1.
Rejalash-
tirish
Boshqarishning asosiy va dastlabki funktsiyasidir. Har qanday boshqarish reja
tuzishdan boshlanadi.
Bu rejada:
boshqaruv
maqsadlari va vazifalari, ularni amalga oshirish muddatlari belgilanadi;
vazifalarni amalga oshirish
usullari ishlab chiqiladi;
xalq xoʻjaligi boʻgʻinlarining oʻzaro aloqalari oʻrnatiladi.
Rejalashtirishning umumiylik xususiyati shyndaki, bunda hap bir boshqaruv xodimi
oʻzining shaxsiy ishini rejalashtiradi, oʻz ish joyidagi faoliyati koʻrsatkichlarini
ishlab chiqadi, rejalarni qanday bajarayotganini nazorat qilishni uyushtiradi.
2.
Tashkil
qilish
Bu funktsiya boshqaruv obʻekti doirasida barcha boshqariluvchi
va boshqaruvchi
jarayonlarning uyushqoqligini taʻminlaydi.
Shu nyqtai nazardan, tashkil qilish ichki va tashqi shart-sharoitlarning oʻzgarib
turishiga qarab, amaldagi tizim tarkibini takomillashtirish
yoki yangisini tuzish
demakdir.
Bu funktsiya joriy va strategik rejalarning ijrosini taʻminlash boʻyicha birinchi
qadamdir.
3.
Muvofiq-
lashtirish va
tartibga
solish
Rejalashtirish
boshqarishning
strategiyasi
hisoblansa,
muvofiqlashtirish
boshqarishning taktik masalalarini hal qiladi.
Bu funktsiyaning asosiy vazifasi oqilona aloqalar oʻrnatish yoʻli
bilan
boshqariladigan tizimning turli qismlari oʻrtasida kelishib ish olib 6orishni
taʻminlashdir.
Muvofiqlashtirish mablagʻlarni tejash maqsadida boshqaruvdagi parallelizm va bir-
birini takrorlashni bartaraf qilish imkonini beradi. Bundan tashqari, u turli tarmoqlar
oʻrtasida resurslarni taqsimlash yoʻli bilan nisbat va mutanosiblikni, ishlab chiqarish
bilan isteʻmol oʻrtasidagi munosabatni oʻrnatadi.
Tartibga solish muvofiqlashtirishning davomi boʻlib, u sodir boʻlib
turadigan
ogʻishlarni bartaraf qilish yoʻli bilan ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishni
maqsad qilib qoʻyadi. Uning yordami bilan vujudga kelishi ehtimol tutilgan
ogʻishlarning oldi olinadi.
4.
Nazorat
Bu funktsiyaning maqsadi “tutib olish”, “aybini ochish”, “ilintirish” emas,
balki
boshqaruv obʻektida sodir bulayotgan jarayonlarni hisobga olish, tekshirish, tahlil
qilish va maʻlum tartibda shu obʻekt faoliyatini oʻz vaqtida sozlab turishdir. Nazorat
oʻrnatilgan meʻyoriy hujjatlardan, rejalardan ogʻishlarni, ularning joyi, vaqti, sababi
va xususiyatlarini aniqlash imkonini beradi.
Taʻsirchan nazoratni tashkil qilish har bir rahbarning funktsional ishidir. Muntazam
nazorat yoʻq joyda yuqori pirovard natijalarga erishib bulmaydi.
Boshqarish faoliyatining turlariga koʻra, funktsiyalar quyidagicha boʻladi:
Do'stlaringiz bilan baham: