Mavzu: Birikmalar


Vintli juftning o’z-o’zidan tormozlanishi va uning foydali ish koeffitsienti



Download 261,87 Kb.
bet4/5
Sana05.02.2023
Hajmi261,87 Kb.
#908047
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 (3)

Vintli juftning o’z-o’zidan tormozlanishi va uning foydali ish koeffitsienti.


Vintli juftning o’zgaruvchan kuch va moment ta’sirida buralib bo’shamasligi uchun ularda o’z-o’zidan tormozlanish xususiyati bo’lishi kerak. Bu xususiyatni taominlovchi asosiy shartdir, ya’ni rezbaning ko’tarilish burchagi undagi ishqalanish burchagidan kichik bo’lishi kerak. Ma’lumki ishqalanish burchagi gayka bilan vint orasidagi ishqalanish kuchiga hamda ularning qanday materiallardan tayyorlanganligiga bog’liq. ma’kamlash detallari uchun ishlatiladigan rezbalarda ko’tarish burchagi odatda 1,5° dan 4° gacha bo’ladi. Ishqalanish burchagi esa, ishqalanish koeffitsienti qiymatiga qarab, 6° dan (o’ 0,1 bo’lganda) 16° gacha (u 0,3 bo’lganda) yetishi mumkin. Demak, ma’kamlash detallari uchun ishlatiladigan rezbalarning hammasida o’z-o’zidan tormozlanish xususiyati bo’ladi.


Vintli juftning foydali ish koeffitsientini gaykani burash uchun sarflangan ishning ishqalanish o’q deb faraz qilingandagi qiymati ishqalanish mavjud bo’lgandagi qiymatiga bo’lish yo’li bilan, ya’ni Tt : Tk nisbatdan topish mumkin. Bu yerda Tk (41) formuladan topiladi.
Yuqorida aytilganlar nazarda tutilsa, quyidagi ifoda kelib chiqadi:
(3.12)

bundan faqat rezba uchungina taaluqli bo’lgan qismi


(3.13)

bo’ladi.


Agar vintli juftning o’z-o’zidan tormozlanishiga zaruryat bo’lmasa, uning foydali ish koeffitsientini ko’tarilish burchagi ning qiymatini kattalashtirish evaziga oshirish mumkin. Buning uchun ko’p kirimli vintlardan foydalaniladi.
SHuni nazarda tutish kerakki, ning qiymatini ortishi bilan rezbalar tayyorlash birmuncha qiyinlashadi. SHuning uchun amalda rezbalarning ko’tarilish burchagi 20°-25° dan oshirilmaydi.

Rezbaning mustahkamligini hisoblash


Rezbali birikmalarda o’q bo’ylab yo’nalgan va vint sterjenini cho’zadigan kuch rezbaning hamma o’ramlariga ham bir xilda ta’sir etavermaydi. Bu masalani birinchi bo’lib tekshirgan olim N. Ye. Jo’qovskiydir. o’tkazilgan tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, rezbaning kuch ta’sir etayotgan tomondan birinchi o’ramda boshqa o’ramlardagiga qaraganda kattaroq kuchlanish hosil bo’ladi. Rezbalarga ta’sir etuvchi kuchning rezba o’ramlari orasida bir tekisda taqsimlanmasligining ko’pgina sabablari bor. Ana shu sabablardan biri shuki, o’q bo’ylab ta’sir etuvchi kuchdan vintdagi rezbaning bir tomonga, gaykadagi rezbaning esa qarama-qarshi tomonga deformatsiyalanishidir. Masalan, 6 o’ramli gaykaning birinchi o’rami ta’sir etayotgan kuchning 52% ni, ikkinchi o’rami 25%ni, uchinchi o’rami 12% ni, oxirgi o’rami esa atigi 2% ni qabul qiladi. Zarur bo’lgan taqdirda gaykaning hamma o’ramlari bir xilda ishlaydigan maxsus turidan foydalaniladi. Lekin bunday gaykalar tayyorlash texnalogik jixatdan birmuncha qiyin.


Gayka o’ramlari orasida nagruzkaning taqsimlash harakterini aniq bilish juda qiyin, chunki bunga yuqorida keltirilgan sababdan tashqari, gayka tayyorlashning aniqlik darajasi va gaykaning ishlanishdagi yeyilish darajasi ham ta’sir qiladi. SHuning uchun amalda rezbalarning mustahkamligini hisoblashda ta’sir etuvchi kuch vint o’ramlari orasida bir xil taqsimlanadi, deb qabul qilinadi va rezba ish sirtining egilishi va a-b bo’yicha kesilishi hisoblanadi. rezbalarning ezilishini hisoblashdagi munosabatdan foydalaniladi:



(37-шакл).

(3.14)
bu yerda z=H/s balandligi H bo’lgan gaykadagi rezba o’ramlarining soni. Bu formula vintning rezbasi uchun ham tadbiq qilinaveradi. rezbalarning kesilishi quyidagi formulalardan hisoblab topiladi:
vint uchun:
(3.15)
gayka uchun:


bu yerda K= yoki K= - rezbaning turini hisobga oluvchi koeffitsient. Uchburchaklik profilli rezbalar uchun K0,8: to’g’ri to’rtburchaklik profilli rezbalar uchun K = 0,5: trapetsiya profilli rezbalar uchun esa K=0,65. Agar vint va gaykaning materiali bir xil bo’lsa, vint rezbasining o’zigina hisoblash kifoya, chunki bo’ladi. Gaykaning standartda qabul qilingan balandligi vint sterjeni bilan rezbaning mustahkamligi bir xil bo’lishi kerak, degan shartdan kelib chiqarilgan. Agar


Download 261,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish