Transformatorning salt ishlash rejimi. Salt ishlash rejimida transformatorning birlamchi cho‘lg‘ami o‘zgaruvchan tok manbaiga ulanadi, ikkilamchi cho‘lg‘amining uchlari esa ochiq qoladi, ya’ni ikkilamchi cho‘lg‘am toki nolga teng bo‘ladi. U1 kuchlanish sinusoidal qonun bo‘yicha o‘zgaradi deb olaylik. Uning ta’sirida birlamchi cho‘lg‘amdan salt ishlash tokiga teng bo‘lgan I1=I0 sinusoidal tok oqib o‘tadi. I0 tokning qiymati transformator quvvatiga bog‘liq; kichik quvvatli transformatorlarda I1 tok nominal qiymatining 25-30 foiziga, katta quvvatli transformatorlarda esa I1 tok nominal qiymatining 3-10 foizigacha yetadi. I1 tok ta’sirida F0=I0×W1 magnitlovchi kuch vujudga keladi va bu kuch transformator o‘zagida F0 magnit oqimini hosil qiladi. Uning katta qismi transformator magnit o‘zagida tutashadi va birlamchi (o‘ramlari soni W1 bo‘lgan) va ikkilamchi (o‘ramlar soni W2 bo‘lgan) cho‘lg‘amlarning barcha o‘ramlarini kesib o‘tadigan F0 asosiy magnit oqimini hosil qiladi. F0 magnit oqimining unga katta bo‘lmagan qismi birlamchi cho‘lg‘am atrofida havoda tutashadi va faqat birlamchi cho‘lg‘amga bog‘langan F1S tarqalish oqimini tashkil qiladi.
F1s oqim birlamchi cho‘lg‘amda tarqalish EYuKini induksiyalaydi:
, (2.1)
Asosiy magnit oqimi F0 esa birlamchi va ikkilamchi cho‘lg‘amlarda mos EYuKlarni induksiyalaydi.
, (2.2)
, (2.3)
Agar F0 oqimni sinusoidal deb hisoblasak, ya’ni F0=F0msinw bo‘lsa, u holda induksiyalangan EYuKlar (2.2) va (2.3) larga muvofiq quyidagi tarzda yoziladi:
, (2.4)
, (2.5)
bu yerda ωW1F0m=E1m, ωW2F0m =E2m, ya’ni ye1 va e2 ham sinusoial qonun bo‘yicha o‘zgaradi, lekin faza bo‘yicha π/2 burchakka orqada qoladi. Amalda EYuKlarning oniy qiymatlariga emas, ta’sir etuvchi qiymatlariga tayanilib, ular quyidagi ifodalar orqali aniqlaniladi:
birlamchi cho‘lg‘am EYuKining ta’sir etuvchi qiymati
, (2.6)
ikkilamchi cho‘lg‘am EYuKining ta’sir etuvchi qiymati
, (2.7)
(2.2) va (2.3) ifodalardan ko‘rinadiki, birlamchi va ikkilamchi cho‘lg‘amlar EYuKlari bu cho‘lg‘amlar o‘ramlari sonlariga to‘g‘ri proporsional, ya’ni o‘ramlar soni qancha katta bo‘lsa, cho‘lg‘am EYuKi shuncha katta bo‘ladi.
Transformatorlarni W1/W2=E1/E2=n nisbati bilan xarakterlash qabul qilingan. Bu nisbat transformatsiya koeffitsiyenti deyiladi. U birlamchi va ikkilamchi cho‘lg‘amlari EYuKlari o‘zaro necha marta farq qilishini ko‘rsatadi. Ko‘p sonli o‘ramlarga ega bo‘lgan cho‘lg‘am yuqori kuchlanishli cho‘lg‘am, kam sonli o‘ramga ega bo‘lgan cho‘lg‘am esa past kuchlanishli cho‘lg‘am deyiladi.
Agar W1>W2 bo‘lsa, transformator kamaytiruvchi, W12 bo‘lsa, transformator orttiruvchi transformator deyiladi. Transformator tarmoqdan S1=U1×I1 quvvatni iste’mol qiladi, u ikkilamchi tomondagi S2=U2×I2 quvvatdan katta yoki unga teng bo‘ladi, ya’ni S21. Shuning uchun transformator cho‘lg‘amidagi kuchlanish qancha katta bo‘lsa, undagi tok shuncha kichik bo‘ladi, ya’ni
, (2.8)
Agar transformator birlamchi cho‘lg‘amidagi va o‘zakdagi energiya isrofi hisobga olinmasa va butun F0 magnit oqim bo‘yicha tutashadi, deb hisoblasak, Ye1 EYuK Lens qonuni bo‘yicha U1 berilgan kuchlanishga qiymat bo‘yicha teng, ishora bo‘yicha esa qarama-qarshi bo‘ladi, ya’ni –É1=Ú1 bo‘ladi. Lekin amalda o‘zakdagi va magnit oqimi tarqalishi isroflarini hisobga olmasa bo‘lmaydi. Shuning uchun real transformatorlarda İ0 salt yurish toki İ0a aktiv va İ0r reaktiv tashkil etuvchilarga ega bo‘ladi, ya’ni
, (2.9)
İ0a aktiv tashkil etuvchi transformator magnit o‘tkazgichlaridagi quvvat yo‘qotish uchun sarf bo‘ladi (gisterezis va uyurma toklarga), İ0r reaktiv tashkil etuvchi magnit o‘zakda F0 asosiy magnit oqimini hosil qilishga sarf bo‘ladi.
Bundan tashqari real transformatorning birlamchi cho‘lg‘ami r1 aktiv qarshilikka ega, bu qarshilikda İ0 tok ta’sirida Ū0a=İ0r1 kuchlanish kamayadi. Bundan tashqari F1S tarqalish oqimining mavjudligi uchun birlamchi cho‘lg‘amda Ė1s=-jx1İ0 tarqalish EYuKi vujudga keladi, bu yerda x1-birlamchi cho‘lg‘am tarqalish induktiv qarshiligi. Kirgxofning ikkinchi qonuniga binoan berilgan Ū1 kuchlanish transformator birlamchi zanjiridagi barcha kuchlanishlar pasayishiga teng bo‘lishi kerak, ya’ni
, (2.10)
Ushbu munosabatlarga asoslanib salt ishlash rejimida transformatorning vektor diagrammasini qurish mumkin (2.5-rasm).
Vektor diagrammani qurishni gorizontal yo‘nalishda F0 magnit oqimining vektorini qo‘yishdan boshlaymiz. Biz sinusoidal ideal oqim holatini ko‘rib chiqayotganligimiz uchun ular induksiyalaydigan Ė1 va Ė2 EYuKlar oqimdan faza bo‘yicha 900 ga orqada qoladi (cos ishorasi almashgani uchun). Musbat aylanish yo‘nalishi sifatida soat mili yo‘nalishiga qarama-qarshi yo‘nalish qabul qilinadi.
Tokning reaktiv tashkil etuvchisi İ0r Fo oqimning yo‘nalishiga mos tushadi, aktiv tashkil etuvchisi İ0a esa, Fo oqimni 900 ga orqada qoldiradi. İ0 tok geometrik (İ0a+ İ0r) yig‘indi kabi aniqlanadi. Fo va İ0 orasidagi burchak magnit kechikish burchagi yoki magnit yo‘qotishlar burchagi deyiladi va po‘lat o‘zakdagi quvvat yo‘qotilishi qiymatiga bog‘liq bo‘ladi. Tarqalish oqimining vektori Fs İ0 tokning yo‘nalishiga mos tushadi, Ė1s vektor esa undan 90 foizga ortda qoladi. Keyin (3.10) tenglamadan foydalanamiz.
0 nuqtadan –Ū1 vektorni qo‘yamiz va uning oxiriga İ0 r1 vektorni İ0 vektorga parallel qo‘yamiz.
Vektor diagrammadan ko‘rinib turibdiki, salt ishlash rejimida Ė1 va Ė2 vektorlar Ū1 vektorga nisbatan 1800 foizga yaqin burchakka surilgan.
2.5-rasm. Transformatorning salt ishlash rejimidagi vektor diagrammasi
(2.10) ifodada r1+j x1 =z1 belgilash mumkin, u holda
, (2.11)
Bu kompleks qarshilikning moduli birlamchi cho‘lg‘amning to‘liq qarshiligi hisoblanadi. (2.10) ifodada –Ė1=İ0z0 almashtirish mumkin, bu yerda z1 – po‘lat o‘zak kiritadigan to‘liq qarshilik. İ0 tok –Ė1 vektordan faza bo‘yicha ortda qolayotganligi uchun z0 qarshilik faqat aktiv (r0) tashkil etuvchiga emas, induktiv (x0) tashkil etuvchiga ham ega bo‘ladi, ya’ni z 0=r0+jx0 bo‘ladi.
x0 va r0 larda ajraladigan energiya o‘zakda asosiy magnit oqimini hosil qilish va unda vujudga keladigan yo‘qotishlarni qoplash uchun sarflanadi. Buni hisobga olib (2.11) ifoda Ū1=İ0z1+İ0z0=İ0(z1+z0) tenglik ko‘rinishiga o‘zgartiriladi. Bu tenglamaga asoslanib salt ishlash rejimidagi transformatorning ekvivalent sxemasi chiziladi (3.6-rasm).
Transformatorning parametrlarini aniqlash uchun salt ishlash tajribasi o‘tkaziladi. Ko‘p transformatorlarda salt ishlash rejimida birlamchi cho‘lg‘amdagi quvvat yo‘qotishlari kam, ikkilamchi cho‘lg‘amdagi quvvat yo‘qotishlari esa 0 ga teng bo‘lganligi uchun Ė1»Ū1, Ė2=Ū2 deb hisoblash mumkin. Shunday qilib, salt ishlash rejimida n»U1/U2 transformatsiyalash koeffitsiyenti, o‘zakdagi quvvat isrofi (boshqacha qilib aytganda salt ishlash yo‘qotishlari yoki doimiy yo‘qotishlar) va salt ishlashdagi z1 va z0 kirish qarshiliklari aniqlanadi.
to‘liq qarshilik
2.6-rasm. Salt ishlash tajribasini o‘tkazish sxemasi va uning ekvivalent sxemasi
Do'stlaringiz bilan baham: |