Mavzu: Bir bosh bo‘lakli gaplar


Bo‘lsa , esa so‘zlari yordamida bog‘langan qo‘shma gaplar



Download 201,44 Kb.
bet2/5
Sana08.09.2017
Hajmi201,44 Kb.
#20138
1   2   3   4   5

Bo‘lsa , esa so‘zlari yordamida bog‘langan qo‘shma gaplar

Bo‘lsa , esa so‘zlari bog‘langan qo‘shma gap qismlarini bog‘lash bilan birga , ular o‘rtasida qiyoslash va zidlash munosabati mavjudligini ifodalaydi . Bo‘lsa , esa so‘zlari qiyoslanuvchi bo‘lakdan so‘ng keladi . M : Egrilik insonni qabohatga yetaklaydi , to‘g‘rilik bo‘lsa uni saodatga boshlaydi . Yaxshilik qilmoqlik ulug‘ fazilatdir , buning qadriga yetmaslik esa illatdir .Uni tartibga chaqirib qo‘ying , bo‘lmasa ustidan arz qilaman . Aql – eskirmas kiyim , bilim esa tuganmas buloqdir .

Takrorlash uchun savol va topshiriqlar

1. Gap tuzilishiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi ?

2. Sodda va qo‘shma gap deb nimaga aytiladi ?

3. Qo‘shma gap qismlarini bog‘lovchi vositalar nimalardan iborat ?

4. Qo‘shma gaplar bog‘lovchi vositalariga ko‘ra necha turga bo‘linadi ?

5. Bog‘langan qo‘shma gap deb nimaga aytiladi va u necha turga bo‘linadi ?

6. Biriktiruv bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplarni tushuntirib bering .

7. Zidlov bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplar qanday bo‘ladi ?

8. Ayiruv bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplarga misollar keltiring .

Test savollari:

1.Qaysi qatorda qo‘shma gap berilmagan?

Inson tabiatining ikki asosiy Bisoti aql va fikrdir

Kimda vijdon bo‘lsa ishga kirishsin

S>Suqrotning donoligi shunda ediki,u bilmaganini bildim deb uylamasdi

D.Tafakkur buyuk fazilatdir va odamning donoligi haqiqatni aytishdadir

E.Bahor keldi

2.Bog‘lovchi yuklamali qo‘shma gap berilgan qatorni toping

A.Aqllilar ko‘p ,aqlishlatadiganlar kam B) dononi sharmanda qildim-ku diya

G‘ururga berilmish maqtanchoq nodon

S. Fanning iptidosi – aqil, aqilning iptidosi esa sabr-toqat.

D.Kitob, inson undan foydalana bilar ekan, beqiyos kuchdir.

3. Teng bog‘lavchilarning ma’no turlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni ko‘rsating.

6 ta В) 5 ta S. 3 ta D.2 ta

3. Qaysi qo‘shma gap tarkibida nisbiy so‘z qolgan?

Mana, bahor nishonasi hidla, sig‘ngandirsan.

Binafsha qo‘ldan qo‘lga o‘tdi.

S. Kech kirib, keluvchilarning oyoq’i uzulishi bilan, u ko‘chaga chiqdi.

D.Kimki ajdodlar yaratgan boyliklarini bilmasa, demak u nafosatdan bebahra yashagan.

4. Qanday xolatda qo‘shma gap oxiriga undov belgisi qo‘yiladi?

Qo‘shma gap tarkibidagi barcha gaplar undov gap bo;lganda.

B. Qo‘shma gap tarkibida undov ishtirok etsa.

Qo‘sgma gap bosh bo‘laklari undov bilan ifodalansa.

D. Qo‘ma gap tarkibidagi sodda gaplarning biri undov gap bo‘lsa.

5.Qanday gap ritorik so‘roq gap deyiladi.

So‘roq mazmunini bildirgan gap.

Mazmunidan tasduq, ma’lum xabar mazmunini anglashilib turadigan so‘roq gaplar.

So‘roq gaplar kuchli his-hayajon bilan aytilsa.

D.Gapning oxirida soroq belgisi ishlatiladigan gaplar.

6.Kenqaygan birikma nima?

Kesim, ega. To‘ldiruvchi, hol, aniqlovchi.

Kesim, ega, to‘ldiruvchi, aniqlovch, hol. D.Ega, hol, kesim

7. Murakkab qo‘shma gapni toping

Oqsoqol o‘tirdi, kotib unga choy uzatdi va o‘zi Xolmurod bergan qog‘ozni o‘qimoqchi bo‘ldi.

Kech kuz bo‘lishi bilan sovuq boshlabdi.

Bahor qushlari uchib kela boshladi.

Yangi maktab binosi qurilgach, barcha o‘quvchilar maktabga qatnay boshladi.

8.Nisbiy so‘zlar qatnashgan qatorni toping.

Ammo, lekin,biroq. В) Kim,qanday,sunday. С) Bahor,yoz,kuz,qish.

D)Havo,bulut,suv.

9.Usiubiy buyogi kuchli bo‘lgan bog‘lovchilarni ko‘rsating.

Ammo,lekin,biroq. B) Zero,zerki,zotan.

Chunki, shuning uchun. D) Ham-ham goh-goh.

10 .Qaysi qatorda gap berilmagan?

A. Opam ishdan tez qaytdilar va Biz xolamlarning uylariga bordik

B.Atrof yorishgach ,biz yo‘lga otlandik

S.Atrof yorishdi.va biz yo‘la otlandik

D.Qung‘iroq chalindi va mashg‘ulotlar boshlandi

E.To‘g‘ri javob yo‘q


MAVZU: Ergashgan qo‘shma gaplar.Ergashgan qo‘shma gaplarning sodda gaplar

bilan ma’nodoshligi.

MAQSAD: Kurs tinglovcilariga ergashgan qo‘shma gaplar, ergashgan qo‘shma gaplarning sodda gaplar bilan ma’nodoshligi haqida umumiy va chuqur ma’lumot berish ko‘zda tutiladi

KUTILADIGAN NATIJA: Kurs tinglovcilariga ergashgan qo‘shma gaplar, ergashgan qo‘shma gaplarning sodda gaplar bilan ma’nodoshligi haqida umumiy haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lishlari kerak.

Zarur jihozlar: gazeta, jurnal,yangi adabiyotlar , plakat va videoproyektor



mavzuning texnologik xaritasi

Fan: : O‘zbek tili grammatikasining nazariy masalalari

Mavzu: Ergashgan qo‘shma gaplar. Ergashgan qo‘shma gaplarning sodda gaplar bilan ma’nodoshligi.

Soatlar soni: 2 soat

Mavzuning qisqacha ta’rifi (Davlat talablariga asosida)

Bosh gapdan ifodalangan mazmunning sababi , maqsadi , sharti yoki qiyosini bildirgan ergash gaplar bosh gapga sabab (chunki , negaki ) , maqsad (toki ) , shart

( agar , agarda , maboda , basharti ) , qiyoslash –chog‘ishtiruv (go‘yo , xuddi , go‘yoki ) ergashtiruvchi bog‘lovchilari yordamida bog‘lanadi . Sabab , maqsad , qiyoslash -chog‘ishtiruv bog‘lovchilari ergash gap boshida qo‘llanadi va ergash gap bosh

gapdan so‘ng qo‘llanadi . Bunday vaqtda ergash gap bosh gapdan vergul bilan ajratiladi . M : Bu masalani sinfda muhokama qilamiz , toki boshqa qaytarilmasin .



Ular mening aytganimni qilishadi , chunki men oilaning kenjatoyiman


O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi

Metod: Og‘zaki bayon qilish, “Aqliy hujum” metodi, davra suhbati, o‘zaro tajriba almashish,

Vositalar (texnik va didaktik): tarqatma materiallar, savollar, prezentatsiya slaydlari, skoch, marker, flipchart, videoproektor.

Nazorat: Og‘zaki nazorat, o‘z-o‘zini nazorat qilish, savol javob.

Baholash: Rag‘batlantirish

Dars shakli : kichik ma’ruza, suhbat, savol-javob



Nazariy mashg‘ulotning maqsad va vazifalari:

Maqsad:
Kurs tinglovcilariga ergashgan qo‘shma gaplar, ergashgan qo‘shma gaplarning sodda gaplar bilan ma’nodoshligi haqida umumiy va chuqur ma’lumot berish ko‘zda tutiladi

Vazifalar:

Ta’limiy savol:

1. Bo‘lsa , esa so‘zlari yordamida bog‘langan qo‘shma gaplar orasida qanday

mazmun munosabati ifodalanadi ?

2 . Ergashgan qo‘shma gap deb nimaga aytiladi ?


Tarbiyaviy savol:

1. Bosh va ergash gapni izohlab bering .



Rivojlantiruvchi savol:

1. Ergash gapni bosh gapga bog‘lovchi vositalar nimalardan iborat?



Kutilayotgan natijalar:

Nazariy mashg‘ulot yakunida tinglovchi bilib oladi ( Bilim):

Bosh gapda ifodalangan mazmunning sababini bildiruvchi ergash gaplar bosh gapga shuning uchun , shu tufayli , shu sababli singari ko‘makchili qurilmalar vositasida bog‘lanadi . Ular bosh gap tarkibida keladi .



Qaysi savollar beriladi:

1. Ergashtiruvchi bog‘lovchilar yordamida ergashgan qo‘shma gaplarni tushuntiring .

2. Nisbiy so‘zlar yordamida bog‘langan qo‘shma gaplarga misollar keltiring .


Nazriy mashg‘ulot yakunida tinglovchi bilib oladi ( Ko‘nikma): Ergashgan qo‘shma gaplar - Qismlari ergashtiruvchi bog‘lovchilar yoki shunday bo‘glovchi vazifasidagi so‘zlar yordamida bog‘langan qo‘shma gaplar .

Bunday qo‘shma gap qismlari o‘zaro hokim-tobe munosabatda bo‘ladi . Ergashgan qo‘shma gaplar tarkibida nechta gap bo‘lishidan qat`i nazar , doimo ikki qismdan tashkil topadi



Qaysi savollar beriladi:

1. Ko‘makchili qurilma yordamida ergashgan qo‘shma gaplar tuzing



Amaliy mashg‘ulot yakunida tinglovchi bilib oladi ( Malaka):

Ergash gapning kesimi shart mayli shaklidagi fe`llar orqali ifodalanganda , shart mayli qo‘shimchasi ergash gapni bosh gapga bog‘lovchi vosita sanaladi . Bunday ergash gaplar bosh gapda ifodalangan mazmunning yuzaga chiqish yoki chiqmaslik shartini , paytini bildiradi Yozuvda ergash gap bosh gapdan vergul bilan ajratiladi .



Qanday topshiriqlar beriladi?

1. Deb so‘zi yordamida ergashgan qo‘shma gaplar orasida qanday mazmun munosabati ifodalanadi ?




Dars jarayoni va bosqichlari:

Ishning nomi

Bajariladigan ish mazmuni

metodi

Vaqt (daqiqa)

1-bosqich: tashkiliy qism.

Davomatni aniqlash

Xotira mashqi

5

2-bosqich: Refleksiya. Ehtiyojlarni aniqlash

Mavzu bo‘yicha savol-javob orqali tinglovchilarning ushbu mavzuga tayyorligi va ehtiyojlari aniqlanadi

savol-javob

10

3-bosqich:

Mavzu bayoni


Mavzuni reja asosida yoritish:

1.Ergashgan qo‘shma gaplar

2.Ergashtiruvchi bog‘lovchili ergashgan qo‘shma gaplar 3.Ko‘makchili qurilma yordamida ergashgan qo‘shma gaplar



Slaydlar asosida kichik ma’ruza.

Aqliy hujum

O‘zaro tajriba almashish

10

10



10

5


4-bosqich:

Mustahkamlash:


Kurs tinglovcilariga ergashgan qo‘shma gaplar, ergashgan qo‘shma gaplarning sodda gaplar bilan ma’nodoshligi haqida umumiy va chuqur ma’lumot berishda interfaol o‘yinlar va zamonaviy o‘qitish metodlardan foydalaniladi

Guruhlarda ishlash.

10

5-босқич: Baholash.

Dars yakuni

Xulosa (savol-javob, fikr mulohazalar va takliflar)



Guruhlarni baholash

Savol-javob



10
5

6-bosqich: Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar (uyga vazifa)

Mavzuga oid savollar Tegishli adabiyotlar tavsiya qilinadi.

Og‘zaki



5




Nazariy mashg‘ulotning borishi:

1-bosqich: O‘qituvchi mavzuni tanishtiradi. Mashg‘ulotga zarur bo‘lgan jihozlar bilan ta’minlash

2-bosqich: Tinglovchilarning mavzuga oid bilimlari va ehtyojlarini aniqlash maqsadida og‘zaki savol-javob o‘tkaziladi:

1. Bo‘lsa , esa so‘zlari yordamida bog‘langan qo‘shma gaplar orasida qanday

mazmun munosabati ifodalanadi ?

2 . Ergashgan qo‘shma gap deb nimaga aytiladi ?

3. Bosh va ergash gapni izohlab bering .

4. Ergash gapni bosh gapga bog‘lovchi vositalar nimalardan iborat ?


3-босқич. Mavzuni reja asosida yoritish:

Slaydlar yordamida kichik ma’ruza., o‘quvchilarning nutqini o‘stirishning eng muhim vazifalardan biri ekanligi. Pedagog faoliyati birinchi navbatda shaxs imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishdan iboratligi, uning bilim va malakalarini vatan ravnaqi va taraqqiyoti uchun yo‘naltirishga qaratilishi.

1.Ergashgan qo‘shma gaplar

2.Ergashtiruvchi bog‘lovchili ergashgan qo‘shma gaplar

3.Ko‘makchili qurilma yordamida ergashgan qo‘shma gaplar
4-bosqich: Mustahkamlash: Kurs tinglovcilariga ergashgan qo‘shma gaplar, ergashgan qo‘shma gaplarning sodda gaplar bilan ma’nodoshligi haqida umumiy va chuqur ma’lumot berishda interfaol o‘yinlar va zamonaviy o‘qitish metodlardan foydalaniladi

5-bosqich: Savol – javob asosida o‘qituvchining mavzuni mustahkamlash bo‘yicha xulosasi bayon qilinadi

6-bosqich: O‘qituvchi mashg‘ulot yakunida umumiy xulosalar bildiradi va adabiyotlar tavsiya qiladi.
Mavzu: Ergashgan qo‘shma gaplar
Ergashgan qo‘shma gaplar - Qismlari ergashtiruvchi bog‘lovchilar yoki shunday bo‘glovchi vazifasidagi so‘zlar yordamida bog‘langan qo‘shma gaplar .

Bunday qo‘shma gap qismlari o‘zaro hokim-tobe munosabatda bo‘ladi . Ergashgan qo‘shma gaplar tarkibida nechta gap bo‘lishidan qat`i nazar , doimo ikki qismdan tashkil topadi : 1) bosh gap 2) ergash gap .



Bosh gap – mazmuni izohlanayotgan gap . Ergash gap – bosh gapning mazmunini izohlab kelayotgan gap . Bu jihatdan ergashgan qo‘shma gaplar so‘z birikmalariga o‘xshab ketadi . So‘z birikmasining tarkibi ham doim ikki xil so‘zdan – hokim va tobe so‘zdan tashkil topadi . M: ulkan daraxt , sinfga kirmoq , sekin gapirmoq .

Bunda : ulkan , sinfga , sekinergash so‘z . Daraxt , kirmoq , gapirmoqhokim so‘z .

Ergashgan qo‘shma gaplar qolipi . - bosh gap - ergash gap

Bosh so‘z ergash so‘zdan oldin ham , keyin ham kelaverishi mumkin .



M: Shuni bilingki , bitta so‘zning tig‘i yuzta shamshirdan o‘tkirroqdir .

Bunda : Shuni bilingki – bosh gap .

Bitta so‘zning tig‘i yuzta shamshirdan o‘tkirroqdir – ergash gap .



Qolipi . –ki

Erta eksang , erta o‘rasan . Qolipi . –sa
Ergash gapni bosh gapga bog‘lovchi vositalar

Ergash gap bosh gapga quyidagi vositalar yordamida bog‘lanadi :

1) ergashtiruvchi bog‘lovchilar ; 2) ko‘makchili qurilmalar ;

3) yuklamalar (-ki ) 4) nisbiy so‘zlar (kim-o‘sha , nima-shu , qayer-shu yer )

5) deb so‘zi va boshqalar .
Ergashtiruvchi bog‘lovchili ergashgan qo‘shma gaplar

Bosh gapdan ifodalangan mazmunning sababi , maqsadi , sharti yoki qiyosini bildirgan ergash gaplar bosh gapga sabab (chunki , negaki ) , maqsad (toki ) , shart

( agar , agarda , maboda , basharti ) , qiyoslash –chog‘ishtiruv (go‘yo , xuddi , go‘yoki ) ergashtiruvchi bog‘lovchilari yordamida bog‘lanadi . Sabab , maqsad , qiyoslash -chog‘ishtiruv bog‘lovchilari ergash gap boshida qo‘llanadi va ergash gap bosh

gapdan so‘ng qo‘llanadi . Bunday vaqtda ergash gap bosh gapdan vergul bilan ajratiladi . M : Bu masalani sinfda muhokama qilamiz , toki boshqa qaytarilmasin .



Ular mening aytganimni qilishadi , chunki men oilaning kenjatoyiman .

Sinf jim-jit , go‘yo hamma yoqqa suv quygandek .

Shart bog‘lovchilari gap boshida keladi . Ergash gap kesimi esa shart maylidagi fe`llar bilan ifodalanadi . Bunday ergash gaplar bosh gapdan oldin keladi . Ko‘pincha shart bog‘lovchisi qo‘llanmasa ham , shart mayli shakli qo‘shma gap qismlarini bog‘layveradi . M: Agar boshingga qilich kelsa ham , to‘g‘ri gapir .

Agar Olloh oldida javobgar bo‘lsang , boshing , shaksiz , kesilgay .

Ona yurting omon bo‘lsa , rangi-ro‘ying somon bo‘lmas .

Ko‘makchili qurilma yordamida ergashgan qo‘shma gaplar
Bosh gapda ifodalangan mazmunning sababini bildiruvchi ergash gaplar bosh gapga shuning uchun , shu tufayli , shu sababli singari ko‘makchili qurilmalar vositasida bog‘lanadi . Ular bosh gap tarkibida keladi .

M: Yozi bilan tinimsiz mehnat qildik , shu sababli mo‘l hosil oldik .

Giyohvandlik –insoniyat kushandasi , shu tufayli dunyo unga qarshi kurashmoqda .

Ilmsiz inson - mevasiz daraxt , shuning uchun hamisha ilmlilar safida bo‘l .

Deb so‘zi yordamida ergashgan qo‘shma gaplar

Bosh gapda ifodalangan mazmunning maqsadini , sababini bildiruvchi ergash gaplar bosh gapga ko‘pincha deb so‘zi yordamida bog‘lanadi va ergash gaplarning kesimi



III shaxs buyruq mayli shaklidagi fe`llar bilan ifodalanadi . Bunday gaplar tarkibida deb so‘zi uchun ko‘makchisi bilan ma`nodosh sanaladi , shuning uchun bir-biri bilan erkin almasha oladi . Deb so‘zi aksar hollarda ergash gapning oxirida keladi va yozuvda undan keyin vergul qo‘yiladi . She`riy misralarda o‘rni almashishi ham mumkin . M : Yovlar yakson bo‘lsin deb (uchun) , Yigitlar jang boshladi .

O‘quvchilar o‘qisin deb , yangi kitoblar keltirdik .

Shu mo‘jaz uyimda yonsin deb chiroq , Ne aziz zotlarga yondoshdim gohi .

Sen otash ichida urasan javlon , Dushman qolmasin deb sevgan elimda .

Mehmonlar kelishdi deb, hamma ko‘chaga chiqdi .
Shart mayli vositasida ergashgan qo‘shma gaplar

Ergash gapning kesimi shart mayli shaklidagi fe`llar orqali ifodalanganda , shart mayli qo‘shimchasi ergash gapni bosh gapga bog‘lovchi vosita sanaladi . Bunday ergash gaplar bosh gapda ifodalangan mazmunning yuzaga chiqish yoki chiqmaslik shartini , paytini bildiradi Yozuvda ergash gap bosh gapdan vergul bilan ajratiladi .



M : Yerga mehring bersang , u senga rizq beradi .

Agar daraxt shoxlari yoz faslida sarg‘aysa , kuz erta keladi .

Qaldirg‘och pastlab uchsa , yog‘ingarchilik bo‘ladi .

Mehmon kelsa eshikdan , rizqi kelar teshikdan .
Ko‘rsatish olmoshili ergashgan qo‘shma gaplar

Bosh gap tarkibidagi ko‘rsatish olmoshi ma`nosini izohlash uchun qo‘llangan ergash gaplar bosh gapga – ki yuklamasi yordamida bog‘lanadi . Bu yuklama bosh

gap kesimi tarkibida bo‘ladi va ergash gap bosh gapdan vergul bilan ajratiladi .

M : Shunday odamlar borki , ular bilan gaplashib bahra olasan .

Shunday yashangki , hamma havas qilsin . Baxtim borki , seni uchratdim .

Bunday gaplarda ba`zan izohlanayotgan bo‘lak (ko‘rsatish olmoshili ) qo‘llanmasligi ham mumkin , ammo uning o‘rni bilinib turadi .



M : (Shunday )odam borki , hayvon undan yaxshidir .

Men (shunga ) aminmanki , sen buni uddalaysan .
Nisbiy so‘zli ergashgan qo‘shma gaplar

Ergash gap tarkibida qo‘llanuvchi kim , nima , qancha , qanchalik , qanday , qayer

kabi so‘roq olmoshlari va bosh gap tarkibida unga javob bo‘lib keluvchi shu , o‘sha , shuncha , shunchalik , shunday kabi olmoshlar bir-biriga nisbatan qo‘llanganligi , biri ikkinchisini taqozo etganligi uchun nisbiy so‘zlar hisoblanadi . Bunda ergash gapning kesimi shart mayli shaklidagi (-sa ) fe`llar bilan ifodalanadi .

M : Kim harakat qilsa , u baraka topadi .

Kim chaqqon va tez harakat qilsa , yutuq o‘shaniqi bo‘ladi .

Nimaiki senga zarar keltirsa , o‘sh narsani boshqalarga ham ravo ko‘rma .

Qaysi narsaga o‘z mehnating bilan erishsang , o‘sha narsa sen uchun qadrlidir .

Odamlarga qanchalik yaxshilik qilsang , el seni shunchalik e`zozlaydi .
Ergashgan qo‘shma gaplarning sodda gap bilan ma`nodoshligi

Tarkibida ko‘rsatish olmoshi mavjud bo‘lgan ergashgan qo‘shma gaplar tegishli sodda gaplar bilan ma`nodosh bo‘la oladi . Ergash gapni bosh gap tarkibida tegishli ko‘rsatish olmoshi bilan ifodalangan gap bo‘lagi o‘rniga qo‘yish orqali sodda gapga aylantirish mumkin .



M : Kim ko‘p o‘qisa , u ko‘p biladi .- Ko‘p o‘qigan ko‘p biladi .

Shuni sezdimki , oilaa`zolari bir-biri bilan ittifoq ekan .- Oila-a`zolari bir-biri

bilan ittifoq ekanligini sezdim .

Qo‘shma gaplar sodda gaplar bilan ma`nodoshligiga ko‘ra quyidagi turlarga

bo‘linadi : 1. Kesim ergash gapli qo‘shma gaplar .

2. Ega ergash gapli qo‘shma gaplar .

3. Hol ergash gapli qo‘shma gaplar .

4. To‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gaplar .

5. Aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gaplar .

Takrorlash uchun savol va topshiriqlar

1. Bo‘lsa , esa so‘zlari yordamida bog‘langan qo‘shma gaplar orasida qanday

mazmun munosabati ifodalanadi ?

2 . Ergashgan qo‘shma gap deb nimaga aytiladi ?

3. Bosh va ergash gapni izohlab bering .

4. Ergash gapni bosh gapga bog‘lovchi vositalar nimalardan iborat ?

5. Ergashtiruvchi bog‘lovchilar yordamida ergashgan qo‘shma gaplarni tushuntiring .

6. Nisbiy so‘zlar yordamida bog‘langan qo‘shma gaplarga misollar keltiring .

7. Ko‘makchili qurilma yordamida ergashgan qo‘shma gaplar tuzing .

8. Deb so‘zi yordamida ergashgan qo‘shma gaplar orasida qanday mazmun

munosabati ifodalanadi ?

Test savollari:

1.Bir turdagi Bog‘lovchilar berilgan qatorni toping

sababli, natijada,va,lekin B) ammo,biroq ,balki agar

va,ham,ammo,lekin D) yoki,zeroki, chunki,-ki

E) Barcha javob to‘g‘i

2.Qaysi gapda ega sifat bilan ifodalangan

A.undan yoqimli va shirin hid kelardi

B.Iste`dodli adib ko‘p nasriy va dramatik asarlar yozdi

S,Soddalik kamtarlik alomati

.D.Ubiz bilan ketishi lozim

E.Bahor keldi

3.Egasi yashiringan gap berilgan qatorni toping

Bugun biznikida qolsangiz bulardi

Boshqalar ham xayrlashib chiqib ketishdi

Bunday unvonlar bekorga berilmaydi, albatta

Tekslik ufq bilan tutashgan joyda bir suruv qo‘y elas-elas ko‘zga tashlanadi

Ufq Qizardi

4.Ikkinchi darajali bulagi uyushgan gapni aniqlang

A.Birni birov berald,ko‘pni mehnat

B.Butun zamin larzaga keldi

S .Ilk bahor Shamollari yoqimli esadi

D.Saida goh afsuslanib ,goh kuyunib gapirdi

E.Quyosh chiqdi

5.Kengaygan ega ishtirok etgan gapni toping

A .ko‘chat ekish oyligi bahorda o‘tkaziladi

B.Ilmli bir yashar ,ilmsiz ming

S.A`lo o‘qish asosiy maqsadimiz

D.Yalqov bilan anqov Dushman uchun katta ov

E.Gullar ochildi

6.Bog‘lovchi yuklamalardan iborat qatorni toping

A.-kim,-agar,chunki, basharti, shuning ucun

B shuning uchun natijada,va,lekin

S.-mi,-yu,-ku,-da

D.sari-dek,-gacha.-toki

E.va.lekin

7.Ma`no jihatdan birikkan so‘z birikmalari ni toping

A.Moviy osmon,zuhro yulduzi

B.Tog‘ cho‘qqisi ,kitob o‘qimoq

S.Yoqimli ko‘y,dala yumushlari

D.A`lochi o‘quvchilar ,kitobsevarlar uyushmasi

E.uyning kattasi

8.Matnda qo‘llangan qo‘shma gapning turini toping

.Aql faqat insongagina xos bo‘lgan to‘g‘ma quvvat,ruhiy kuch, bilan bog‘liqdir.

A.Ergashtiruvchi bog‘lovchi

B.Teng bog‘lovch

S.Bog‘lovchi yuklamalar

D.nisbiy so‘zlar

E.Barcha javob to‘g‘ri

9.Qo‘shma gap berilgan qatorni toping

A.Biz ziyoli va madaniyatli bo‘lamiz

B.Biz ziyoli bo‘lamiz ,madaniyatli bo‘lamiz

Selbekni tanlovda bo‘lgani hammamizni xursand qildi

D.Izg‘irindan ko‘zlar yoshlanib,oyoq ostida qor garchillaydi

E.Barcha javob to‘g‘ri

10.Sodda gapni toping

A.Inson tabiatining ikki asosiy bisoti aql va fikrdir

B.Kimda vijdon bo‘lsa tezda ishga kirishsin

S.Suqrotning donoligi shunda ediki ,u bilmaganini bildim deb uylamadi

D.Tafakkur buyuk fazilatdir,va odamning donoligi haqiqatni aytishdadir

E.Bahor kelib gullar ochildi


Download 201,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish