Mavzu: Bodring kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari Reja: Bodring bilogiyasi va ahamiyati



Download 1,65 Mb.
bet10/10
Sana31.12.2021
Hajmi1,65 Mb.
#249835
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
bodring kasalliklari

Kurash choralari: Chidamli navlarni ekish tavsiya etiladi. Chidamli navlar mavjud bo‘lmaganda o‘simliklarga o‘z vaqtida fungitsid purkash juda samarali usul hisoblanadi. Issiqxonalarda yetishtirishda o‘simliklarning g‘ovlab ketishiga olib keluvchi agrotexnik tadbirlarni istisno etish yaxshi natija beradi. Begona o‘tlarni yo‘qotish va sanitar sharoitlarni yaxshilashga qaratilgan tadbirlar kasallikning rivojlanishini to‘xtatishi mumkin.

  1. Bodring moziakasi kasallikligi va ularga qarshi kurash choralari

Virus juda keng ixtisoslashgan va 300 tadan ko‘proq o‘simlik turlarini, jumladan barcha poliz ekinlarini, pomidor va boshqa ko‘p madaniy ekinlar va begona o‘tlarni zararlaydi.

Kasallik belgilari 6-8 haftalik bodring ekinida yaqqol ko‘rinadi. Zararlangan yosh barglar pastga qarab bukiladi, olachipor tus, usti g‘ijimlangan shakl oladi, och-yashil va sariq dog‘lar rivojlanib, mozaika hosil bo‘ladi, barg o‘smaydi. Palak bo‘g‘inlari orasi qisqaradi, natijada o‘simlik tepasida yosh barglar rozetkasi paydo bo‘ladi. O‘simliklar zaiflashadi, o‘sishdan orqada qoladi, asta-sekin sarg‘ayadi va so‘lib qoladi. Ekinda yon novda va onalik gullar soni kamayadi. Erta zararlangan yosh o‘simliklar quriydi, kechroq zararlanganlarining vegetatsiya davri qisqaradi, kam gul hosil qiladi.

Zararlangan mevalar xunuk shakl oladi, olachipor (sariq-yashil) bo‘lib qoladi, ustida so‘gallar paydo bo‘ladi, xloroz rivojlanadi.

Virus barqaror emas, quruq havoda faolligini tez yo‘qotadi, kasal o‘simliklardan siqib olingan shirada 4 kun saqlanishi mumkin, 60-70oS haroratda 10 daqiqada halok bo‘ladi. O‘simlik qoldiqlari va urug‘da saqlanmaydi. Kasallikning inkubatsion davri 10-15 kun. Havo harorati keskin o‘zgarishi, ekinlarning tup soni qalin bo‘lishi kasallikni kuchaytiradi.



Kurash choralari: Chidamli navlar yaratish va qo‘llash; bodringni virus bilan zararlanishga moyil ekinlar, begona o‘tlar va ko‘p yillik gullarga yaqin joylashtirmaslik; begona o‘tlar va birinchi zararlangan o‘simliklarni qazib olib, issiqxona va dalalardan chiqarib, yo‘qotish. Viruslar zararini to‘xtatish uchun tabiiy usul qo‘llaniladi. 8 litr suvga 1 litr yog‘siz sut va 10 tomchi yod aralashmasi bilan poya va barglarning har tomoniga ishlov berilganda kasallikni vaqtincha to‘xtatish mumkin, lekin butunlay davolab bo‘lmaydi.
Download 1,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish