Bodring kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari
Fuzarioz so‘lish (fol) belgilari: Zararlangan yosh nihollarda urug‘palla egilib qoladi va tezda sarg‘ayadi. Ba’zan nihollarning chirishi kuzatiladi. Mazkur xolatda ancha qari tuqimalar jigarrang tusga kiradi, o‘simlik so‘liydi va nobud bo‘ladi. Katta yoshli o‘simliklarda ko‘pincha dastlab bitta shoxi so‘liydi. So‘ngra butun o‘simlikda so‘lishning rivojlanib borishi va pirovard natijada uning nobud bo‘lishi kuzatiladi. Urug‘pallaosti tirsakda poyaning xalqalanishi va o‘simlikning o‘sishdan to‘xtashi xam kuzatilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |