5) Ingichka sterjenlardan iborat bog`lanishlar.
1.10- shakl.
Bunday bog`lanishlar jismga faqat shu sterjening o`qi bo`ylab yo`nalgan qarshilik kuchi ko`rsataoladilar xolos, shunga ko`ra ularning reaktsiya kuchlari faqat sterjenlar o`qi bo`ylab yo`naltiriladi.
6) Sferasimon silliq yuzadan iborat bog`lanish (1.7 a- shakl).
Bunday bog`lanishlar jimslarga faqat normal yo`nalishdagi reaktsiya kuchi (qarshilik kuchi) ko`rsataoladilar xolos, shunga ko`ra jism bilan sferik yuza tutashgan nuqtadan urinma o`q o`tkaziladi va reaktsiya kuchini shu nuqtadan boshlab urinma o`qqa perpenldikulyar (normal) ravishda yo`naltiriladi.
Umuman bog`lanishlarning yana boshqa turlari ham uchrashlari mumkin, lekin ishchi dasturimizga ko`ra faqat shu bog`lanishlar bilangana amaliy mashg`ulotlar o`tkazish rejalashtirilgan xolos.
Do'stlaringiz bilan baham: |