Mavzu. Biznesni tashkillashtirish. Biznes



Download 23,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/197
Sana10.03.2022
Hajmi23,12 Mb.
#487910
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   197
Bog'liq
Biznes maruzalar

Innovatsion maqsadlar
– bu yangi mahsulotni ishlab chiqarish, yangi texnologiyani 
joriy qilish bo‘ycha qo‘yiladigan maqsadlardir. Masalan, tadqiqot bo‘limi xodimlarining maqsadi 
quyidagicha bo‘lishi mumkin: “1 iyulgacha eksport uchun mo‘ljallangan uch turdagi yangi 
mahsulotni sanovdan o‘tkazishni ta’minlash”. Maqsad qanchalik murakkab bo‘lsa, shunchalik u 
boshqaruvchi uchun muammoli yoki innovatsion bo‘lishi mumkin. Biroq, bir maqsadning o‘zi 
birov uchun oddiy, boshqa uchun muammoli, xatto innovatsion bo‘lishi mumkin. Birinchi holda 
rahbar o‘sha maqsadni echish usullarini mukammal biladi, ya’ni buning uchun uning bilimi
mahorati etarli bo‘lib, uni hech qanday qiynalmay echadi. Boshqa rahbar esa u maqsadni o‘zi 
uchun murakkab va muammoli tariqada qabul qiladi. Masalan, marketing bo‘limi xodimi uchun 
“kvartalda sotiladigan tovarlar tahlilini qilish” oddiy bir ish bo‘lsa, sotish bo‘limidagi xodim uchun 
bu ish muammo bo‘ladi.
To‘rtinchi guruh maqsadlar
- bu korxona xodimlari malakasini oshirish sohasidagi 
maqsadlar bo‘lib, ular uzoq muddatli (strategik) reja asosida muntazam ravishda amalga oshirilib 
boriladi. Masalan, “3-5 yil ichida korxona xodimlarning 20 foizini malakasini oshirish”. Korxona 
umumiy maqsadining samaradorligi yakka, ya’ni har bir hodim maqsadining qanchalik to‘g‘ri 
aniqlanganligi va naqadar samarali ado etilganligiga bog‘liq bo‘ladi. Shu sababli har bir xodim 
oldiga qo‘yladigan maqsadga nisbatan quyidagi talablar qo‘yiladi.
• Xodim maqsadi yuqori bo‘g‘indagi bo‘limlar maqsadiga bo‘ysinishi, unga mos bo‘lishi 
kerak. Obrazli qilib aytganda ayrim xodimlarning maqsadlari yuqori pog‘onadagi (xususiy, lokal, 
umumiy) maqsadlar qanoti (kaskadi) ostida bo‘lishi kerak 


Maqsadlar kaskadi (pag`onalari) 
Shundagina yakka maqsadlar korxona maqsadining samarali bo‘lishiga xizmat qiladi.
• xodim o‘z oldiga qo‘yadigan maqsadlarning soni 4 tadan 8 tagacha bo‘lishi, undan 
oshmasligi kerak. Agar ularning soni bundan oshsa, u holda xodim kutgan natijasini ololmaydi, 
oqibatda korxonaning umumiy maqsadiga putur etkazadi.
• yakka maqsadning ham pirovard natijasi va aniq muddati belgilangan bo‘lishi kerak. Aks 
holda u mavhumlikka yuz tutadi.
• rejalashtiriladigan maqsad qiyinchilik bilan erishiladigan, shu bilan birga, amalga 
oshirish mumkin bo‘lgan darajada bo‘lishi kerak. Umuman har bir kishi o‘z maqsadiga 
erishishning eng og‘ir va murakkab yo‘lini tanlashi kerak. Har doim ham o‘z maqsadining juda 
osonlik bilan hal bo‘lishiga umid bog‘lamasligi darkor. shundagina u har qanday kutilmagan 
muvaffaqiyatsizlikka tayyor bo‘ladi, darrovgina tushkunlikka tushmaydi. Ammo masalaning 
boshqa tomoni ham bor. Agar maqsad murakkab bo‘lib, uning ustiga-ustak bajarilishi gumon 
bo‘lsa, bunday hol ham boshqarishni ijobiy natijalarga erishishdan mahrum etadi.
• Har qanday maqsadning samaradorligi erishilgan natijaga to‘g‘ri baho berilishiga va uni 
rag‘batlantirish darajasiga bog‘liq. Agar erishilgan natijaga adolat yuzasidan baho berish va uni 
tegishli ravishda rag‘batlantirish odat tusiga kirgan bo‘lsa, u holda bu korxonada o‘rnatilgan 
boshqarish usuli ravnaq topib boraveradi.
Maqsad, xususan, umumiy (bosh) maqsad juda keng qamrovli va o‘ta murakkab 
kategoriyadir. Unga quyidagi sifatlar xos:
• tob’e bo‘lishlik;
• yoyib bo‘lishlik;
• o‘zaro munosabat (bog‘lanish)da bo‘lishlik;

Download 23,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish