Bola huquqlariga oid universal normalar:
BMTning universal standartlari deb ataluvchi umumiy deklaratsiyalari va konvensiyalari: Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt, Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt kabi universal hujjatlari.
Ularda bayon etilgan huquqlar barcha insonlar kabi bolalarga ham taalluqlidir. Deklaratsiya va paktlarda bola huquqlari va manfaatlariga bevosita taalluqli bo‘lgan quyidagi qoidalar shakllantirilgan: bolalarning tengligi tamoyili, onalik va bolalikni himoya qilish to‘g‘risida, bolalarni ekspluatatsiya qilish to‘g‘risida, bolalarning ta’lim olish huquqi. Deklaratsiya va paktlarda bolalarning tengligi tamoyili e’lon qilingan. Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi paktda har bir bola irqi, tanasining rangi, jinsi, tili, dini, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy ahvoli yoki tug‘ilishidan qat’i nazar, hech bir kamsitilishlarsiz uning oila, jamiyat va davlat tomonidan balog‘atga yetmagan shaxs sifatidagi himoya qilinishiga bo‘lgan huquqi mustahkamlab qo‘yilgan (24-moddaning 1-bandi). Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt 10-moddasining 3-bandida barcha bolalar va o‘smirlarga hech bir kamsitishsiz, oilaviy kelib chiqishi yoki boshqa belgilaridan qat’i nazar, alohida himoya choralari va yordam ko‘rsatilishi shart. Unga ko‘ra, bolalar va o‘smirlar iqtisoiy va ijtimoiy ekspluatatsiyadan himoyalangan bo‘lishi kerak, ularning mehnatini axloqi va salomatligi uchun zararli bo‘lgan yoki hayot uchun xavfli sohalarda yoki ularning normal o‘sishi uchun zarar keltirishi mumkin bo‘lgan sohalarda qo‘llash qonun bilan jazolanishi, bundan tashqari, davlat tomonidan belgilab qo‘yilgan yoshdan quyi yoshdagi bolalarning mehnatidan foydalanish taqiqlanishi va jazolanishi kerak.
BMT ixtisoslashgan tashkilotlarining hujjatlari: UNESCO hujjatlari: 1960-yildagi Ta’lim sohasida kamsitishga qarshi kurash to‘g‘risidagi konvensiya, XMT hujjatlari: 1973-yilda qabul qilingan va 1976-yilda kuchga kirgan Ishga qabul qilishning eng kichik yoshi to‘g‘risidagi 138-sonli konvensiya, 1999-yilda qabul qilingan va 2000-yilda kuchga kirgan Bolalar mehnatining eng yomon shakllarini taqiqlash va ularni tugatish bo‘yicha tezlik bilan chora-tadbirlar ko‘rish to‘g‘risidagi 182-sonli konvensiya, Mehnat sohasida asosiy tamoyillar hamda huquqlar va ularni amalga oshirish mexanizmi to‘g‘risidagi XMTning 1998-yil 19-iyundagi deklaratsiyasi. Shuningdek, 1946-yilda qabul qilingan 77- va 78-sonli konvensiyalar bolalar va o‘smirlarning sanoatdagi va sanoat bilan bog‘liq bo‘lmagan korxonalarda ishlashga yaroqli ekanligini aniqlash uchun ularni majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni nazarda tutadi. Ularda, agar bola 18 yoshdan kichik bo‘lsa va ular tibbiy ko‘rik natijasida ishlatilishi lozim bo‘lgan sohalarda ishlashi uchun ishga yaroqsiz deb topilgan bo‘lsa, bunday bolalar ishga qabul qilinmaydi. 79- va 90-sonli konvensiyalar bolalar va o‘smirlarning tungi mehnatini va sanoatdagi sanoat bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarni cheklashga qaratilgan.
Bola huquqlari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan alohida ijtimoiy guruhlar (ayollar) huquqlarini tartibga soluvchi xalqaro shartnomalar. Masalan, qurolli mojarolar davrida bolalarni himoya qilishga qaratilgan hujjatlar, umsh paytida aholini himoya qilishga qaratilgan 1949-yildagi IV Jeneva konvensiyasi va Jeneva konvensiyalariga 1977-yildagi I—II Qo‘shimcha protokollarda bolalarga harbiy harakatlar oqibatlaridan maxsus himoya taqdim etishni ko‘zda tutadi. 1974-yildagi Favqulodda holatlar va qurolli mojarolar davrida ayollar va bolalarni himoya qilish to‘g‘risidagi deklaratsiyada davlatlarga bolalarga alohida himoya taqdim etish tavsiya qilinadi.
Muayyan huquqiy munosabatlar sohasini (jinoyat huquqi, oila huquqi, fuqarolik huquqi, mehnat huquqi) qamrab oluvchi universal hujjatlar: Xalqaro farzandlikka olish sohasida bolalarni himoya qilishga oid 33-sonli Gaaga konvensiyasi; “Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash to‘g‘risida”gi BMT konvensiyasiga “Insonlar, xususan, ayollar, bolalar traffigining oldini olish, taqiqlash va jazolashga doir Palermo protokoli, 2000-yilda qabul qilingan va 2003-yilda kuchga kirgan.
BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilinganyuvenalyustitsiyaga oid hujjatlar: 1985-yil 29-noyabrda qabul qilingan Balog‘atga yetmagan bolalarga nisbatan odil sudlov yuritishga doir minimal standart qoidalari (“Pekin qoidalari”), 1990-yil 1-dekabrda qabul qilingan Balog‘atga yetmagan bolalar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan dasturiy tamoyillari (“Ar-Riyod dasturiy tamoyillari”); 1990-yil 14-dekabrda qabul qilingan Ozodlikdan mahmm etilgan balog‘atga yetmagan bolalarni himoya qilishga doir qoidalar; 1990-yil 14-dekabrda qabul qilingan Qamoqda saqlash bilan bog‘liq bo‘lmagan choralarga doir minimal standart qoidalari (“Tokio qoidalari”).
BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1985-yil 29-noyabrda 40/33-qaror asosida “Birlashgan Millatlar Tashkilotining balog‘atga yetmagan bolalarga nisbatan odil sudlov yuritishga doir minimal standart qoidalari” qabul qilingan.
Minimal standart qoidalarida ko‘zlangan asosiy maqsadlar quyidagilardir:
ishtirokchi-davlatlar, o‘z umumiy manfaatlariga muvofiq holda, balog‘atga yetmagan o‘g‘il yoki qiz bola va uning oilasi farovonligiga ko‘maklashish uchun intilishi zarur.
a’zo-davlatlar o‘smiming jamiyatda mazmunli hayot kechirishini ta’minlash imkonini beruvchi tegishli shart-sharoit yaratishga intilishi kerakki, hayotining ayni shu davrida nojoiz xulqqa ko‘proq moyilligi bo‘lgan o‘g‘il yoki qiz bolaning imkon qadar jinoyat va huquqbuzarlikni sodir etish ehtimolidan xoli shaxs sifatida kamolga yetishi va ta’lim olishi bilan bog‘liq jarayonda bunday sa’y-harakatlarni amalga oshirish.
imkon qadar mavjud barcha zaxiralarni, shu jumladan, oila, ko‘ngillilar va jamiyatning boshqa gumhlarini, shuningdek maktablar va shu kabi bir qator ijtimoiy institutlarni to‘la jalb etgan holda o‘smiming farovonligiga ko‘maklashish va shu bilan uning hayotiga qonun tomonidan aralashuv zaruriyatini kamaytirish, qonun bilan ziddiyatda bo‘lgan o‘smirga samarali, adolatli va insoniy muomala qilinishini ta’minlash maqsadlarini ko‘zda tutuvchi maqbul choralarni qo‘llashga yetarlicha e’tibor qaratish lozim bo‘ladi;
balog‘atga yetmagan bolalarga nisbatan sudlov harakatlari barcha balog‘atga yetmagan bolalar uchun har tomonlama ijtimoiy adolatni ta’minlash va ayni chog‘da, shu yo‘l bilan yoshlarni himoyalash hamda jamiyatda tinchlik va osoyishtalikni saqlab turish doirasida har bir mamlakatda milliy taraqqiyot jarayonining uzviy qismiga aylanishi zarur;
mazkur qoidalar har bir a’zo-davlatning mavjud iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy shart-sharoitlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Balog‘atga yetmaganlarga nisbatan odil sudlov harakatlari bilan shug‘ullanuvchi xizmatlar xodimlarining malakasini, shu jumladan ularning uslub, yondashuv va tajribasini oshirish va tegishli darajada saqlab turish maqsadida ana shu xizmatlarni muntazam ravishda rivojlantirib va muvofiqlashtirib borish zamr bo‘ladi.
Minimal standart qoidalarida balog‘atga yetmagan bolalar huquqlarining asosiy protsessual kafolatlari, xususan, aybsizlik prezumpsiyasi, ayb qo‘yilganlik haqida xabardor etilish huquqi, guvohlik berishdan bosh tortish huquqi, advokat olish huquqi, ota-ona yoki vasiyning hozir bo‘lishi huquqi, guvohlar bilan yuzlashish va ularning ikki yoqlama tergovida bo‘lish huquqi va yuqori instansiyaga apellatsiya berish huquqi sudlov harakatlarining barcha bosqichlarida kafolatlangan bo‘lishi zarur, deb qayd etilgandir.
Shuningdek, BMT Bosh Assambleyasining 1990-yil 1-dekabrdagi 45/112-qarori bilan qabul qilingan va eTon etilgan “Balog‘atga yetmagan bolalar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan dasturiy tamoyillari” ham mavjud.
Mazkur hujjatda asosiy tamoyillar hamda dasturiy tamoyillarning qo‘llanish doirasi jinoyatchilikning oldini olishning umumiy yo‘nalishlari, jamiyat hayotiga tayyorlash jarayonlari, ijtimoiy siyosat, qonunchilik va balog‘atga yetmagan bolalarga nisbatan odil sudlov yuritish, tadqiqotlar, siyosatni ishlab chiqish va muvofiqlashtirish to‘g‘risidagi qoidalar o‘z ifodasini topgan.
Voyaga yetmaganlar muammolarining ayrim holatlariga tegishli 1990-yil 1-dekabrda 45/112-sonli rezolyusiya bilan qabul qilingan huquqiy hujjat BMTning “Balog‘atga yetmaganlar orasida jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan asosiy tamoyillari” mavjud. U “Ar-Riyod rahbariy tamoyillari” nomi bilan ham mashhur bo‘lib, mazkur qoidalarni o‘z ichiga qamrab oladi:
Voyaga yetmaganlar orasida jinoyatchilikning oldini olish jamiyatda jinoyatchilikning oldini olishning eng muhim shartlaridan biridir. Qonuniy, ijtimoiy foydali faoliyatda ishtirok etib va jamiyat hamda hayotga nisbatan insonparvar qarashlarni hosil qilgan holda, yoshlar jinoiy faoliyatga yo‘1 qo‘ymaydigan tamoyillar asosida tarbiyalanishi mumkin.
Voyaga yetmaganlar orasida jinoyatchilikning oldini olish samarali bo‘lishi uchun o‘smirlarning komil inson bo‘lib yetishishlari, ularning shaxsiga hurmat va bolalikdan boshlab ularning rivojlanishini qo‘llabquvvatlash maqsadida butun jamiyatning sa’y-harakatlari zarur bo‘ladi.
Mazkur rahbariy tamoyillarni sharhlash maqsadini ko‘zlab, bolalar ehtiyojlariga e’tibor qaratilishi kerak. Yoshlar jamiyatda faol ishtirok etishlari va uning to‘laqonli ishtirokchilari bo‘lishlari lozim. Va aksincha, jamiyat hayotiga tayyorgarlik ko‘ruvchi yoki nazorat obyekti sifatida qaralmasligi kerak.
Ushbu rahbariy tamoyillarni amalga oshirishni ko‘zlab, milliy huquqiy tizimlarga muvofiq ravishda jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan har qanday dastuming diqqat markazi yoshlarning erta bolalikdan boshlab farovonligini ta’minlashga qaratilgan bo‘lishi kerak.
Voyaga yetmaganlar orasida jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan rivojlanib boruvchi siyosatni amalga oshirish va doimiy tarzda tahlil etib borish hamda izchillik bilan ushbu yo‘nalishda tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish muhim va zarurligini e’tirof etish kerak. Shu bilan birga, bolani o‘z-o‘ziga yoki boshqalarga jiddiy ziyon yetkazmaydigan xatti-harakati uchun jazolashdan qochish kerak. Bunday siyosat va chora-tadbirlar quyidagilarni nazarda tutishi lozim:
• imkoniyatlar yaratish, xususan, ta’lim olish sohasida imkoniyatlar yaratish, yoshlarning turli ehtiyojlarini qondirish hamda barcha yoshlarning shaxsini kamol toptirishda va, ayniqsa, xavf ostida tumvchi yoki ijtimoiy xavfli holatga kelib qolgan hamda alohida e’tibor va himoyaga muhtojlarni qoTlab-quvvatlash tizimini yaratish;
jinoyatchilikning kelib chiqishiga olib keluvchi sabab va shartsharoitlarning oldini olishga qaratilgan qonunlarni, jarayonlarni, muassasalarni, vosita va xizmat tizimlarini qo‘llashga asoslangan voyaga yetmaganlar orasida jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan maxsus nazariyalar va ushbu masalaga yondashuvlarni ishlab chiqish;
birinchi navbatda voyaga yetmaganning umumiy manfaatlaridan kelib chiqib, ijtimoiy adolatga asoslanib va xolis tarzda rasmiy organlarning aralashuvi;
barcha yoshlarning baxt-saodati, rivojlanishi va manfaatlarini ta’minlash;
yoshlarning umumiy ijtimoiy me’yor va qadriyatlarga mos kelmaydigan xatti-harakatlari ko‘pincha voyaga yetish jarayoni bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, odatda, ular katta bo‘lgani sari o‘z-o‘zini anglab borishini inobatga olish;
ko‘pchilik ekspertlarning fikricha, voyaga yetmagan shaxsga “buzg‘unchi”, “huquqbuzar” yoki “yosh jinoyatchi” tamg‘asini bosish ularda nomaqbul xatti-harakatlarning rivoj topishiga asos bo‘ladi.
Voyaga yetmaganlar orasida jinoyatchilikning oldini olish uchun, ayniqsa, hali hech qanday muassasalar tashkil etilmagan hududlarda jamoaviy xizmatlar va dasturlarni ishlab chiqish lozim. Ijtimoiy nazoratni amalga oshimvchi rasmiy muassasalar xizmatidan faqatgina so‘nggi chora sifatida foydalanilishi kerak.
Bu kategoriyadagi hujjatlar yuvenal yustitsiya sohasidagi xalqaro standartlarning asosi bo‘lib xizmat qiladi, ya’ni yuvenal yustitsiya sohasidagi xalqaro standartlar balog‘atga yetmagan bola to‘g‘risida, u sodir etgan huquqbuzarliklar to‘g‘risida, uning jinoiy va boshqa xil yuridik javobgarligi, davlatning bunday huquqbuzarlikka nisbatan jazolash yoki shu kabi majburiy ta’sir ko‘rsatish choralarini qo‘llash ko‘rinishidagi munosabati va nihoyat, jinoiy yustitsiya ta’sir doirasiga tushib qolgan balog‘atga yetmagan bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini sudda himoya qilish konsepsiyasining asosiy me’yorlari to‘g‘risidagi yuridik doktrinaning asosiy qoidalarini tashkil etadi.
Bola huquqlarini maxsus tartibga solishga qaratilgan deklaratsiyalar va konvensiyalar: 1924-yildagi Bola huquqlari to‘g‘risidagi Jeneva deklaratsiyasi, 1959-yildagi Bola huquqlari to‘g‘risidagi deklaratsiya, 1989-yildagi Bola huquqlari konvensiyasi va ushbu konvensiyaga 2002-yildagi ikkita: Qurolli mojarolarda ishtirok etuvchi bolalar to‘g‘risidagi Qo‘shimcha protokol va Bolalar savdosi, bolalar fohishabozligi va pomografiyasiga taalluqli Qo‘shimcha protokol.
Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya bola huquqlari bo‘yicha asosiy hujjat hisoblanadi hamda uni bola huquqlariga oid o‘ziga xos kodifikatsiyalash desa ham bo‘ladi. Konvensiya 54 moddani o‘z ichiga olgan bo‘lib, ularni 4 ta kategoriyadagi huquqlarga bo‘lish mumkin: a) yashay olish huquqi: bola talablarini qondirish va hayotiy huquqlarini o‘zida mujassam etish kabi asosiy shartlarni hamda tibbiy xizmatdan foydalana olish, ovqatlanish, boshpanaga ega bo‘lish kabi adolatli me’yorlarni o‘z ichiga oladi; b) rivojlana olish huquqi: bolalar o‘z qobiliyatlarini kengroq rivojlantirishga erishishlari zarur. Masalan, bilim olish, o‘yin, hordiq chiqarish, madaniy faoliyatlar, axborot olish va vijdoniy poklik kabi huquqlar; d) bolalar zo‘ravonlik va ekspluatatsiya qilinishdan himoyalangan bo‘Ushlari shart. Bu borada quyidagi muammolarga, ya’ni: qochoq bolalar masalasidagi muammolarga, sudlovni amalga oshirish tizimidagi zo‘ravonliklarga va qiynoqlarga, bolalarni qurolli mojarolarga jalb etish muammolariga, bolalar mehnatiga, balog‘at yoshiga yetmaganlarni jinsiy ekspluatatsiya qilish va o‘smirlarning giyohvand moddalarni iste’mol qilish muammolariga alohida e’tibor berilgan bo‘lishi kerak; e) ishtirok etish huquqi: bolani jamiyat va mamlakat hayotida faol ishtirok etishga chorlaydi. Bu kategoriya bolalarning hayotga taalluqli bo‘lgan muammolar bo‘yicha jahonshumul yig‘ilishlarda va tadbirlarda ishtirok etish huquqini va o‘z fikr-mulohazalarini aytishda erkin bo‘lish kabi huquqlarini belgilaydi. Bolalar ulg‘ayib borishlari davomida jamiyat hayotida faol ishtirok etish uchun barcha paydo bo‘lib bomvchi imkoniyatlarning hammasiga ega bo‘lib borishlari hamda hayotiy muhim yechimlarning mas’uliyatini his qilgan holda ularni o‘z zimmalariga olishga tayyor bo‘lishlari kerak.
Bundan tashqari, Konvensiyada ishtirokchi-davlatlar tomonidan bola huquqlarining himoyalanishi va kafolatlanishining ta’minlanishi borasida sharoit va imkoniyat yaratilishi uchun ular zimmasiga majburiyatlar belgilangandir. Masalan, uning 29-moddasida:
Ishtirokchi-davlatlar bolaga ta’lim berish quyidagi yo‘nalishlarda olib borilishi lozimligiga rozilik bildiradilar:
bolaning shaxsi, iste’dodi, aqliy va jismoniy qobiliyatlari eng to‘la hajmda rivojlanishi;
inson huquqlari va asosiy erkinliklariga, BMT Nizomida e’lon qilingan tamoyillarga hurmatni tarbiyalash;
bolada ota-onasiga, uning madaniy o‘ziga xosligi, tili va qadriyatlariga, bola yashayotgan mamlakatning, u dunyoga kelgan mamlakatning milliy qadriyatlariga, o‘zinikidan farq qiladigan madaniy taraqqiyot darajasiga hurmat bilan qarashni tarbiyalash;
bolani erkin jamiyatda, tinchlik, sabr-toqatli bo‘lish, erkaklar bilan ayollarning tinchligi hamda barcha xalqlar, etnik, milliy va diniy guruhlar, shuningdek, tub aholi orasidan bo‘lgan shaxslar o‘rtasida do‘stlik ruhida tarbiyalash;
atrof-tabiatga hurmat ruhida tarbiyalash.
Ushbu moddaning yoki 28-moddaning hech qaysi bandi alohida shaxslar va organlarning o‘quv yurtlarini ochish hamda ularga ushbu moddaning 1-bandida bayon etilgan tamoyillarga rioya qilgan holda rahbarlikni amalga oshirish hamda bunday o‘quv yurtlarida beriladigan ta’lim davlat tomonidan o‘rnatilgan minimal me’yorlarga javob berishi kerak, degan talabning bajarilishidagi erkinligini cheklash sifatida talqin qilinmaydi.
Mazkur Konvensiyada bayon qilingan huquqlarning amalga oshirilishini kafolatlash va ko‘maklashish maqsadida ishtirokchi-davlatlar ota-ona va qonuniy vasiylarga bola tarbiyasi bo‘yicha majburiyatlarini bajarishlariga tegishli yordam ko‘rsatadilar hamda bolalar muassasalari tarmog‘ining rivojlanishini ta’minlash va bu borada zarur chora-tadbirlarni ko‘rish vazifasi ishtirokchi-davlatlarga yuklatiladi.
Ushbu konvensiya ijodkorlari bola huquqlari bo‘yicha o‘z konsepsiyalarini liberal, patemalizm nazariyasi asosida ishlab chiqishgan. Mazkur konsepsiya g‘oyalari tufayli, bolalar jamiyatning to‘la huquqli a’zosi deb e’tirof etilgan. Bu konsepsiya bilan bola ota-onaga yoki ularning o‘rnini bosuvchi boshqa shaxslarga tegishliligi to‘g‘risida yuz yillar davomida mavjud bo‘lib kelgan qoidaga chek qo‘yilgan. Hozirgi kunga kelib esa, Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya eng universal hujjatlardan biri bo‘lib, Somali va AQShdan tashqari 191 davlat uning ishtirokchisidir. O‘zbekiston Respublikasi ushbu Konvensiyaga 1992-yilda qo‘shilgan, 2008-yili esa, uning 2002-yilda qabul qilingan ikkita qo‘shimcha protokoliga: Qurolli mojarolarda ishtirok etuvchi bolalar to‘g‘risidagi Qo‘shimcha protokol va Bolalar savdosi, bolalar fohishabozligi va pomografiyasiga taalluqli Qo‘shimcha protokolga qo‘shildi. 2013-yilgacha mazkur Konvensiya normalarini bajarishi bo‘yicha O‘zbekiston BMTning Bola huquqlari bo‘yicha Qo‘mitasiga o‘zining uchinchi va to‘rtinchi Milliy ma’ruzasini va qo‘shimcha protokollar bo‘yicha esa, birinchi Milliy ma’ruzasini taqdim etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |