Mavzu: Bir fazali transformatorlar Tuzilishi va ishlash prinsipi Reja



Download 4,86 Mb.
bet3/4
Sana12.07.2022
Hajmi4,86 Mb.
#783153
1   2   3   4
Bog'liq
1Sharafov Abduvali INFOKOM ma ruza 2 mustqail ish bir fazali 1

Transformatorning yuklama rejimi. Agar transformatorning ikkilamchi cho‘lg‘amiga yuklama ulansa, u holda transformator ishchi rejimda ishlaydi (2.7-rasm). Bu rejimda transformatordagi fizik jarayonlar yuklama xususiyatiga bog‘liq bo‘ladi. Ikki asosiy aktiv-induktiv va aktiv-sig‘imli yuklamali hollarni ko‘rib chiqamiz.

2.7--rasm. Yuklangan rejimdagi bir fazali transformator

Agar birlamchi cho‘lg‘amga U1 kuchlanish berilsa, ikkilamchi cho‘lg‘am esa yuklamaga ulansa, u holda har ikkala cho‘lg‘amlardan mos ravishda İ1 va İ2 toklar oqib o‘tadi. Ular transformatorda F1S va F2S magnit oqimlarini hosil qiladi. Ularning ko‘p qismi transformator o‘zagida tutashadi, qolgan kam qismi esa cho‘lg‘amlar atrofida F1S va F2S tarqalish oqimlarini hosil qilib, havoda tutashadi. Bu oqimlar transformator cho‘lg‘amlarida Ė1s va Ė2s tarqalish EYuKlarini hosil qiladi, ular birlamchi va ikkilamchi cho‘lg‘amlar x1 va x2 induktiv tarqalish qarshiliklariga sarflanadi, ya’ni




, (2.12)
, (2.13)

Bu holda yuklangan transformator uchun muvozanat tenglamasi quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:




, (2.14)
, (2.15)

F2S oqimning hosil bo‘lishi uchun F1S oqim xizmat qilganligi uchun Lens qonuni bo‘yicha ular qarama-qarshi yo‘naladi, ya’ni transformator o‘zagida natijaviy yig‘indi oqim vujudga keladi. Bu oqim Ė1 va Ė2 EYuKlar manbai hisoblanadi. Agar İ2 yuklama toki ortsa, F2S oqim ortadi, u holda F0 kamayadi, demak, Ė1 va Ė2 EYuKlar ham kamayadi. (3.15) tenglamadan ko‘rinib turibdiki Ė1 kamayganda tenglikni saqlash uchun İ1 ortishi kerak, bu esa F1S oqimni va F0 yig‘indi oqimni orttiradi. İ1 tok F2S oqimni magnitsizlovchi ta’sirini kompensatsiyalaguncha ortadi, ya’ni F oqim qiymati tiklanadi. Agar İ2 kamaya boshlasa (0 gacha), F0 oqim va unga mos ravishda Ye1 va Ye2 EYuKlar ortadi. Lekin Ė1 ortganda (3.13) İ1 tok, ya’ni F1S oqim kamaya boshlaydi va mos ravishda F oqim F0 oqimga teng bo‘lib qoladi. Shunday qilib, transformatorda yig‘indi magnit oqimi yuklama o‘zgarishining keng chegaralarida deyarli o‘zgarishsiz qoladi va salt ishlash oqimiga teng bo‘ladi, ya’ni




, (2.16)

Demak, magnitlovchi kuchni hosil qiladigan bu oqim ham o‘zgarishsiz qoladi, magnitlovchi kuch quyidagi ifoda orqali aniqlanadi: F00×W1, F0 –transformator salt ishlaganidagi magnitlovchi kuch.


Transformator yuklamada ishlaganida uning magnit o‘tkazgichida F11×W1 va F21×W2 magnitlovchi kuchlar mos ravishda F1 va F2 magnit oqimlarini hosil qiladi. U holda natijaviy magnitlovchi kuch Fn = F1yoF2 = I1×W1+ I2 ×W2 bo‘ladi.
Yig‘indi magnitlovchi kuch Fn=F0 ,bo‘lganligi uchun quyidagini yozish mumkin:
, (2.17)

Bu tenglama magnitlovchi kuchlar muvozanat tenglamasi deyiladi. Shunday qilib, transformator yuklama rejimida ishlaganida (2.14) va (2.15) tenglamalar orqali tavsiflanadigan bir-birlaridan elektr jihatdan mustaqil bo‘lgan ikkita birlamchi va ikkilamchi tarmoqlar konturlari ko‘rib chiqiladi. Ular asosida transformatorning vektor diagrammasi va ekvivalent sxemasini qurish mumkin. Lekin bunda birlamchi va ikkilamchi zanjirlarga taaluqli bo‘lgan kattaliklarni taqqoslash zarur bo‘ladi. Agar transformatsiyalash koeffitsiyenti n¹1 bo‘lsa, u holda bu kattaliklar turlicha bo‘ladi. Vektor diagrammalar va ekvivalent sxemalarni qurishda qulaylik uchun transformator ikkilamchi cho‘lg‘amini birlamchi cho‘lg‘amga keltirish qabul qilingan, ya’ni birlamchi cho‘lg‘am o‘ramlari soniga teng bo‘lgan o‘ramlar sonili cho‘lg‘am bor deb shartli hisoblash mumkin, u holda E2=E1=n×E2=E2 (W2/W1) bo‘ladi.


(2.17) tenglamani W1 ga bo‘lish mumkin, u holda u I0=I1+I2×W1/W2 ko‘rinishga, birlamchi cho‘lg‘amga keltirilgani esa, I2=W2/W1=1/n×I2=I2 ko‘rinishga ega bo‘ladi. Bu holda, cho‘lg‘amlar orasidagi elektromagnit aloqani faqat elektr aloqaga almashtirish mumkin. U holda transformatorning aktiv, induktiv va to‘liq qarshiliklarini aniqlash mumkin. Transformatorning yuklama rejimidagi vektor diagrammasini qurishni F0 vektordan boshlaymiz. Transformatorning vektor diagrammasini aktiv-induktiv yuklama holati uchun quramiz. Keyin İ0 va Ė12 vektorlarni qo‘yamiz. So‘ngra (2.17) tenglamaga muvofiq İ10–İ2 ga teng bo‘lgan İ1 vektorni qidiramiz. Aktiv-induktiv yuklamada İ2 vektor Ė2 vektordan ma’lum burchakka ortda qoladi, birlamchi cho‘lg‘amga keltirilgan Ė2s tarqalish EYuKi vektori İ1 vektordan 900 ga ortda qoladi. Ikkilamchi zanjir parametrlarini birlamchi zanjirga keltirilishida barcha quvvat yo‘qotishlari va elektr kattaliklar orasidaga fazaviy burchaklar keltirishdan keyin o‘zgarishsiz qolishi sharti bajariladi. Ikkilamchi cho‘lg‘amning keltirilgan aktiv qarshiligi I22×r2=(I¢2)2×r2=(I2/n)2×r shartdan aniqlanadi. Bundan r2=n2×r2 bo‘ladi. Cho‘lg‘amning induktiv qarshiligi o‘ramlar sonining kvadratiga proporsional, bundan x¢2=W1/W2×x2=n2×x2 bo‘ladi.
Birlamchi cho‘lg‘am uchun muvozanat tenglamasi quyidagi ko‘rinishda yoziladi:
, (2.18)
ya’ni, I1= –I2 deb olamiz va diagrammani quramiz (2.8-rasm).


2.8-rasm. Transformatorning yuklangan rejimidagi vektor diagrammasi


İ1 vektor yo‘nalishini bilgan holda, (2.15) ga muvofiq Ė1 vektorni İ1×r1 vektorga qo‘shamiz, keyin Ė1S vektorni ayirib Ū1 vektorni hosil qilamiz. Vektor diagrammasidan ko‘rinib turibdiki, ikkilamchi cho‘lg‘am kuchlanishing Ū2 qiymati İ2 yuklama tokiga va yuklama xarakteriga (ya’ni Ψ ga) bog‘liq bo‘ladi. Aktiv-induktiv yuklamada Ū2 absolyut qiymati bo‘yicha Ė2 EYuKdan kichik ( êŪ2 ê< êĖ2 ê), aktiv-sig‘im yuklamada esa katta ( êŪ2 ê> êĖ2ê) bo‘ladi.


Yuklangan transformatorning ekvivalent sxemasini asosiy muvozanat tenglamalarini tahlil qilgan holda qurish mumkin (2.9-rasm).
Ularni quyidagi ko‘rinishda yozish mumkin:


, (2.19)
, (2.20)

bu yerda z1 va z2-birlamchi cho‘lg‘amning to‘la qarshiligi va ikkilamchi cho‘lg‘amning keltirilgan to‘la qarshiligi.




2.9-rasm. Transformatorning yuklangan rejimidagi ekvivalent sxemasi




deb belgilaymiz, bu yerda İ0–salt ishlash tokining vektori, z0–magnitlovchi konturning to‘la qarshiligi. Transformator ikkilamchi cho‘lg‘amining kuchlanishi yuklama bo‘lganida Ū22×Zyu bo‘ladi, bu yerda Zyu=n2×Zyu–tashqi yuklamaning keltirilgan to‘la qarshiligi.
Muvozanat tenglamasidan İ20–İ1 ga egamiz. U holda transformatorning ikkilamchi cho‘lg‘ami uchun EYuKlar muvozanat tenglamasi quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:


(2.21)

U holda salt ishlash toki quyidagiga teng bo‘ladi:




, (2.22)

Uning qiymatini (3.19) ifodaga qo‘yib quyidagi ko‘rinishdagi ifodani olamiz:




(2.23)

U holda yuklama bo‘lganda transformatorning ekvivalent qarshiligi quyidagicha bo‘ladi:




(2.24)

ya’ni u ikki ketma-ket ulangan qarshiliklardan tashkil topadi, bu yerda Z1–birlamchi cho‘lg‘amning to‘la qarshiligi, ikkinchi qo‘shiluvchi esa Z0, (konturning magnitlanishi) ikkilamchi zanjir to‘la qarshiligi (ya’ni ikkilamchi cho‘lg‘am va transformator yuklamasi to‘la qarshiliklarining ketma-ket ulanishi) parallel ulanishidir.



Download 4,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish