Bola huquqlari sohasidagi mintaqaviy xalqaro hujjatlar:
Yevropa mintaqasi davlatlari hamkorligiga qaratilgan hujjatlar: Bolalarga homiylik qilish va ularga homiylik qilishni tiklash borasidagi qaromi tan olish vaularni bajarishto‘g‘risidagi 1980-yilgi Yevropakonvensiyasi, Bolalar huquqlarini amalga oshirish bo‘yicha Yevropa konvensiyasi, 1996-yilda qabul qilingan va 2000-yilda kuchga kirgan.
Afrika mintaqasi davlatlari hamkorligiga qaratilgan hujjatlar: Bola huquqlari va baxt-saodati to‘g‘risida Afrika konvensiyasi 1991-yilda qabul qilingan va 1999-yilda kuchga kirgan; Afrika yoshlari xartiyasi 2006-yilda qabul qilingan, 2009-yilda kuchga kirgan.
Amerika mintaqasi davlatlari hamkorligiga qaratilgan hujjatlar: Balog‘atga yetmagan bolalar xalqaro traffigi bo‘yicha Amerika davlatlari konvensiyasi, 1994-yilda qabul qilingan, 1997-yilda kuchga kirgan; Qaytib kelgan bolalar to‘g‘risidagi Amerika davlatlari konvensiyasi, 1989-yilda qabul qilingan va 1994-yilda kuchga kirgan, Balog‘at yoshini o‘rnatish bo‘yicha qonunlar kolhziyasi bo‘yicha Amerika davlatlari konvensiyasi, 1984-yilda qabul qilingan va 1988-yilda kuchga kirgan. Amerika qifasiga tegishli xalqaro hujjatlarning o‘ziga xosligi, ularning ko‘proq muayyan huquqiy munosabatlar sohasini tartibga solishga qaratilganligi bilan izohlanadi.
Bola huquqlarini himoya qilishga oid mintaqaviy hujjatlar xususida fikr yuritilganda, yuqoridagi manzaradan ko‘rish mumkinki, hozirgacha mavjud hujjatlar asosan Yevropa, Amerika va Afrika qifalarigagina taalluqli, xolos. Afsuski, bolalar huquqlarini ta’minlash murakkab va muammoli bo‘lgan Osiyo mintaqasiga oid bunday hujjat xali ishlab chiqilmagan. Bu esa, mazkur mintaqada inson huquqlari bo‘yicha mintaqaviy mexanizmning yo‘qligi va bu sohada davlatlararo mintaqaviy hamkorlik juda ham sust ekanligi bilan xarakterlanadi.
Xulosa qilib aytganda, bola huquqlariga oid xalqaro hujjatlarning tasnifi shuni ko‘rsatmoqdaki, birinchidan, ular bola huquqlari sohasidagi xalqaro hujjatlarning mazmun-mohiyatini to‘g‘ri tushunishga yordam bersa, ikkinchidan, bola huquqlari sohasidagi xalqaro huquqiy baza, ham universal miqyosda, ham mintaqaviy miqyosda rivojlanib borayotganligini, ammo bu rivojlanish barcha mintaqalarda ham bir xil ketmayotganligi to‘g‘risidagi manzarani ko‘rsatib beradi. Shu bilan birga, turli mintaqalardagi davlatlarning siyosiy, iqtisodiy tuzumidagi farqlar, ularning diniy va madaniy xilmaxilligi kabi omillar bu sohadagi davlatlarning mintaqaviy integratsiyasiga ta’sir qiluvchi omillar ekanligini tushunishga yordam beradi.
Bola huquqlarini himoya qilish bo‘yicha milliy va xalqaro mexanizmlar
Do'stlaringiz bilan baham: |