uni quyidagi bosqichlarga bo‘lish mumkin: maqsad, vaziyat, muammo, qaror qabul qilish.
Har bir ta’sir etishni amalga oshirishdan avval uning maqsadi aniqlanishi lozim, chunki
boshqaruv m a’lum maqsadga erishish uchun amalga oshiriladi. Menejmentning keyingi bosqichi
boshqaruv jarayonidagi vaziyatni tahlil etishdan iborat. U tizim ning holatini baholash, uni
yaxshilash yo‘llarini izlash yoki undagi salbiy hislat- larni bartaraf qilish bilan bog'liq
ishlarni tavsiflaydi. Muammo bosqichida tizimning hozirgi holatini uning rivojlantirish
maqsadiga nisbatan qarama-qarshiliklarini aniqlash ko‘zda tutiladi. Qaror qabul qilish bosqichi
rahbarning amalda tashkiliy faoliyatiga o‘tishini ifodalab, qaror qabul qilish bilan
boshqariladigan tizimga ta’sir o‘tkazila boshlanadi. Menejment
jarayonini, shuningdek, quyidagi
davrlarga bo‘lish mumkin: maqsad qo‘yish, axborot faoliyati, tahliliy faoliyat, menejment
tizimida tashkiliy-amaliy faoliyat va harakatlar variantlarini tanlash. Menejment operatsiyalari
- rahbar va boshqaruv apparatining oddiy harakatlari bo‘lib, ularning tartibi va birikishi
natijasida boshqaruv jarayoni tashkil topadi. Masalan, tahliliy faoliyat uchun korxonaning
yillik va oylik hisobotlarini olish, ular bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish hamda ularni
boshqaruv jarayoniga tatbiq qilish lozim.Boshqaruv jarayonini
amalga oshirish vositalariga,
eng avvalo, axborotni kiritish lozim. Menejment operatsiyalarining katta qismi axborot bilan
ishlashdan iboratdir. Boshqaruv apparati ishida keng qo‘llaniladigan texnika vositalari ham
shular jumlasiga kiradi. Bular axborot olish va qayta ishlash vositalari va an’anaviy
orgtexnika vositalaridir.Menejment operatsiyasini amalga oshirish usullari - axborot-tahlil va
tashkiliy faoliyatdir. Axborot-tahlil faoliyat axborot yig'ish, saqlash, tarqatish va qayta ishlash,
tahlil, hisob, qarorlar variantlarini ishlashdan iborat. Tashkiliy faoliyatga - tushuntirish,
ishontirish, rag'batlantirish va vazifalarni taqsimlash usullari, faoliyatni nazorat qilish,
majburlash va h.k.lar kiradi. Menejment uchun faqat nimani qanday qilishni hal etish emas,
balki tashkil etish, qiziqtirish, ishontirish, tushuntirish, nazorat qilish ham zarur. Ayni shu
operatsiyalar yig'indisidan rahbarning tashkiliy faoliyati tashkil topadi.Menejment jarayonini
tashkil etishda biznes-reja va ta’minot, moliyalashtirish va biznes-reja, narxni belgilash va
kredit berish funksiyalarini bog'lashni ta’minlash, menejment tizimi ayrim unsurlarini
(maqsad-usul, maqsad va kadrlar, qarorlar va usullar, usuliar va tarkib) muvofiqlashtirish,
boshqaruv kadrlarini tayyorlash, fan-texnika yutuqlarini joriy etishni ta’minlash
zarur.Korxonalarga erkinlik va mustaqillik berilishi bilan hal qilinishi lozim bo‘lgan
menejment jarayonini tashkil etish bilan bog'liq muhim muammo rasman bir-biri bilan bog'liq
bo‘lmagan boshqaruv tashkilot-lari o‘rtasidagi gorizontal aloqalarni amalga oshirish bo‘lib
qoldi (masalan, korxona va mahsulot iste’molchilari, xom ashyo bilan ta’minlovchilar va
korxona o‘rtasida va h.k.). Menejmentning jarayon sifatidagi
mohiyati uning vazifalarida
ifodalanadi. Menejment vazifalari deganda boshqaruv bo‘yicha ma’lum masalalarni hal
etishga qaratilgan harakat yig'indisi tushuniladi. Menejment vazifalari, avvalo, boshqariluvchi
obyektning o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqadi. Ishlab chiqarish tarkibiga mos ravishda
quyidagilarni aks ettiruvchi vazifalar mavjud bo‘ladi:
- iqtisodiyotning tarmoq tarkibini;
- uning hududiy tarkibini;
- ishlab chiqarishning alohida unsurlarini.
Milliy xo‘jalikning tarmoq tarkibi menejment oldiga moddiy ishlab chiqarishni
boshqarish va nomoddiy ishlab chiqarishni boshqarish kabi vazifa qo‘yadi. Birinchi soha
tarkibida ishlab chiqarish va muomala sohalarini boshqarishni ajratadilar. Ishlab chiqarish
sohasini boshqarishga sanoat va uning tarmoqlarini boshqarish,
qurilishni, tansport, aloqani
boshqarish vazifalari; muomala sohasini boshqarish vazifalariga - savdoni, m oliya, moddiy-
texnikaviy ta’minot, madaniyat, ta’lim sohalarini boshqarishni qam-rab oladi.Ishlab
chiqarishni boshqarish vazifalarining hududiy tarkibiga respublika, viloyat, shahar, tuman
miqyosidagi menejment vazifalari kiradi. Ishlab chiqarishning boshlang'ich bo‘g'ini -
korxonani boshqarish muhim vazifadir. Menejment vazifalari boshqaruv tashkilotlari,
bajaruvchilar va boshqaruv apparati vazifalarini belgilab beradi.
Bjahqaruv jarayonini bajariladigan vazifalar bo‘yicha tahlil etish har bir vazifada ish
hajmi, boshqaruvchi
xodimlar sonini aniqlash, va nihoyat, boshqaruv apparati tarkibini
loyihalash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Boshqaruv tashkilotining asosiy va aniq vazifalari
ajratiladi. Asosiy vazifalar har bir korxona va boshqaruvning barcha darajasi uchun xosdir.
Ular jumlasiga quyidagilar kiradi:
a) marketing;
b) biznes-reja;
d) tartibga solish;
e) tashkil etish;
g) rag‘batlantirish;
g) nazorat va hisob;
h) undash;
i) rejalashtirish.
G‘arb menejmentining bugungi zamonaviy nazariyasi boshqarish funksiyalarini
turkumlashda eng avvalo uning quyidagi asosiy (umumiy) funksiyalariga ustuvorlik berishadi:
rejalashtirish;
tashkil qilish;
tartibga solish va muvofiqlashtirish;
nazorat;
rag‘batlantirish (motivlashtirish).
Boshqaruv funksiyalarining mazmuni u yoki bu faoliyatni tashkil qilishdan kelib, chiqadi.
Masalan, ishlab chiqarishni olaylik. Uning dastlabki bosqichida:
loyihalash;
konstruktorlik;
rejalashtirish kabi ishlarni bajarish bilan bog‘liq funksiyalar paydo bo‘ladi.
Keyingi funksiyalar
ishlab chiqarishni tayyorlash, ya’ni,
maxsulot tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqish;
mexnat normalari, materillari sarfini belgilash;
asbob-uskunalarni tayyorlash kabi ishlarni bajarish bilan bog‘liq funksiyalar paydo
bo‘ladi.
Endi quyida boshqaruv funksiyalariga atroflicha to‘xtalamiz:
Do'stlaringiz bilan baham: