Tayanch iboralar: Kuch, kuch vektori, kuchning tasir chizig`i, vektorning moduli, absolyut qattiq jism, statika, aksioma, muvozanatlashuvchi kuchlar sistemasi, kesishuvchi kuchlar sistemasi, teng tasir etuvchi kuch, erkin jism, bog`lanishlar, bog`lanishlar reaktsiyasi, bog`lanishlar aksiomasi.
Keshuvchi kuchlar sistemasining muvozanat shartlari, teng tasir etuvchi kuch, kuchlarni geometrik usulda qo`shish, kuch ko`pburchagi, kuchlarni analitik usulda qo`shish, kuchning o`qqa proektsiyasi, kuchning tekislikka proektsiyasi, kuchni tashkil etuvchilarga ajratish.
Uchta kuchning muvozanati, yassi kuchlar sistemasi, fazoviy uchrashuvchi kuchlarning muvozanati, teng tasir etuvchi kuch, goemetrik shartlar, analitik shartlar.
Nazariy mexanika fani moddiy jismlarning harakatlanish qonuniyatlarini yoki ularni muvozanatda bo`lish sabablarini o`rgatadi. Nazariy mexanikada barcha jismlar absolyut qattiq deb qabul qilinadi, yani jismlar harakat davomida yoki muvozanat holatida o`zining shaklini o`zgartirmaydi deb faraz qilinadi.
Kuch, bu bir jismning ikkinchi jismga va ikkinchi jismning birinchi jismga tasiridan iborat ekan.
Kuch vektor kattalikdir, chunki uning yo`nalishi, qo`yilgan nuqtasi va uning son qiymatlaridan birortasi nomalum bo`lsa, uning tasiridagi jismning qaysi tomonga qanday tezlanish bilan harakatini o`zgartirishi haqida aniq malumot olib bo`lmaydi. Demak, kuch har doim vektor qiymatdan iborat bo`ladi, har doim uining moduli (son qiymati), yo`nalishi va qo`yilgan nuqtasi bizga malum bo`lishi shart.
Faqat son qiymatini bilishni o`zinigina etarli bo`lgan kattaliklar skalyar qiymatlar deyiladi. Masalan, vaqt - t, massa - m skalyar qiymatlar hisoblanadi. Ularni qo`yilgan nuqtasi va yo`nalishi bo`lmaydi. Vaqt va massa koinotning barcha joyida bir xil o`zgaradi deb qabul qilingan, yani joyga bog`liq emas.
1- shaklda kuch vektori tasvirlangan, unda DE chizig`i kuchning tasir chizig`i deyiladi, A nuqta kuchning jismga qo`yilgan nuqtasi, kuch vektori ikki xil tarzda ifodalanadi, yoki - shaklida, yoki - shaklida, ikkinchi holda birinchi harf A nuqta vektorning qo`yilgan nuqtasini belgilasa, ikkinchi harf V nuqta shu vektorning oxirini belgilaydi.
Agar bir vaqtni o`zida bir jismga bir nechta kuchlar tasir etsa, ularni kuchlar sistemasi deb ataladi.
Nazariy mexanikada jismlarning ikki xil holatlari o`rganiladi. Birinchi navbatda moddiy nuqta yoki qattiq jismlarning harakatsiz (birorta sanoq sisttemasiga nisbatan harakatsiz) yoki muvozanat holatlari o`rganiladi.
Statika qismini o`rganishni statika aksiomalaridan boshlanadi.
1.1- shakl.
1. Statika aksiomalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |