Boshlovchi: Assalomu aleykum aziz ustozlar,aziz ota-onalar. Bugungi "Bu mening onam" nomli tadbirimizga xush kelibsizlar



Download 26,33 Kb.
Sana09.02.2022
Hajmi26,33 Kb.
#438647
Bog'liq
8-mart






8-MART
BOSHLOVCHI: Assalomu aleykum aziz ustozlar,aziz ota-onalar. Bugungi “Bu mening onam” nomli tadbirimizga xush kelibsizlar.
Mayliga ayolni o’ramang zarga
Uning uchun qurmang go’zal Tojmahal
Oltin ostonali qasrdan ko’ra
Ayolga muruvvat e’tibor afzal
Boshlovchi: Navbat qizlarga ular onalarni go’zal so’zlar bilan ta’riflaydilar.
BOSHLOVCHI: Yana navbat qizlarimizga. Ular o’z onaliga turli tillarda dil izhor qiladilar.
Tillar:
Mo’g’ulcha
Inglizcha
Laoscha
Tatarcha
Va h.k
Boshlovchi: kutib oling sahnada “Diydor” nomli sahna ko’rinishi.
Sahna chiroyli qilib bezatilgan mungli kuy taralmoqda. Sahnaga olib boruvchi chiqadi va katta korxona rahbarini tanishtiradi: Olib boruvchi: Assalomu alaykum azizlar, biz sizlarga ona haqida juda ta’sirli sahna ko’rinishi tayyorlaganmiz. Ushbu inson poytaxtimiz Toshkent shaxrida obro-e’tibor qozonib kataa firma ochgan. Bu kishini biznesmen sifatida hamma taniydi. Foziljon Qobiljonovichning hamma narsasi bor. Faqat o’zi tug’ilib o’sgan viloyatida yashayotgan onasini ko’rib kelgani vaqti yo’q. Onaizor uni sog’inadi, tinmay qo’ng’iroq qiladi. Foziljon Qobiljonovich bo’lib bir o’quvchi ish stolida qog’ozlarni ko’zdan kechirib o’tiribdi. Shu paytda ona paydo bo’lib, o’g’liga qo’ng’iroq qiladi: Ona: Hormang boy o’g’lim, yaxshimisiz, dunyo ishlari sizni charchatib qo’ymayaptimi? O’g’il: Assalomu alaykum onajon, yaxshimisiz, bardam-tetik yuribsizmi? Men ham yaxshiman, ishlarim zo’r, faqat shu desangiz biroz vaqtim ziqroq edi, hozir televideniyadan bir journalist keladi. Ona: O’g’lim ishlaring yaxshi ekan, seni juda sog’indim, vaqting bo’lsa ertaga bir kelgin. Anchadan beri diydor ko’rishmaymiz, bir kelib ketgin… O’g’il:Oyijon, , men ham sizni sog’inganman, men ham sizni ko’rgim kelyapti, faqat ertaga emas. Ertaga biznes hamkorlarimiz bilan uchrashuvimiz bor edi. Lekin oyijon hafa bo’lmang, tez orada borib qolaman. Ona: Mayli bolam, sog’-omon bo’lsang bas, o’zingni ehtiyot qilib yur bolam… O’g’il: Xo’p oyijon, qishloqdagilarga salom ayting Olib boruvchi: Foziljon Qobiljonovich onasi qo’ng’irog’iga ko’pincha ana shunday javob berar edi. Bugun ofisga televideniyadan journalist qiz kirib kelishi kerak. Ana yetib ham keldi. Jurnalist qiyofasida bir ishtirokchi kirib keladi. Jurnalist: Assalomu alaykum – men – televideniyadan tashrif buyurgan jurnalistman, siz haqingizda ko’rsatuv tayyorlashga keldim. O’g’il: Valeykum assalom, xush kelibsiz, marhamat har qanday savollaringizga javob berishga tayyorman. Jurnalist: Men barcha savollarimni syomka jarayonida bermoqchiman, ertaga shu ko’rsatuvni syomka qilamiz. Ishqilib ertaga vaqtingiz bo’ladimi? O’g’il: Ertaga biznes-hamkorlarimiz bilan uchrashuvimiz bor edi, mayli bu uchrashuvni boshqa kunga qoldirib syomkaga boraman. Jurnalist: Bo’lmasa ertaga Mustaqillik maydoniga keeling, ko’rsatuvni shu yerda tayyorlaymiz. O’g’il: xo’p bo’lmasa Olib boruvchi: Foziljon Qobiljonovich onasi uchun topolmagan vaqtini televideniya uchun topdi. Onasi uchun biznes-hamkorlar bilan uchrashuvni bekor qila olmadi, televideniya uchun bekor qildi. Oradan 10 kunlar o’tib onasi yana qo’ng’iroq qildi: Onasi: O’g’lim tuzukmisan, biroz mazam bo’lmayapti, ertaga kela olasanmi?
O’g’il: Assalomu alaykum onajon, sog’ligingiz yaxshimi, hozir ishlarim ko’p-u lekin ertaga albatta borishga harakat qilaman. Onasi: O’g’lim albatta kelgin. O’g’il: Onamni ham ko’rib kelganimga ancha bo’lib qoldi, ertaga bir borib qo’ysam bo’larkan. Olib boruvchi: Shu orada Foziljon Qobiljonovichga xotini qo’ng’iroq qildi: Xotini: Assalomu alaykum dadasi, ishlab turibsizmi O’g’il: Valeykum assalom onasi o’zinglar tinchmisizlar? Xotini: Ha tinchmiz, ertaga tug’ilgan kunim ekanligini yodingizga solib qo’ymoqchi edim, ertaga shaxar aylantirgani olib chiqasiz-a? O’g’il: Ertaga onamlarni ko’rib kelgani bormoqchi edimku Xotini: Mening tug’ilgan kunimda tashlab ketasizmi, boshqa kuni borarsiz? O’g’il: Mayli bo’lmasa, ertaga shaxar aylantirganim bo’lsin Olib boruvchi: Foziljon Qobiljonovich Bu safar ham onasini ko’rgani bora olmadi. Oradan 2 hafta o’tib Onasi yana qo’ng’iroq qildi: Onasi: O’g’lim tuzukmisan, kelaman deb kelolmayapsan, ishlaring ko’p bo’lsa kerak, Seni juda sog’inganman bolam O’g’il: Assalomu alaykum oyi, bilasizku ishlarim juda ko’p yaxshi bo’lib qoldingizmi? Oldingizga bora olmayotganim uchun o’zim ham xijolatdaman. Onasi: Yo’q, xijolat qilma o’g’lim, sog’-omon bo’lib yursang bas. Diydoringni ko’rolmay o’tib ketamanmi deb qo’rqyapman. O’g’il: Yog’e oyijon unday demang, siz hali uzoq yashaysiz, bunday xayollarni boshingizdan chiqarib tashlang Onasi: Vaqting bo’lsa ertaga bir kelarsan jon bolam O’g’il: Xop oyijon, ertaga albatta boraman. Olib boruvchi: Ertasi kuni farzand onasini ko’rib kelgani endi taraddud ko’rib turganda savdo vazirligidan qo’ng’iroq qilishib bugun vazirning uyida yubiley bayram bo’layotgani tez yetib kelmasa bo’lmasligini aytishdi. – Vazirning nazaridan tushib qolmaslik uchun onasining huzuriga emas, Vazirning yubiley bayramiga bordi. Oradan 2 kun o’tib qishloqdan singlisi qo’ng’iroq qildi: Singlisi: Alo, alo – meni eshityapsizmi, onamiz, onamiz… O’g’il: Nimalar deyapsan, nima bo’ldi onamga gapir gapir! Singlisi: Aka, onamizdan ajrab qoldik, onamiz endi yo’q, sizni so’ray-so’ray vafot etdilar akajon… O’g’il: Yo’-o’q, yo’q! Nega unday bo’ldi? Hali tetik edilarku?! Yo’-o’q, yo-o’’q…
Boshlovchi: Navbat endi yigitlarga Ular Abdulla Oripovning” Onajon” she’ri
Неча кунки йўқ оромим
Келолмайман ҳушимга.
Онажоним кечалари
Кириб чиқар тушимга.
Қўлларида оқ элпиғич
Ой нурида ялтирар.
Онажоним имлаб мени
Қошларига чақирар.
Келтирарлар гоҳо бешик
Кўзларида ҳаяжон.
Ётар пайтинг бўлди-ку дер,
Кела қол, дер, болажон.
Қайларгадир югураман,
Фиғонимдан чиқар дуд.
Йиғлама, деб қўлларимга
Тутқазарлар сўнг тобут.
Тонгда руҳсиз кўз очаман,
Қовурилар танда жон.
Онажоним, бундай қилма,
Бундай қилма, онажон.
Ахир ўзинг дер эдинг-ку,
Силаб ўксук бошимни:
Энди сенга берсин умр,
Сенга берсин ёшимни.
Афсус, ўзинг эрта кетдинг,
Эрта кетдинг оламдан.
Укаларим бағрим эзар,
Ажрадик деб онамдан.
Бевақт хазон бўлмай ҳар ким
Ёшаб ўтсин дунёда.
Онажоним, ҳар ким ошин
Ошаб ўтсин дунёда.
Гарчи фано ҳар кимсага
Азалий бир қисматдир.
Лекин, она, тириклик ҳам
Билсанг, ярим ҳикматдир.
Тушларимда, майли, бошим
Силаб тургин, онажон.
Қолганларга энди умр
Тилаб тургин, онажон.
II
У кун четда оҳ чекардим
Ғуссаларнинг дастидан.
Сен отамга пул берибсан
Ёстиғингнинг остидан.
Айтибсанки, онасизлик
Келмасин ҳеч ўйига.
Сарф қилингиз, менга эмас,
Абдулланинг тўйига.
О, ўғлингга сен шафқатни
Билардинг-ку, онажон.
Бундан кўра бағрим ўйсанг
Бўларди-ку, онажон.
Заррагина раҳм этгали
Сабринг менга йўқмиди?
Онажоним, бундан ўзга
Жабринг менга йўқмиди?
Йўқмиди ҳеч ўзга гапинг, —
Нола қилиб сўйласанг.
Наҳот, ахир сўнгги дам ҳам
Фарзандингни ўйласанг.
Ахир орзу қочиб кетмас,
Битказар-ку тириклар.
Онажоним, бир кунини
Ўтказар-ку тириклар.
Унутилар ғуссалар ҳам,
Орзулар ҳам чўзар бўй.
Онажоним, балки бир кун
Айтганингдай бўлар тўй.
Балки сенинг қабринг узра
Кўкарганда гул, чечак,
Остонамга қадам қўяр,
Сен истаган келинчак.
Кимдир унинг йўлларига
Балки гул ҳам сочади.
Балки мунис опажоним
Кел, деб, қучоқ очади.
Балки дўстлар даврасида
Камим бўлмас ҳеч қачон.
Лекин сени ўша дамда
Қайдан топай, онажон.
III
Эсимдадир, титрар эдим —
Ғамгин, болиш пастида.
Китобимни кўрдим ногоҳ
Бошгинангнинг остида.
Тошдай қотдим ўшал они
Бор тоқатдан айрилиб.
— Шоир ўғлим, — дединг менга
Секингина қайрилиб.
Онажоним, сўнг бор менга
Нафас қилдинг у замон.
Шоир бўлгин, дея балки
Ҳавас қилдинг у замон.
Онажоним, балки мен ҳам
Бир кун шавққа тўларман.
Балки мен ҳам айтганингдай
Бир кун шоир бўларман.
Куйлай десам ҳурматингни
Ушбу кунда тилим лол.
Балки фақат шу сабабли
Шоир бўлсам эҳтимол.
Балки сарсон-аросатда
Қолиб кетмас бу таним,
Камолимни кўрар балким,
Юртим, она Ватаним.
Пайти келиб тўлар бир кун
Паймона ҳам беомон.
Кузатарлар мени ҳам сўнг
Сенга томон, сен томон.
Балки у кун бошим узра
Дўстлар бош ҳам эгадир.
Ўша дамги иқболим ҳам,
Онажоним, сенгадир.
Дилда неки журъатим бор,
Дилда неки ҳаяжон,
Бари, бари сенга бўлсин,
Сенга бўлсин, онажон.
Сенга бўлсин бор ҳаётим,
Номим, шоним бир йўла.
Хотирангга ушбу шеърни
Ёзди ўғлинг Абдулла.

Boshlovchi: Kayfiyatingizni tushurib qo’ygan bo’lsak uzr so’rayman. Shu sababli endigi navbatni raqsga beramiz.


Boshlovchi: Eshitishimizcha Xiyoyning Xuan shaxridan chiqqan Covid-19 virusi ayollarga sovg’a qilinadigan gullardan, atir-upalardan, zargarlik buyumlaridan yuqarmish.8- martdan shum bola va boyota ham tashvishda ekan. Marhamat tomosha qilamiz
Shum bola va boyota sahna ko’rinishi
Boshlovchi: Mana kulishib ham oldik navbat yana sahna ko’rinishiga
Daftar hoshiyasidagi bitiklar Boshlovchi o’qiydi “Oq va qora marmar” nomli hikoyani sahnada jonlanadi “Iltijo” hikoyasi.
“Oq va qora marmar”
Bahor devorlarning oftobro‘ya etaklaridan boshlanmaydi. Bahor ariqlarning kungay sohillaridan boshlanmaydi. Bahor go‘ristondan boshlanadi. Ilk maysalar mungli do‘ppaygan qabrlar yonboshidan unib chiqadi. To‘ng‘ich chuchmomalar eng avval sukutga cho‘mgan qabriston ustida mayus qo‘ng‘irog‘ini chaladi. Bag‘ri qon qizg‘aldoqlar birinchi bo‘lib mana shu erda ochiladi. Kim bilsin, tabiatning marhumlar ruhiga yilda bir marta ko‘rsatadigan marhamati ehtimol shudir… CHo‘g‘dek lovullagan qizg‘aldoqlar, saf tortgan gulsafsarlar orasida marmar toshlar ko‘rinadi. Oq marmar, qora marmar, ko‘k marmar… “Onajon, sizni to abad unutmaymiz”, “Onajon, qildingiz bizga jon fido, e voh, taqdir sizdan ayladi judo”, “Onajon, xotirangiz qalbimizda mangu yashaydi…” Oq marmar, qora marmar… Bu so‘zlarning har bitta harfiga qanchadan-qancha ko‘z yoshi tomganini bilaman. Ehtimol bular inson bolasining hayotda aytgan eng rost so‘zlaridir. Faqat… har gal ularni o‘qiganda bir narsani o‘ylayman: mana shu so‘zlarni yurak-yurakdan, iztirob bilan aytgan farzand onasi hayot ekanligida qanchalik ko‘nglini ololdi ekan? Xotiniga qimmatbaho po‘stin olib berayotganida, onasiga bir kiyimlik ko‘ylak qo‘shib olish yodidan chiqmadimikan? O‘z uyini chet el mebeli bilan to‘ldirib qo‘yganida onasiga aqalli bo‘yradekkina gilamcha sovg‘a qilishni unutmadimikan? Qizini tug‘ilgan kunida atlas ko‘ylak, o‘g‘lini velosiped bilan qutlaganida onasiga oddiy bir paypoq olib berishni esidan chiqarmadimikan? Bilmadim… Faqat bir narsani aniq aytishim mumkin. Mabodo Tangri marhumlarga qayta jon ato qilsayu onalar tirilib qolsa, hayot paytida mehr berganmi, bermaganmi – baribir farzandlarini maqtab gapirgan bo‘lardi. Onalar hatto vafotidan keyin ham onaligicha qoladi. …Bahor devorining oftobro‘ya etaklaridan boshlanmaydi. Bahor ariqlarning kungay sohillaridan boshlanmaydi. Bahor mana shu erdan boshlanadi. Qabrlar ustida qo‘ng‘iroq chalgan chuchmomalar, lovillab yongan qizg‘aldoqlar onalarning farzandini yupatish uchun taqdim etgan chechaklari bo‘lsa ajab emas…
“Iltijo”
Oyi, men keldim… Eshityapsizmi, oyi, men yana keldim… Qarang, oyi tag‘in ko‘klam kirdi. Esingizdami, har yili bahor kirishi bilan sizni dalaga olib chiqardim. Siz charaqlagan oftobni, tiniq osmonni, ko‘m-ko‘k maysalarni ko‘rib quvonardingiz. Esingizdami, nevaralaringiz terib kelgan boychechaklarni ko‘zingizga surtib, “omonliq-somonliq” qilardingiz… Bugun… o‘zingizning ustingizdan boychechak o‘sib chiqibdi… Yo‘q, yo‘q, oyijon… Yig‘layotganim yo‘q. Bilaman, men yig‘lasam, siz bezovta bo‘lasiz. Hozir… hozir o‘tib ketadi. Mana, bo‘ldi… Ertalab-chi, oyi, yomg‘ir yog‘di. Qattiq yomg‘ir yog‘di. Siz bahor yomg‘irini yaxshi ko‘rardingiz… Keyin oftob chiqib ketdi. Qarang, oftob charaqlab yotibdi… Esingizdami, siz menga oftob to‘g‘risida cho‘pchak aytib bergan edingiz. O‘sha oftob charaqlab yotibdi… Ko‘ryapsizmi… Esingizdami, oyi, siz ukamga alla aytardingiz. Men allaning ohangiga mast bo‘lib uxlab qolardim. O‘sha beshikda men ham yotganman. Allangizdan men ham orom olganman. Nima qilay, oyi, men alla aytishni bilmayman. Qabringizni silab qo‘ysam orom olasizmi… Mana, oyijon, mana… Yo‘q, yo‘q, yig‘layotganim yo‘q. Hozir, hozir o‘tib ketadi. Esingizdami, oyi, siz bir marta, atigi bir marta, o‘shandayam hazillashib: “Meniyam kitob qilib yozsang-chi, o‘g‘lim”, degandingiz. Men: “Sizning nimangizni kitob qilaman, oyi?” degan edim. Xafa bo‘lmang, men hazillashgan edim. Mana, o‘sha kitob. Yo‘q, uni men yozganim yo‘q. Uni siz yozgansiz. Men uni qog‘ozga tushirib, odamlarga tarqatdim, xolos. Men uni dunyodagi hamma onalar o‘qishini xohlayman. Bilaman, dunyodagi hamma onalar yaxshi. SHundoq bo‘lsayam, ularning hammasi Sizga o‘xshashini xohlayman…
Boshlovchi: Mana bugungi “Bu mening onam” nomli tadbirimiz ham o’z nihoyasiga yetdi. Tashrifingiz uchun rahmat.
TAMOM
Download 26,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish