5.16-rasm
Gamair preparati
- uning asosiy xususiyatlari bakterial
tabiatga ega bo‘lgan o‘simlik kasalliklari – pomidor raki,
ildizning yumshoq chirishi, poya o‘zagi nekrozi, shunindek
zamburug‘ tabiatli kasallik qo‘zg‘atuvchilari (un shudring,
kulrang chirish va h.k.) ni rivojlanishini to‘xtatish va bartaraf
etishga sababchi bo‘lishi bilan belgilanadi. U o‘simliklarga
nisbatan stimulyatorlik xususiyatiga ega bo‘lib, 20-35%
qo‘shimcha hosil olish imkonini beradi va uning o‘simlik
kasalliklariga nisbatan biologik faolligi-50-80% ni tashkil
etadi.
5.17 -rasm
Kompleks ta’sir – biostimullovchi va fungitsid
ta’sir spektrga ega mikroorganizmlarga Rossiyada
ishlab chiqarilayotgan
Psevdobakterin, Baykal,
Bamil, Bioenergiya, Kyussey –EM, Rizoplan,
Kremnebakterin
preparatlarini misol qilb keltirish
mukin.
SHuningdek,
o‘simliklar
uchun
mo‘ljallangan yashil suvo‘tlari – xlorella va
ssenodesmusga qo‘shimcha ravishda pistiya va
xara
suvo‘tlarining 12-14:4-1:1-3 nisbatdagi
suspenziyasidan iborat kompleks bioo‘g‘itini misol
keltirish mumkin. Bioo‘g‘it mineral o‘g‘itlarning
ma’lum darajada tejaydi hamda ekologik va
iqtisodiy jihatdan yuqori samarodorlikka ega.
Umuman olganda, rizobakteriyalar asosidagi biopreparatlardan foydalanish organik
dehqonchilik tizimi oldida turgan dolzarb masalalardan biri hisoblanib, uning istiqbolli ekanligi
nuqtai nazaridan chuqur ilmiy tadqiqotlarni talab etadi.
O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan mikrobiologik preparatlar
Mamlakatimizda mikrobiologik o‘g‘itlardan sanoat miqyosida ishlab chiqarishni yo‘lga
qo‘yish va uning yutuqlaridan ilmiy – tadqiqot ishlarida hamda amaliyotda foydalanish
masalalari o‘tgan asrning 70-80-yillarda shakllana boshlagan edi.
Bugungi kunga kelib tuproq biotexnologiyasi sohasidagi ko‘plab ilmiy izlanishlar va
amaliy tadqiqotlar bir qator olimlar, mutaxassislar tomonidan izchil davom ettirilmoqda.
Mikrobiologik o‘g‘itlarning bir qator yangi, ekologik toza, import o‘rnini bosa oladigan, eksportga
mo‘ljallangan, raqobatbardosh biologik o‘g‘itlar “Er malhami”, “Zamin-M”, “Fitobiosol”,
“Bist”, “Psevdobakterin” kabi biopreparatlarni ishlab chiqarish texnologiyalari yaratildi.
“Er madhami” biopreparati
Professor Q.Davranov tomonidan
Azotobacter chroococcum
A-2
shtammi asosida yaratilgan. Preparat tuproq mikroorganizmlari asosida tayyorlangan,
to‘proqning biologik sog‘lomlanishi va qishloq-ho‘jaligi o‘simliklarining hosildorligini
oshirishga yordam beruvchi yangi ekologik toza preparat hisoblanadi. «Er malxami M»
preparatining – texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlari qishloq xo‘jaligida boshoqli ekinlar, paxta,
sabzavot ekinlarida olib borilgan ko‘p yillik tajribalar asosida, hamda uning toksikologiyasi,
gigienasi hamda ishlatish sharoitidagi havoda, atmosferadagi va yaqin joylashgan suv xafzalari
suvining tarkibini o‘rganish orqali o‘rnatilgan. «Er malxami M» – o‘zining tarkibida to‘proq
mikroorganizmlari to‘plamini tutuvchi hisoblanadi va o‘simlik o‘sishini tezlatuvchi moddalar
ajratish bilan birga, organik moddalardan gumus hosil bo‘lishini ham amalga oshiradi. «Er
malxami M» – ochiq maydonda yoki issiqxonalarda ham qo‘llanilishi mumkin. «Er malxami M»
– uzoq vaqt ta’sir qilish imkoniyatiga ega bo‘lib, uning tarkibidagi mikroorganizmlar
o‘simliklarni butun rivojlanish davrida ta’sir qiladi, to‘proq strukturasini yaxshilaydi,
atmosferadan azot yig‘ish, o‘simlikning o‘sishini tezlatish va shu bilan birga fitopatogen flora –
o‘simlik kasalliklarini qo‘zg‘atuvchilarini hosil bo‘lishini oldini olish xususiyatiga egadir. Uning
sarfi to‘proq holatiga va etishtirilayotgan o‘simlikka bog‘liq ravishda, gektariga 1 kg dan 4 kg
gacha ishlatiladi.
5.18-rasm. Er malhami biopreparati
Do'stlaringiz bilan baham: |