Mavzu: Bir fazali transformatorlar Tuzilishi va ishlash prinsipi Reja


Transformatorning qisqa tutashuv ish rejimi



Download 4,86 Mb.
bet4/4
Sana12.07.2022
Hajmi4,86 Mb.
#783153
1   2   3   4
Bog'liq
1Sharafov Abduvali INFOKOM ma ruza 2 mustqail ish bir fazali 1

Transformatorning qisqa tutashuv ish rejimi. Qisqa tutashuv rejimida birlamchi cho‘lg‘am tarmoqqa ulanadi, ikkilamchi cho‘lg‘am esa qisqa tutashtiriladi. Ishlatish sharoitlarida qisqa tutashuv avariya rejimi hisoblanadi va cho‘lg‘amlar toklari katta qiymatlarga ortib ketadi. Bunda cho‘lg‘amlar kuchli qiziydi va ularni deformatsiyalaydigan katta mexanik kuchlar ta’sir qiladi.
Lekin, har qanday yuklamada transformator parametrlarini aniqlash uchun qisqa tutashuv tajribasi o‘tkaziladi. Bu tajribada ikkilamchi cho‘lg‘am qisqa tutashtiriladi, birlamchi cho‘lg‘amga esa pasaytirilgan Uk kuchlanish beriladi. Bu kuchlanish qisqa tutashuv kuchlanishi deyiladi va nominaldan foizlarda o‘lchanadi, ya’ni
, (2.25)

Standart bo‘yicha qisqa tutushuv kuchlanishi nominal kuchlanishning 5,5....10.5 foizini tashkil qiladi. Uk qiymat juda kichik bo‘lganligi sababli I0 magnitlovchi tok va mos ravishda F0 magnit oqimi sezilarsiz bo‘ladi, ya’ni I0k»0 bo‘ladi, bunda birlamchi cho‘lg‘amning magnitlovchi kuchi ikkilamchi cho‘lg‘amning magnitlovchi kuchini kompensatsiyalash uchun sarf bo‘ladi. Magnitlovchi tokni hisobga olinmasa (ya’ni I0k=0), u holda magnit muvozanat tenglamasi İ1∙W12∙W2=0 ko‘rinishga ega bo‘ladi va agar transformatorni keltirilgan deb hisoblansa, u holda İ1= –İ2 bo‘ladi. Ikkilamchi cho‘lg‘amning muvozanat tenglamasi quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:




(2.26)
ya’ni
, (2.27)

Ikkilamchi cho‘lg‘amdan oqib o‘tadigan İ2, tok Ė2 vektordan y2k burchakka ortda qoladi, u quyidagi shartdan aniqlanadi:




(2.28)
Transformatorning qisqa tutashuv rejimidagi vektor diagrammasini qurish mumkin (2.10-rasm).
Absissalar o‘qiga Fmqt qo‘yamiz, undan Ė1=Ė′2 vektorlar 900 ga ortda qoladi, Ye2 vektordan esa İ2 vektor y2k burchakka ortda qoladi, binobarin


(2.29)

2.10-rasm. Transformatorning qisqa tutashuv rejimidagi vektor diagrammasi


Qisqa tutushuv rejimida ishlayotgan transformatorning ekvivalent sxemasini qurish uchun (2.29) ifodadan foydalaniladi.




, (2.30)
u holda
(2.31)

I0=0 bo‘lganligi sababli, z0=¥, zn=0, u holda ekvivalent sxemasi 2.11-rasmda ko‘rsatilgan ko‘rinishda bo‘ladi.


2.11-rasm. Transformatorning qisqa tutashuv rejimidagi ekvivalent sxemasi


Transformatorning qisqa tutashuv qarshiligi zk=r1+j×x1+r2+j×x2, bundan qisqa tutashuvda transformator qarshiligining aktiv va reaktiv qarshiliklarini aniqlanadi:


.

Bu qarshiliklar transformator cho‘lg‘amlaridagi yo‘qotishlarni aniqlaydi va transformator mis cho‘lg‘amlaridagi Rm yo‘qotishlar deyiladi, chunki qisqa tutashuvda I1 va I2 nominal toklar oqib o‘tadi, transformatorning butun quvvati cho‘lg‘amlarning qizishiga sarf bo‘ladi, I0=0, F0=0 bo‘ladi, ya’ni po‘lat o‘zakdagi yo‘qotishlar nolga teng bo‘ladi.



Xulosa
Men bu mustaqil ishda bir fazali transformatorlarni ko‘rib chiqdim. Bunda ishlash prinsiplarini ko‘rib chiqdim. Transformatorlardan foydalanish 1891 yili uch fazali transformatorning konstruktsiyasi ishlab chiqilib, elektr energiyasini uch fazali tok sistemasi 12 yordamida uzatish amalga oshirilgandan so`ng yanada kengaydi. Bu elektrlashtirishning jadal rivojlanishiga sabab bo`ldi. elektr energiyasini transformatorlar yordamida uzatish sxemasiko`rsatilgan. Sxemadan ko`rinib turibdiki, elektrostantsiyada generator ishlab chiqarayotgan elektr energiyasi transformator Tr1 yordamida 6kv kuchlanishdan 35 kVgacha orttirilib, elektr uzatish liniyasi orqali taqsimlovchi podstantsiyaga berilmoqda. U erda pasaytiruvchi transformator Tr2 yordamida kuchlanish 35 kVdan 6 kVgacha pasaytirilib, iste`molchining transformatori Tr3 ga uzatilmoqda. Bunday transformatorlardan bir nechta bo`lishi mumkin.
Transformator Tr3 yordamida kuchlanish 6kVdan iste`molchi uchun zarur bo`lgan 380/220, 220/127 V kuchlanishlarga aylantiriladi. Ko`rinib turibdiki, elektr energiyasi elektrstantsiyadan iste`molchiga etib kelguncha uch marta transformatsiyalanmoqda. Real hollarda transformatsiyalanish soni bundan ham ko`p bo`lishi mumkin. Elektr energiyasini bir pog`onada bo`lgan u1 ,i1 kuchlanish va tokiniboshqa pog`onadagi, u2 ,i2 kuchlanish va tokka aylantirib beradigan static
Elektor energiyasini transformatorlar yordamida uzatish.(harakatlanuvchi qismlari bo`lmagan) elektromagnit apparati transformatordeyiladi. Transformatorlar energetik sistemalarda qo`llanishidan tashqari, kuchsiz toklarda ishlovchi hisoblash mashinalar, avtomatika, telemexanika, aloqa, radiotexnika va televideniye qurilmalari zanjirlarida va umuman, elektr kuchlanishini o`zgartirib berish kerak bo`lgan barcha joylarda ishlatiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Sapayev M., Aliyev U., Qodirov F. Aloqa qurilmalarining elektr ta’minoti. O’quv qo‘llanma.

  2. Maxkamdjanov B.M., Aliyev U.T., Sapayev M.S., Xudayberganov Sh.K. Aloqa qurilmalarining elektr ta’minoti. O’quv qo‘llanma. – Toshkent: TATU, 2008 y.

  3. http:// www.electro-tehnik.narod.ru/docs/zariadNiCA.html

Download 4,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish