Biologiya fani tekshirish uslublarning rivojlanishi. Biologiyaning an’anaviy usullari (kuzatish, solishtirish, tarixiy-rekonstruktiv, eksperimental)ga tiriklikni o‘rganishning yangi usullari va yondashishlari (idealizasiya, aksiomatizasiya, formalizasiya, matematik modellash, informasion-ehtimoliy, kibernetik va sinergetik yondashishlar) qo‘shilmoqda.
Tibbiyot biologiyasi va genetik izlanishlar tufayli populyatsion darajada turlarning ontogenetik shakllanish va rivojlanishi haqida tassavurlarning kengayishi kuzatilmoqda. Gen injeneriyasi (gen, xromosoma, hujayra injeneriyasi) izlanishilarning faollashuvi tufayli XX asrning ikkinchi yarmida biologiya o‘z rivojining ikkinchi bosqichiga – bioinjeneriyaga o‘tdi. Biologiya fani va ijtimoiy amaliyot o‘rtasida aloqalarning kuchayishi tufayli biologiya faqat atrof-muhitni o‘rganuvchi fan bo‘lib qolmay, atrof-muhitga kuchli ta’sir qila oladigan fanga aylanib qolmoqda. Yangi bio ob’ektlarni loyihalash, konstruksiyalash va yaratish (DNKning rekombinant molekulalari, geni o‘zgargan viruslar, ozuqaning sintetik mahsulotlari) tendensiyalari rivojlanmoqda. Organizmlar genlari yoki genlar majmuasining faoliyatini inson manfaatlarini ko‘zlagan holda o‘zgartirilishiga gen muhandisligi (gen injeneriyasi yoki genetik injeneriya) deb ataladi. Gen muhandisligi – rekombinant RNK va DNKlar olish, organizm (hujayra)dan genlarni ajratish, genlarni boshqarish (manipulatsiya), genlarni boshqa organizmlarga kiritish va DNKdan tanlangan genlarni olib tashlash yo‘li bilan sun’iy organizmlar yaratish texnologiyalari va usullari jamlanmasidir. Gen muhandisligi (gen injeneriyasi) fani irsiyatning moddiy asosi – DNK molekulasini spetsifik tarzda bo‘laklarga bo‘luvchi va har qanday DNK bo‘lagini bir-biriga uchma-uch biriktiruvchi enzimlar hamda DNK bo‘laklarini uzunligi bo‘yicha birbiridan o‘ta aniqlik bilan ajrata oluvchi elektroforez usulining kashf etilishi oqibatida vujudga keldi. Ayniqsa, DNK molekulasini tashkil etuvchi nukleotidlarning spetsifi k ketma-ketligini (izchilligini) aniqlash hamda xohlagan DNK bo‘lagini avtomatik tarzda sintez qilish usullarining va uskunalarining kashf etilishi bu fanning jadal sur’atlar bilan rivojlanishini ta’minladi. Gen muhandisligi fanining maqsadi – bir organizmdagi qimmatbaho xususiyatga ega genlarni ikkinchi organizmga ko‘chirib o‘tkazish yoki shu genlar faoliyatini kuchaytirish orqali ikkinchi organizmda yo‘naltirilgan o‘zgarishlar (transformatsiya) keltirib chiqarish va bu o‘zgarishlardan inson manfaatlari yo‘lida foydalanishdir. Senozlar injeneriyasi. Bugungi kunda suniy bio va agrotsenozlarni konstruksiyalash va yaratish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Ishlab chiqarish amaliyotining ekologiyalizatsiyasi. Biologiya fanlarning kompleksi faqatgina biotexnologiyaning rivoji orqali jamiyatning kuchli ishlab chiqaruvchi kuchiga aylanmasdan, ishlab chiqarishning mavjud bo‘lgan shart-sharoitlarini o‘zgartirish va tabiatdan ratsional foydalanish, tabiiy resurslarni tiklash kabi masalalar bugungi kunda dolzarb, chunki biologiya va ekologiya jamiyatning, ma’naviy madaniyatning ajralmas qismi bo‘lib shakllanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |