Mavzu: Bir bosh bo‘lakli gaplar



Download 0.57 Mb.
bet5/5
Sana08.09.2017
Hajmi0.57 Mb.
1   2   3   4   5

M : Shuni anglamoq kerakki , ota-ona uchun farzanddan ko‘ra yaqinroq kimsa yo‘q .

(Nimani anglamoq kerak ? ) – Farzand uchun ota-onadan yaqinroq kimsa

yo‘qligini anglamoq kerak . (sodda gapga aylangan shakli )

Eslab qoling . Ba`zan bosh gapning to‘ldiruvchisi vazifasidagi ko‘rsatish olmoshi qo‘llanmasligi mumkin , ammo uning o‘rni bilinib turadi .

M : Bilingki (nimani ?) , jim turib salomat bo‘lish gapirib malomatga qolishdan afzal .

Aminmanki (nimaga?) , siz ,albatta , ulgurasiz .

Test savollari:


1. Hajmi va qofiyalanish tartibi bir xil bo‘lgan ikki janrni ko‘rsating

**Tuyuq, ruboiy B. Qit’a, chiston C. Ruboiy, qit’a D.Ruboiy, chiston

2. Mumtoz lirikaning masnaviy shaklida yozilgan asarni belgilang.

*A. *“Hayrat ul- abror” asariB. “Boburnoma” asariC. “Layli - majnun” asariD. “Sayohatnoma” asari

A.*18 asr Buxoroda yuz bergan voqealar tafsiloti B. 15 asr temuriylar ixtilofiC. 19 asr

Buxoro va Qo‘qon xonliklari o‘rtasidagi ziddiyatlar D. 16 asr Feruz xonligi

3. Qaysi vositalar gramatik ma’no ifodalovchi hisoblanmaydi.

A)so‘z yasovchi qo‘shimchalar *B)shakl yasovchi qo‘shimchalar

C)so‘z o‘zgartiruvchi qo‘shimchalar D)takrorlar

4. Shoirlar hayoti, ularning asarlaridan qisqacha namuna va tahlillar berilgan asarlar qanday nomlanadi?

А) Jangnoma *В)Tazkira С)Musamman Д)Xotiranoma

5.Omonim so‘zlar qaysi qatorda qo‘llangan.

A)sovuq, bosh, oltinB)yordam, ko‘mak, madad

*C)yosh, zang, tupD)qiziqmoq, bog‘lamoq, qutqarmoq

6.1 .1)parvoyi falak;2)dunyoni suv bossa,to‘piqiga chiqmas;3) oshig‘I olchi; 4)do‘ppisi yarimiga .Ushbu iboralardan qaysi birlari o‘zaro sinonim bo‘la oladi?

A)1,2,3,4B)1,2,3C)2,3,4*D) 1,2

7.Sodda gapni aniqlang

A.Opam ishdan tez qaytdilar va biz xolamlarning uylariga bordik

*B.Atrof yorishgach biz yo‘lga otlandik

C.Atrof yorishdi va biz yo‘lga otlandik

D.Qong‘iroq chalindi va mashg‘ulotlar boshlandi

8. H tovushning paydo bo‘lish o‘rni ko‘rsatilgan qatorni aniqlang.

A)labdaB)til oldida*C)bo‘g‘izdaD)Burunda

9.Аdabiy tilning qanday shakllari bor?

А) faqat og‘zaki adabiy til.*B) og‘zaki adabiy til va yozma adabiy til.

С) faqat yozma adabiy til. D) mahalliy so̒zlashuv tili, o̒g‘zaki аdabiy til.

10.Хаlk shevalarining qanday shakli mavjud?

*А)faqat og‘zaki shakli. В)faqat yozma shakli.

С)faqat adabiy til shakli. D)umumxalk tili va adabiy tili shakli.

MAVZU:Aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gaplar 2 soat

MAQSAD: Kurs tinglovcilariga aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gaplar haqida umumiy va chuqur ma’lumot berish ko‘zda tutiladi .

KUTILADIGAN NATIJA: Kurs tinglovcilariga aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gaplar haqida umumiy ma’lumotlarga ega bo‘lishlari kerak.

Zarur jihozlar: gazeta, jurnal,yangi adabiyotlar , plakat va videoproyektor



Mavzuning texnologik xaritasi

Fan: O‘zbek tili grammatikasining nazariy masalalari

Mavzu: Aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gaplar

Soatlar soni: 2 soat

Mavzuning qisqacha ta’rifi (Davlat talablariga asosida)

Aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gaplar– bosh gap tarkibida aniqlovchi

vazifasida kelgan ko‘rsatish olmoshining ma`nosini izohlab keluvchi ergash gaplar .

Aniqlovchi ergash gaplar bosh gapga nisbiy so‘zlar yoki bosh gap kesimi tarkibida qo‘llanuvchi –ki yuklamasi yordamida bog‘lanadi . Nisbiy so‘zlar yordamida bog‘langan aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gaplarda ergash gap oldin , bosh gap keyin keladi .



O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi

Metod: Og‘zaki bayon qilish, “Aqliy hujum” metodi, davra suhbati, o‘zaro tajriba almashish,

Vositalar (texnik va didaktik): tarqatma materiallar, savollar, prezentatsiya slaydlari, skoch, marker, flipchart, videoproektor.

Nazorat: Og‘zaki nazorat, o‘z-o‘zini nazorat qilish, savol javob.

Baholash: Rag‘batlantirish

Dars shakli : kichik ma’ruza, suhbat, savol-javob



Nazariy mashg‘ulotning maqsad va vazifalari:

Maqsad:
Kurs tinglovcilariga aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gaplar haqida umumiy va chuqur ma’lumot berish ko‘zda tutiladi

Vazifalar:

Ta’limiy savol:

1.Aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gaplarning o‘quvchilarning nutq madaniyatini shakllantirishdagi ahamiyati.



Kutilayotgan natijalar:

Nazariy mashg‘ulot yakunida tinglovchi bilib oladi ( Bilim):

Aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gaplar– bosh gap tarkibida aniqlovchi

vazifasida kelgan ko‘rsatish olmoshining ma`nosini izohlab keluvchi ergash gaplar .

Aniqlovchi ergash gaplar bosh gapga nisbiy so‘zlar yoki bosh gap kesimi tarkibida qo‘llanuvchi –ki yuklamasi yordamida bog‘lanadi . Nisbiy so‘zlar yordamida bog‘langan aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gaplarda ergash gap oldin , bosh gap keyin keladi .



Qaysi savollar beriladi:

1.Ona tili o‘qitishning eng muhim vazifalari?

2. Nisbiy so‘zlar yordamida bog‘langan aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gaplarda ergash gap qay tartbda joylashadi?


Nazriy mashg‘ulot yakunida tinglovchi bilib oladi ( Ko‘nikma): Aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gaplar– bosh gap tarkibida aniqlovchi

vazifasida kelgan ko‘rsatish olmoshining ma`nosini izohlab keluvchi ergash gaplar .

Aniqlovchi ergash gaplar bosh gapga nisbiy so‘zlar yoki bosh gap kesimi tarkibida qo‘llanuvchi –ki yuklamasi yordamida bog‘lanadi .


Qaysi savollar beriladi:

1. Aniqlovchi ergash gaplar bosh gapga nisbiy so‘zlar yoki bosh gap kesimi tarkibida qo‘llanuvchi –ki yuklamasi yordamida bog‘lanishi to‘g‘risida tarqatmalardagi savollarga javob berishadi?


Amaliy mashg‘ulot yakunida tinglovchi bilib oladi ( Malaka):

M : Shunday odamlar borki , kelajakni oldindan bashorat qila oladilar . (Qanday ? ) – Kelajakni oldindan bashorat qila oladigan odamlar bor. (Sodda gapga aylangan

shakli ).

Qanday topshiriqlar beriladi?

1. Aniqlovchi ergash gaplarni sodda gaplarga aylantirish bo‘yicha topshiriqlar beriladi?



Dars jarayoni va bosqichlari:

Ishning nomi

Bajariladigan ish mazmuni

metodi

Vaqt (daqiqa)

1-bosqich: tashkiliy qism.

Davomatni aniqlash

Xotira mashqi

5

2-bosqich: Refleksiya. Ehtiyojlarni aniqlash

Mavzu bo‘yicha savol-javob orqali tinglovchilarning ushbu mavzuga tayyorligi va ehtiyojlari aniqlanadi

savol-javob

10

3-bosqich:

Mavzu bayoni


Mavzuni reja asosida yoritish:

1.Aniqlovchi ergash gaplar haqida.

2. Aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gaplarning ko‘rsatish olmoshining ma`nosini izohlashi


Slaydlar asosida kichik ma’ruza.

Aqliy hujum

O‘zaro tajriba almashish

10

10



10

5


4-bosqich:

Mustahkamlash:


Kurs tinglovcilariga aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gaplar haqida umumiy va chuqur ma’lumot berishda interfaol o‘yinlar va zamonaviy o‘qitish metodlardan foydalaniladi

Guruhlarda ishlash.

10

5-босқич: Baholash.

Dars yakuni

Xulosa (savol-javob, fikr mulohazalar va takliflar)



Guruhlarni baholash

Savol-javob



10
5

6-bosqich: Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar (uyga vazifa)

Mavzuga oid savollar

Tegishli adabiyotlar tavsiya qilinadi.



Og‘zaki



5




Nazariy mashg‘ulotning borishi:

1-bosqich: Xotira mashqi orqali tinglovchilar bilan tanishish. O‘qituvchi mavzuni tanishtiradi. Mashg‘ulotga zarur bo‘lgan jihozlar bilan ta’minlash

2-bosqich: Tinglovchilarning mavzuga oid bilimlari va ehtyojlarini aniqlash maqsadida og‘zaki savol-javob o‘tkaziladi:

3-босқич. Mavzuni reja asosida yoritish:

Slaydlar yordamida kichik ma’ruza., o‘quvchilarning nutqini o‘stirishning eng muhim vazifalardan biri ekanligi. Pedagog faoliyati birinchi navbatda shaxs imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishdan iboratligi, uning bilim va malakalarini vatan ravnaqi va taraqqiyoti uchun yo‘naltirishga qaratilishi.



4-bosqich: Mustahkamlash: Kurs tinglovcilariga aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gaplar haqida umumiy va chuqur ma’lumot berishda interfaol o‘yinlar va zamonaviy o‘qitish metodlardan foydalaniladi

5-bosqich: Savol – javob asosida o‘qituvchining mavzuni mustahkamlash bo‘yicha xulosasi bayon qilinadi

6-bosqich: O‘qituvchi mashg‘ulot yakunida umumiy xulosalar bildiradi va adabiyotlar tavsiya qiladi.
Reja :

1.Aniqlovchi ergash gaplar haqida.

2. Aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gaplarning ko‘rsatish olmoshining ma`nosini izohlashi.
Aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gaplar– bosh gap tarkibida aniqlovchi vazifasida kelgan ko‘rsatish olmoshining ma`nosini izohlab keluvchi ergash gaplar .

Aniqlovchi ergash gaplar bosh gapga nisbiy so‘zlar yoki bosh gap kesimi tarkibida qo‘llanuvchi –ki yuklamasi yordamida bog‘lanadi . Nisbiy so‘zlar yordamida bog‘langan aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gaplarda ergash gap oldin , bosh gap keyin keladi .

ki yuklamasi bilan bog‘langanda esa bosh gap oldin keladi .

M : Shunday odamlar borki , kelajakni oldindan bashorat qila oladilar . (Qanday ? ) – Kelajakni oldindan bashorat qila oladigan odamlar bor. (Sodda gapga aylangan

shakli ). Sevgi shunday navbahorki , u tikondan gul qilur . (Qanday ?) – Sevgi tikondan gul qiladigan navbahordir . (Sodda gapga aylangan shakli ) .

Yuqoridagi gaplarning qolipi .

Kim birovlarga yaxshilik qilsa , uning obro‘yi baland bo‘ladi . (Kimning obro‘yi baland bo‘ladi ? ) - Boshqalarga yaxshilik qilganning obro‘yi baland bo‘ladi .

(Sodda gapga aylangan shakli ) .

Kimning quroli bilim bo‘lsa , uning kelajagi porloq . (Kimning kelajagi porloq ? ) – Quroli bilim bo‘lganning kelajagi porloq .- Sodda gapga aylangan shakli .

Bu gaplarning qolipi .

Test savollari:

1. Quyidagi gaplardan ilmiy uslubga tegishlisini belgilang.

A)Qani endi, barchasi ham senga o‘xshasa.

B)Mayin shamol daraxt yaproqlarini asta tortqilaydi.

C)Mushfiq onaning hasratlari bir dunyo edi.

*D)Yonishning tashqi belgisi issiqliq va yorug‘lik chiqishidir.

2. O‘tmishni eslay olmaslik uchun insonni xotirasidan umrbod mahrum qilishdek qabih jinoyatga qo‘l urish haqida qaysi asarda hikoya qilinadi

*A) Chingiz Aytmatov “Asrga tatigulik kun” B) Robindranat Thokur “Nur va soyalar”

C) Aziz Nesin “Dahshatli tush”D) Odil Yoqubov “Ulug‘bek xazinasi”

3. Hаyotimizda adabiy tilning mavqei, ta’siri kuchayib borgan sari sheva so̒zlarining qo̒llanish doirasi qanday bo̒ladi?

А) sheva sozlarinig qo̒llanish doirasi kengayadi.

В) sheva so̒zlarining adabiy tilga o̒zlashishi kuchayadi.

С) sheva so̒zlarining qo̒llanish doirasi zaiflashadi.

*D) С ва D

4.Eskirgan so̒zlar berilgan qatorni aniqlang?

А) maxsido̒zlik, etikdo̒zlik, nosvoy *В)saxxovlik, bazzozlik, sarroflik

С) chinnifurushlik, аttorlik, namat D) kulolchilik, chegarachilik

5. Kelishik qo̒shimchasi o̒rnida ko̒makchi qo̒llanishi mumkin bo̒lgan qatorni toping?

А) Saida kulib yubormaslik uchun labini tishladi.

*В) Radiodan sening quvnoq ovozingni hamma eshitdi.

С)Меhnat, kitob, do̒stlik haqida suhbat qizg‘in davom etdi.

D) Do̒stinig holatini diqqat bilan kuzatib turgan Xotam sekin kuldi.

6.Teng bog‘lovchilar berilgan qatorni toping

A.sababli,natijada,va lekinB.ammo,biroq balki, agar

*C.va,ham,ammo,lekinD.yoki,zeroki,chunki,-ki

7. Qaysi qatorda ibora qo̒llanmagan?

А) Мing xil masala bosh qotirishga to̒g‘ri keladi.В) Теpа sochi tikka bo̒ldi.

С)Hаmmamiz bir yoqadan bosh chiqaraylik.*D) O̒rmon malikasi- аrchani ehtiyot qiling.

8. Qaysi qatordagi frazeologizmlar hayratlanish ma’nosini bildiradi?

*А) yoqasini ushlamoq, og‘zi ochilib qolmoq В) o̒zini qo̒ygani joy topa olmaslik, yuragiga g‘ulg‘ula tushmoq

С) oyoq osti qilmoq, mayna qilmoq D) Ko̒ziga qon to̒lmoq, ko̒zining paxtasi chiqmoq

9. Nutqning ta’sirchanligini oshiruvchi tasviriy ifodalar asosan qaysi so̒z turkumlari doirasida keng qo̒llaniladi?

*A)ot B)sifat C)ravish D)son

10.Qo‘shimchasi faqat o‘zakka qo‘shilgan so‘zlar qatorini toping.

A) Bog', bog'da, bog'bonga; *B) Bog'dorlar, bog'dorchilik;

C) Bog'im, bog'larim, bog'cha; D) Bog'lar, bog'dorlar, bog'imiz;
Mavzu: Murakkab qo‘shma gap

Maqsad: Murakkab qo‘shma gap turlari,murakkab qo‘shma gaplarning bog‘langan, bog‘lovchisiz va ergashgan qo‘shma gaplardan farqli xususiyatlari va murakkab qo‘shma gaplarda tinish belgilarining ishlatilishi yuzasidan bilim, malaka va ko‘nikmalarni hosil qilish.

Dars tipi : Yangi bilim berish tipidagi dars.

Dars metodi : O‘qituvchi bayoni, suhbat, ”Venn diagrammasi”, “Klaster” metodlari.

Dars jihozi : Ko‘rgazmali qurollar, vatman qog‘oz, BBB jadvali, marker.

Darsni tashkil qilish. Darsning borishi.

Reja:

1. Murakkab qo‘shma gapning grammatik xususiyatlari.

2.Murakkab qo‘shma gap turlari.

3.Aralash turdagi murakkab qo‘shma gaplar.

Nutqimizda kamida uchta sodda gapning bog‘lanishidan tuzilgan qo‘shma gaplar ham mavjud. Maktab darsligida ularga quyidagicha ta’rif beriladi: “Uch va undan ortiq sodda gaplarning birikishidan tarkib topgan gaplar murakkab qo‘shma gaplar deyiladi”.

Qo‘shma gaplar quyidagi turlarga bo‘linadi:



  1. Bog‘lanish yo‘li bilan tuzilgan murakkab qo‘shma gaplar, ya’ni tarkibidagi sodda gaplar teng bog‘ovchilr yoki shu bog‘lovchilar vazifasidagi yuklamalar yordamida bog‘langan qo‘shma gaplar:Hamma keldi-yu, Sattor kechikayotgan edi, lekin biz ishni boshlashga qaror qildik.

Tenglanish yo‘li bilan tuzilgan murakkab qo‘shma gap komponentlari kesimlarining shakllanishida ikki holat kuzatiladi:

  • Komponentlar kesimlarining hammasi ba’zan to‘la shakllanmaydi, shaxs-son va zamon ko‘rsatuvchi element bog‘lama oxirgi gapning kesimida qo‘llanadi va bu kesimlarning hammasiga tegishli bo‘ladi: Misol: Luqmonchaning yonoqlari sariq, lablari qoramtir, ko‘zlari katta-katta, lekin nursiz va xira edi.

  • Oldingi komponentlarda bog‘lamagina emas, kesimlar yoki uning biror qismi qo‘llanmasligi mumkin, bunda ham oxirgi gapning kesimi oldingi gaplar uchun umumiy bo‘ladi: Misol: Shijoatli va kuchli botirlar –urushda; xotin va farzandlar – kambag‘allikda, do‘st va birodarlar boshga kulfat tushganda taniladilar.

  • Birdan ortiq ergash gaplarning bir bosh gap bilan yuirikishidan tashkil topgan sintaktik konstruktsiyalar ergashish yo‘li bilan tuzilgan murakkab qo‘shma gap deyiladi: Misol: Zargarovning gaplari unga uncha maqtov bo‘lib tushmasa ham, ayrim iboralari o‘ziga tegib-tegib ketayotgan bo‘lsa ham, Haydarov notiqqa xavotirli bir qiziqish bilan quloq soldi.

  1. Ergashish yo‘li bilan tuzilgan murakkab qo‘shma gaplar

1) birgalik ergashish; 2) ketma ket ergashish

  • Ergash gaplar bosh gapga alohida alohida (mustaqil) bog‘lansa, birgalik ergashish deyiladi. Birgalik ergashish yo‘li bilan tuzilgan murakkab qo‘shma gaplarda ergash gaplar bir xil turda va har xil turdagi ergash gaplardan tuziladi.

  • Birgalik ergashishda ergash gaplarning quyidagi turlari uyushib keladi:

  • Ega ergash gap: Kimki o‘z vatanini sevsa, kimki xalqi uchun jonini fido qilsa, u qahramon bo‘ladi.

  • Kesim ergash gaplar uyushadi: Tilagim sho‘qi, biringiz olim bo‘lib, tarix yozing, biringiz shoir bo‘lib, yurtni kuylang.

  • Aniqlovchi ergash gap uyushadi: Sen butun imkoniyat va qobiliyatingni ishga solib, shunday bir kitob yozki, unda ham jiddiy va hazil mutoyiba so‘zlar, ham hikmat va falsafaga doir fikrlar mujassamlashgan bo‘lsin, aqlli odamlar undan ham hikmat darsi olsinlar, ham kulgidan o‘zlarini to‘xtata olmasinlar.

  • To‘ldiruvchi ergash gaplar uyushadi: Har holda shuni bilishing kerakki, daraxtni kessalar, uning ildizidan bir shoxcha ko‘karib, uning o‘rnini bosadi, qilich va o‘q yarasi bitib ketadi, lekin til yarasi hech vaqt tuzalmaydi.

Ravish ergash gap uyushadi: Qorni ochib, kuchi qochib, keladi bo‘ri.

  • O‘lchov daraja ergash gap uyushadi: O‘tirishimiz qanchalik sodda, dasturxon qanchalik faqirona bo‘lsa, suhbatimiz shunchalik samimiy va shirin bo‘ladi.

Chog‘ishtirish o‘xshatish ergash gaplar uyushadi: Quyosh tabiatga jon kiritganidek, yer insonga rizqu- ro‘z berganidek, ona ham o‘z farzandiga qalb qo‘rini, mehrini baxshida qiladi.

Sabab ergash gap uyushadi: Men bu masalani shuning uchun keltirdimki, hech vaqt dushmanni mensimaslik kerak emas, birinchi bo‘lib urush boshlash aqlli kishining ishi emas.

  • Maqsad ergash gap uyushadi: Yurtimiz obod bo‘lsin deb, xalqimiz shoyi kiysin deb, tut ko‘chati ekamiz.

  • Ergashish yo‘li bilan tuzilgan murakkab qo‘shma gaplar ketma ket ergashadi.

  • Misol: Yozning kuchi ketib, havo biroz salqinlangan bo‘lsa ham, shamolsiz kunlarda quyosh tik kelgach, hali kishining boshidan olov quygan kabi kuydirar edi.

  1. Bog‘lovchisiz tuzilgan murakkab qo‘shma gaplar, ya’ni tarkibidagi sodda gaplar maxsus bog‘lovchi vositalarsiz, faqat ohang yordamida bog‘langan murakkab qo‘shma gaplar: Nonlar yopildi, qo‘ylar so‘yildi, o‘choqlarga o‘t yoqildi.

  2. Aralash murakkab qo‘shma gaplar.

Birdan ortiq ergash gap bir bosh gapga tobelanib kelsa, bir necha ergash gapli qo‘shma gap deyiladi. Bunday gaplar tarkibidagi ergash gaplar bosh gapdan, shuning bir-biridan vergul bilan ajratiladi: Tomosha zaliga kirganimda, chiroq o‘chib, parda projektor nurida porlab turardi.



Bu gaplardagi ergash gaplar bosh gapga quyidagicha bog‘lanadi:

1.To‘g‘ridan-to‘g‘ri ergashish (birgalik ergashish). Ergash gaplarning har biri to‘g‘ridan-to‘g‘ri bosh gapga bog‘lansa, birgalik ergashish deyiladi.Bunday gaplardagi ergash gaplar :

1) bir xil ergash gaplar (uyushgan bo‘ladi): Mana bu kanal bitsa, yangi yer ochilsa, paxta ham ko‘payadi.

2) har xil ergash gaplar (uyushmagan) bo‘ladi: Bordi-yu, rost bo‘lsa, hammasi emas, yarim rost bo‘lganda ham, juda xunuk gap-ku.

2.Ketma-ket ergashish. Har bir ergash gap to‘g‘ridan-to‘g‘ri bosh gapga bog‘lanmasdan, biri ikkinchisiga ketma-ket bog‘lansa, ketma-ket ergashish deyiladi.Bunday gaplar tarkibida turli xil ergash gaplar qatnashadi: Bahorda havo noqulay kelib, go‘zaning parvarishi kechikkan bo‘lsa ham, hosil mo‘l bo‘ladi.

Bir necha bosh gapli murakkab qo‘shma gaplar tarkibida ikki va undan ortiq bosh gap mavjud bo‘ladi.Tog‘ va osmon shunday tiniqki, nafas olish shunday yengilki, keksa odam ham bu yerda musaffo bolalik yillarini eslaydi.



Aralash murakkab qo‘shma gaplar. Tarkibida ham ergashgan qo‘shma gap, ham bog‘langan qo‘shma gap yoki bog‘lovchisiz qo‘shma gap ishtirok etgan gaplar aralash turdagi qo‘shma gaplar deyiladi. Bunday qo‘shma gaplar to‘rt va undan ortiq sodda gaplardan tashkil topadi: Eshik ochildi, shuning uchun hamma qayrilib qaradi, lekin hech kim kirmadi; sovuq havo xonani qopladi.

Qismlar uyushgan murakkab qo‘shma gaplar. Bunday gaplar tarkibida uchta va undan ortiq sodda gap o‘zaro bog‘lovchi vositalarsiz, faqat ohang yordamida bog‘langan bo‘ladi:Bu sahroda maysalar ham, chechaklar ham yo‘q, qushlar, bulbullar ham sayramaydi, buloqlar qaynab toshmaydi.

Savol va topshiriqlar:

1.Murakkab qo‘shma gaplarnig grammatik xususiyatlarini izohlang.

2.Bir necha bosh gapli murakkab qo‘shma gaplarni izohlang.

3.Bir necha ergash gapli murakkab qo‘shma gaplarni misollar orqali izohlang.



Aralash murakkab qo‘shma gaplarga misollar keltiring.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa