Nematoda belgilari: Zararlangan o‘simliklar nimjon bo‘lib qoladi, ularda o‘sishdan umumiy to‘xtash kuzatiladi, barglarning rangi esa och yashildan sariqqacha bo‘ladi. Bunday o‘simliklarda so‘lishga moyillik kuzatiladi, chunki ularda suv yutish jadalligi pasayib ketadi.
Garchi nematoda bilan zararlangan o‘simliklar odatda nobud bo‘lsada, ba’zan ular o‘suv davrining ohirigacha qiyinchilik bilan yashab qolishi mumkin. Kasallik hosildorlik va meva sifatining keskin pasayishiga olib keladi.
Zararlangan o‘simlik ildizi bilan sug‘urib olinsa ildizlarda yakka yoki gurux bo‘lib joylashgan, nematodalar omonidan qo‘zg‘atilgan tugunchasimon, so‘galsimon shishlarni ko‘rish mumkin. Ildizlarning fitopatogen zamburug‘lar yoki baketriyalar bilan ikkilamchi zararlanishi – odatiy xol.
Do'stlaringiz bilan baham: |