II o’quvchi: Ko’ksimizda qo’limiz
Odobdir shiorimiz!
Bizlar deymiz doimo
Assalomu alaykum!
III o’quvchi:
Assalomu alaykum aziz ustozlar va mehribon do’stlarimiz. Bugun biz bobokalonimiz Alisher Navoiyning tavallud kunlarida 568 yil to’lganlari munosabati bilan yig’ildik. Hozir sizlarga tayyorlangan kechamizni namoyish etmoqchimiz. Marhamat, she’r va qo’shiqlarimizni tinglang, dam oling.
I o’quvchi:
O’zbek xalqining ulug’ shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy jahon adabiyotining buyuk siymolaridandir.
II o’quvchi: Buyuk o’zbek shoiri va mutafakkiri Alisher navoiy 1441 yil 9 fevralda Hirot shahrida tug’ildi.
3 – o’quvchi: Uning otasi G’iyosiddin Kichkina o’z zamonasining ilg’or o’qimishli kishisi bo’lgan.
4 – o’quvchi: Alisher bolalikdan adabiyotni, ilmni, musiqani sevar edi. Adabiyot va badiiy ijodga muhabbat unga bolalikdan uyg’ondi.
5 – o’quvchi: Alisher maktabga o’qib yurgan yillari juda ko’p she’rlarni yod bilar edi.
6 – o’quvchi: Alisher g’oyat qobiliyatli, tirishqoq, harakatchan, zehnli bo’lib, uning iste’dodi o’sha davrning ulug’ kishilari tomonidan juda erta tan olingan.
7 – o’quvchi: Alisher Navoiy inson tafakkuri, aqli, bilimini va ilmiy bilimlarini yuksak qadrlagan
8 – o’quvchi: U: “Bilim donishmandlik, insonning bezagidir”, - deb yozadi.
9 – o’quvchi: Alisher Navoiy bola tarbiyasiga va uni shaxs sifatida shakllantirishga katta ahamiyat berib, bolani hayot “chirog’i” deb ta’riflaydi.
10 –o’quvchi: Bola oilada baxt va saodat keltiruvchi ziyodir.
11 – o’quvchi: Alisher Navoiy – pedagog mudarris. U ta’limda ilmiylikka asoslangan tarixiylik kabi talablarni asos qilib oladi.
12 –o’quvchi: Alisher Navoiy muttasil ijod etish bilan birga yoshlikda birga o’qigan do’sti Husayn Boyqaro saroyida davlat ishlarini ham vijdonan olib boradi
13 –o’quvchi: Bosh vazir bo’lganida mamlakatni obodonlashtirish, xalq hayotini farovon etishga alohida e’tibor beradi.
14 –o’quvchi: Ariqlar qazdiradi, shifoxonalar, kutubxonalar qurdiradi.
15 –o’quvchi: Alisher Navoiy o’zini eng avvalo shoir deb bilar, biron kun she’r yozmasdan tura olmas edi.
16 –o’quvchi: Alsher Navoiy kunida 100 – 200 bayt she’r ijod etardi.
17 –o’quvchi: Alisher Navoiy o’zining o’lmas asarlarini o’zbek tilida yozdi. O’zbek tilining go’zalligini va qudratini olamga namoyish qildi.
Sinf xonasida “Munojot” kuyi yangraydi va qizlar raqsga tushadilar.
1 –o’quvchi: Alisher Navoiy ilm – ma’rifat haqida ajoyib fikrlarni olg’a suradi.
2 –o’quvchi: U aql, ilm insonning eng go’zal va zaruriy fazilatlaridan biri, har bir kishining eng muhim burchi ilm olishdir, deb hisoblaydilar.
3 –o’quvchi: Alisher Navoiy fikricha ilm – fanni egallash uchun yoshlikdan boshlab astoydil o’qish, o’rganish kerak.
4 –o’quvchi: “Yoshligingda yig’gil bilimni, qarigach sarf qilgil ani” – degan shoirning o’zi ham juda yoshlikdan ta’lim oladi. O’qishga beriladi.
5 –o’quvchi: Shoir yoshlarni ota – onalarining xizmatini bajarishga, ularni hurmat qilishga, ularga nisbatan hamisha mehr – muhabbatli bo’lishga chaqiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |