toshmaydi. Bu kasallikka xos bo’lgan belgi hisoblanadi. Toshmalar terida biroz ko’tarilib turganligi sababli, teri paypaslab ko’rilganda uning dag’allashganligi seziladi.

Kasallikning og'ir turida toshmalar qizg'ish tusda emas balki ko’kimtir tus oladi. Toshmalar 3 kundan 1 haftagacha saqlanib turadi, toshma yo’qolgandan keyin ular o'rnida hech qanday dog' (pigmentasiya) qolmaydi. Lekin toshmadan keyin terining ko’chishi (po’st tashlash) boshlanadi. Terining ko’chishi mayda-mayda, kepaksimon tarzda yoki taram-taram bo'iishi mumkin. Skarlatinada bemorning tilida ro'y beradigan o'zgarishlar ham xarakterlidir. Til sarg'ish parda bilan qoplanadi. Keyin tilning chetlari tozalana boshlaydi va sekin-asta uning yuza qismiga o'tadi. Tildagi so'rg'ichlar yaxshi ifodalanadi va u qip-qizil malina rangiga kiradi ("malinasimion" til). Tildagi o'zgarishlar 2 xaftagacha saqlanib turishi mumkin. Kasallikning avjga chiqqan davrida bemorda umumiy intoksikasiya belgilari yaqqol namoyon bo'ladi. Bu skarlatinaning og'ir-yengil kechishiga bog'liq. Kasallik yengil kechganda tana harorati ko’tarilmasligi va zaharlanish belgilari bo'lmasligi mumkin. Ammo og'ir o'tadigan skarlatinada tana sharorati 39-40ºº C gacha ko’tariladi, kuchli bosh og'rig'i, ko’ngil aynishi, qusish, holsizlik, ba'zan talvasa tutishi kabi belgilar paydo bo'ladi. Umumiy intoksikasiya natijasida yurak-qon tomirlar, jigar, buyrak kabi a'zolarning faoliyati buziladi. Skarlatinaning kechishiga qarab, yengil, o'rtacha og’irlikdagi va og'ir turlari farqlanadi. Kasallikning yengil turida tana harorati subfebrir bo'ladi, zaharlanish alomatlari
kuzatilmaydi, toshma siyrak bo'lib, tez orada o’tib ketadi.

O'rtacha og’irlikdagi skarlatinada harorat 39-40ºº C gacha ko’tariladi, bemor holsizlanadi, qayt qila boshlaydi. Toshma kuchli ifodalangan, angina nekrotik xususiyatga ega bo'lib, mahalliy limfa bezlari kattalashadi.

Skarlatinaning og'ir turi toksik va septik belgilarning kuchli ifodalanganligi bilan xarakterlanadi. Umuman intoksikasiya alomatlari juda kuchli namoyon bo'ladi. Tana harorati 40-41ºº C gacha ko'tariladi, to'xtovsiz qusish, talvasa alomatlari kuzatiladi. Badan terisiga toshmalar kasallikning 2-3 kuni paydo bo'ladi va uning rangi ko’kimtir tusda, tomoq qip-qizil cho’g’ rangida, til oq karash bilan qoplangan va quruq bo'ladi. Yurak tonlari bo’g'iq, qon bosimi past, tomir urishi kuchsiz va tezlashadi.


Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish