So‘nggi yillarda O‘zbekistonda biologiyaning rivojlanishi, mashhur olimlar, ularning maktablari. Respublikamizning bir qancha ilmiy tekshirish
|
Bioorga
|
nik kimyo, O‘simlik va hayvonlar olamining genofondi), tibbiyot, qishlo
|
|
|
Institutlarida (Genetika va eksperimental biologiya, O‘simlik birikmalari kimyosi, q xo‘jalik yo‘nalishidagi akademik muassasalarda hamda respublikamizdagi ko‘p sonli Universitet va boshqa biologiya yo‘nalishidagi oliygohlarda biologiya sohasida ilmiy ishlar olib borilmoqda. O‘zbekistonda bakteriyalar va viruslarning biokimyosi va genetikasi, o‘sish stimulyatorlari, turli ekologik omillar va biologik faol moddalarning organizmga, biologik tizimga ta’siri, g‘o‘zaning kasalliklarga chidamli bo‘lgan turlarini yaratish, o‘simliklar immunitetini oshiruvchi moddalarni ishlab chiqarish, hujayra biotexnologiya metodlarining rivojlanishi, tabiiy va sintetik biologik faol moddalarni ishlab chiqarish, bioxilma-xillikni o‘rganish bo‘yicha, turli o‘simliklarning introduksiyasi va akklimatizatsiyasi hamda O‘rta
Osiyo regionining ekologik xususiyatlarini o‘rganish ustida ko‘plab ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.
Genetika. Respublikamizda g‘o‘za genetikasini o‘rganishi sohasida qilingan ishlarni dunyoga tanitgan olim akademik Musayev Jo‘ra Azimbayevichdir.
J.A.Musayev (1928-2014y.) o‘zbek biologiva genetik, biologiya fanlar doktori, professor, O‘zRFA akademigi.
Uning rahbarligida Respublikamizning milliy boyligi bo‘lgan G.Hirsutuml g‘o‘zaning marker belgilariga ega bo‘lgan izogen va mutant liniyalarining kolleksiyasi yaratildi. J.A.Musayev tomonidan g‘o‘zaning genetik nazoratida genlarning kombinirlangan o‘zaro ta’siri haqida ilmiy asoslangan nazariya butun dunyoda ta’n olindi. Rossiyada Jo‘ra Azimboyevich XXI asrning eng buyuk biolog olimlari safiga kiritildi.
Taniqli olim o‘zining 60 yildan ortiq ilmiy-pedagogik faoliyati mobaynida O‘zMU g‘o‘za genetikasi laboratoriyasi kafedrasi mudiri, professori lavozimida ishlagan. Fanlar akademiyasining o‘simliklar eksperimental biologiyasi institutida laboratoriya mudiri, direktor, Fanlar akademiyasining bosh ilmiy kotibi kabi ma’sul lavozimlarida samarali mehnat qildi hamda biologiya va genetika sohasida dolzarb masalalarni tadqiq etish, ilm-fanning mazkur yo‘nalishlarda yuqori malakali kadrlarni tayyorlash ishiga munosib hissa qo‘shdi. Akademik Abdukarimov Abdusattor an’anaviy g‘o‘za genetikasi, seleksiyasi, biokimyosi, molekulyar biologiyasi usullarini g‘o‘za molekulyar genetikasi, gen injenerligi va biotexnologiyasi yutuqlari bilan bog‘lab, oqsil va DNK markerlariga asoslangan yangi g‘o‘za navlari seleksiyasi jarayonini tashkillashtirish uchun Davlat ilmiy - texnik dasturini tuzishga rahbarlik qildi. Akademik Abdukarimov Abdusattor an’anaviy g‘o‘za genetikasi, seleksiyasi, biokimyosi, molekulyar biologiyasi usullarini g‘o‘za molekulyar genetikasi, gen injenerligi va biotexnologiyasi yutuqlari bilan bog‘lab, oqsil va DNK markerlariga asoslangan yangi g‘o‘za navlari seleksiyasi jarayonini tashkillashtirish uchun Davlat ilmiy - texnik dasturini tuzishga rahbarlik qildi.
So‘nggi yillarda Respublikamizda genetika va biotexnologiyaning rivojini b.f.d., prof. I.Abduraxmanov davom ettirmoqda. Gen-nokaut texnologiyasi yordamida g‘o‘zaning ildiz tizimi rivojlangan, hosildorligi yuqori, tolasi sifatli, ertapishar va sho‘rlanishga chidamli noyob transgen navining yaratilgani mamlakatimiz paxtachiligida erishilgan eng katta ilmiy yutuq bo‘ldi. Olimlarimiz tomonidan serhosil “Mehnat” va “AN-16” g‘o‘za navlari ham yaratilib, ular har yili katta maydonlarda yetishtirilmoqda. I.Abduraxmanov “Genomika” markaziga jalb etilgan yosh kadrlar bilan qisqa muddat ichida mazkur sohada katta yutuqlarga erishdi. Yosh olimlardan Zabardast Buriyev, Alisher Abdullayev, Shuxrat Shermatov, Faxriddin Kushanov yetakchi xorijiy mamlakatlarda o‘zlarining malakasini oshirib, paxta genomi sohasida ilmiy ishlarni olib bormoqdalar.
Mazkur markazda ishlaydigan guruh Respublikamizda g‘o‘za genomikasi va biotexnologiyasini rivojlantirib, hosildorligi yuqori, kasalliklarga va qishloq xo‘jalik zararkunandalariga chidamli bo‘lgan paxta navlarini yaratishga erishdi.
Olimlarning unumli mehnati tufayli oxirgi 10 yilda paxta tolasining sifatiga, g‘o‘zaning erta gullashiga, uning turli stresslarga chidamligiga javobgar bo‘lgan o‘nlab genlar klonlab, ajratildi. G‘o‘za genomidan bir necha ming molekulyar markerlar (DNK bo‘laklari) ajratilib, klonlangan edi. Mazkur markerlar yordamida murrakab agronomik belgilarga ega bo‘lgan genlar xaritalandi, an’anaviy g‘o‘za seleksiyasining texnologiyasi hozirgi zamon yuqori samarali gen yoki markerassotsiatsiyalangan seleksiya (MAS) bilan to‘ldirildi. Olimlarning harakati tufayli mamlakatimizda g‘o‘zaning noyob genofondi molekulyar-genetik jihatdan tahlil qilindi. Xo‘jalik jihatdan qiymati yuqori bo‘lgan, O‘zbekistonning intellektual mulki va xalqning boyligi bo‘lgan qator g‘o‘za navlarining genetik pasporti yaratildi.
O‘zbekistonnning biokimyo maktabi. O‘zbekistonda biokimyo maktabining asoschisi akademik Yo.X.To‘raqulovdir. Olim nafaqat o‘z Vatanida hurmat, obro‘ qozonib tanildi. Qalqonsimon bez kasalliklarining ichki mohiyati, biokimyo, biofizika, radiobiologiya, genetika, molekulyar biologiya va boshqa fan sohalariga qo‘shgan hissasi uni jahon ilm olamida tanitdi.
Qalqonsimon bez hujayrasining gigant oqsil molekulasi tireoglobulin, tireoid gormonlarning hosil bo‘lishi jarayonlari (T.Soatov, T.Boboyev), tireoglobulin genining transkripsiya va genetik defektlari (D.Kodirova, B.Otaxonova), tireoid gormonlarning metabolik yo‘li (M.Miraxmedov), hujayrada energetik jarayonlar va lipidlar metabolizmining idora etilishi (O.Obidov, A.Gagelgans, N.Ablyayeva, Z.Bekmuxamedova, A.Miraxmedov va b.), tireoid gormonlarning adenilatsiklaza fermenti majmuasida siklik ATF vositasida funksional namoyon bo‘lishi (S.Xolikov, N.Salaxova, S.Dolimova), tireoid gormonlarning maxsus oqsil retseptorlari va hujayrada genlarning differensial faolligini bu retseptor vositasida boshqarish (A.Abdukarimov, Sh.Azimova, O.Odilova) kabi bir qator fundamental tadqiqotlarning natijalariga akademik Yolqin To‘raqulovning ko‘rsatmalari, doimiy rahbarligi, talabchanliklari tufayli erishilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |