tahlil qilish.
Davlat ta’lim standartlari bosqichma-bosqich amalga oshirilishi bilan
kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan darsliklar chop etilmoqda. Xorijiy
tajribani o‘rganish asosida va o‘quvchilarni PISA tadqiqotlariga tayyorlanishiga
ko‘mak berish uchun 5-sinf o‘quv dasturi quyidagicha o‘zgartirildi:
1-BOB. BIOLOGIYA TIRIK ORGANIZMLAR HAQIDAGI FAN.
1-§ Biologiya – hayot haqidagi fan;
2-§ Tirik organizmlarning xususiyatlari;
3-§ Biologiyaning o‘rganish usullari;
4-§ Hujayra – tiriklikning asosi.
2-BOB.TIRIK ORGANIZMLARNING XILMA-XILLIGI.
5-§ Tirik organizmlar haqida umumiy ma’lumot;
6-§ Bakteriyalar dunyosi;
7-§ Zamburug‘lar dunyosi;
8-§ O‘simliklar dunyosi;
9-§ Tuban o‘simliklar;
10-§ Yuksak o‘simliklar;
11-§ O‘zbekistonda keng tarqalgan dorivor va zaharli o‘simliklar;
12-§ Hayvonot dunyosi;
13-§ Umurtqasiz hayvonlar;
14-§ Umurtqali hayvonlar;
15-§ Odam organlari sistemasi
3-BOB.ORGANIZM VA TASHQI MUHIT.
16-§ Ekologik omillar;
17-§ Inson va tabiat;
18-§ Tabiatni muhofaza qilish.
Ma’lumki, avvalgi dasturdagi o‘simliklar haqidagi ma’lumot 6-sinf
“Biologiya (Botanika)” darsligiga o‘tkazilganli sababli 5-sinf mavzularida
o‘zgarishlar bo‘lishi ko‘zda tutilgan edi. DTS va o‘quv dasturi bo‘yicha 5-sinf
biologiya darslari uchun 34 soat ajratilgan bo‘lib, 1 haftada bir soat dars o‘tiladi.
Amaldagi darslik bo‘yicha 6 bob, 31 ta mavzudan iborat bo‘lib, laboratoriya
mashg‘ulotlari va amaliy mashg‘ulotlar uchun alohida soat ajratilmagan edi.
Amaldagi darslikda 6 ta laboratoriya mashg‘ulotlari mavjud, darslarda yangi
mavzu ichida tajriba ko‘rsatilgan. Qayta nashr etilgan biologiya 5-sinf darsligida
o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, 3 ta
bo‘lim, 18 ta mavzudan iborat. 34 soatning 18 soati nazariy, 16 soati amaliy
mashg‘ulotlarga ajratilgan. Amaliy mashg‘ulotlarining 4 soati laboratoriya ishlari,
12 soati amaliy mashg‘ulotlarga to‘g‘ri keladi. Qayta nashr etilgan darslikda
amaliy mashg‘ulotlarning ko‘p bo‘lishiga, bajarish usulining oson bo‘lishi,
foydalaniladigan jihozlarning mavjud bo‘lishiga e’tibor qaratildi. Masalan, sutdan
qatiq tayyorlash, achitqi zamburug‘idan foydalanib non yopish, tuvakda gul ekish
yoki o‘simlik va hayvonlarning hayot sikli haqidagi matnni o‘qib sarlavha qo‘yish,
matn asosida savol tuzish, tushib qolgan so‘zlarni to‘ldirish kabi qiziqarli
mashg‘ulotlardan foydalanildi. O‘quvchilarda PISA topshiriqlariga ko‘nikma hosil
qilib borish uchun rasmli tajribalar keltirildi. Masalan, Redi, Pristli va Paster
tajribalari rasm orqali kuzatiladi, qisqa matnni o‘qib tushuncha hosil qiladi va
o‘zlashtirgan bilimlari asosida savollarga javob beradi. Darslikda O‘zbekistonda
uchraydigan dorivor va zaharli o‘simliklar, O‘zbekiston qizil kitobi haqida ham
ma’lumotlar keltirilgan. Ma’lumotlarni boyitish, laboratoriya vaamaliy
mashg‘ulotlarni bajarishga yordam berish maqsadida video qo‘llanma va slaydlar
QR – kod shaklida mavzularga joylashtirildi. O‘quvchilar qo‘l telefoni orqali QR –
kodni ochib, nazariy bilimlarini mustahkamlashlari, laboratoriya va ayrim amaliy
mashg‘ulotlarni bajarish uchun yo‘riqnoma olishlari mumkin. O‘quvchilarni fanga
qiziqishini orttirish maqsadida, oq gulni turli bo‘yoqlar yordamida bo‘yab tajriba
qilish, o‘lkamizda mavjud bo‘lgan qushlarni ko‘rib, ovozlaridan ularni ajrata olish,
urug‘ni ekib o‘stirish jarayoni kabi ma’lumotlar berilgan. QR-kodga poytaxtda
joylashgan botanika bog‘i, hayvonot bog‘i haqida videolavha ham joylangan.
Yangi biologiya darsligida 15 ta QR-kod berilgan bo‘lib, ulardan ayrimlari
e’tiboringiz uchun havola qilinmoqda. Ushbu QR-kodlar orqali piyoz po‘sti
hujayralarini o‘rganish bo‘yicha laboratoriya mashg‘uloti, baqa hayot siklini
ko‘rsatuvchi amaliy mashg‘ulot va 2019-yil chop etilgan “O‘zbekiston qizil kitobi”
bilan
tanishish
mumkin.
Darslikda
keng
jamoatchilikning
takliflarini,
O‘zbekistonda asalarichilik rivojlanganligini inobatga olib, asalarilar haqida
qiziqarli ma’lumotlar berib o‘tilgan. Darslik so‘ngida atamalar izohi berilgan
bo‘lib, shu asosda o‘quvchi yangi atamalarni oson topishi va ularning mazmunini
bilib olishi mumkin. Farzandlarimizning barkamol avlod bo‘lib yetishishida
darsliklarning ahamiyati katta. O‘ylaymizki, darslik borasida kiritilgan yangiliklar
o‘quvchilarimizning fanga bo‘lgan qiziqishlarini orttiradi va dunyoqarashlarining
kengayishiga imkoniyat yaratadi.
Umumiy
o‘rta ta’lim maktablarining 6-sinf o‘quvchilari uchun
kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan “Biologiya (botanika)” darsligi
O‘.Pratov va boshqalar muallifligida yaratilgan, 2017-yil “O‘zbekiston”
nashriyotida chopetilgan bo‘lib,144 sahifadan iborat, undan 5ta bobga oid 59 ta
paragraf o‘rin olgan:
I bob.O‘simliklar dunyosi bilan umumiy tanishuv;
IIbob.Hujayra– hayotning asosi;
IIIbob. Gulli o‘simliklarning vegetative va generative organlari;
IVbob.Gulli o‘simliklarning hayotiy faoliyati;
V bob.O‘simliklar sistematikasi.
Darslikning birinchi bobida botanikaning asosiy bo‘limlari, botanikaning
rivojlanish tarixi, o‘simliklarning tirik organizm sifatida tabiatda, inson hayotidagi
ahamiyati, ulardan oqilona foydalanish va muhofaza qilish usullari,o‘simliklarning
hayotiy shakllari haqida so‘z boradi. Ikkinchi bobda o‘simlik hujayrasining
tuzilishi, hujayralarning hayotiy faoliyati, va o‘simlik to‘qimalari bilan
tanishtiriladi. Darslikning uchinchi bobida gulli o‘simliklarning vegetative va
generativ organlari, ularning tuzilishi va vazifalari yoritilgan. To‘rtinchi bobda
gulli o‘simliklarning hayotiy faoliyati:oziqlanishi, nafas olishi, o‘sishi, rivojlanishi,
ko‘payishi haqida so‘z yuritiladi. O‘simliklar kelib chiqishi, o‘xshashlik darajasi va
tarixiy rivojlanishiga qarab ma’lum bir tartibga– sistemaga keltiriladi. Bu haqdagi
bilimlar darslikning beshinchi bobidan o‘rin olgan.
Har bir mavzudan keyin o‘quvchilarning egallagan bilimlarini tekshirib
ko‘rish uchun mustahkamlovchi savollar, topshiriqlar keltirilgan. Darslikdan o‘rin
olgan amaliy ishlar, laboratoriya mashg‘ulotlari va qo‘shimcha ma’lumotlar
o‘quvchilarning o‘simliklar haqidagi bilimlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
Umumiy
o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinf o‘quvchilari uchun
kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan “Biologiya (zoologiya)” darsligi
O.Mavlonov
muallifligida
yaratilgan,
2017-yil
“O‘zbekiston
milliy
ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyotida chop etilgan bo‘lib, 208ta sahifadan
iborat. Darslikdagi mavzular 8ta bob, 59 ta paragrafdan iborat:
I bob. Hayvonlar to‘g‘risida umumiy ma’lumot;
IIbob. Bir hujayralilar, ya’ni sodda hayvonlar;
IIIbob.Ko‘p hujayrali hayvonlar: bo‘shliqichlilar tipi;
IVbob.Yassi va to‘garak chuvalchanglar tiplari;
Vbob.Halqali chuvalchanglar tipi;
VI bob. Mollyuskalar tipi;
VII bob. Bo‘g‘imoyoqlilar tipi;
VIIIbob.Xordalilar tipi.
Darslikdagi har bir mavzuda biologik obyektlarning rangli rasmlari,
atamalar, ularning izohi, mavzu matnidan o‘quvchilarning bilimini nazorat qilish
uchun savollar, tasdiqlovchi javoblarni aniqlash, juftlab yozish uchun topshiriqlar,
jumboqni yechish, topishmoqni topish keltirilgan. Bunday topshiriqlar
o‘quvchilarning fanga qiziqishini orttiradi. Darslikka yettita laboratoriya
mashg‘uloti kiritildi.
O‘rta ta’lim muassasalarining 10-sinfi va o‘rta maxsus, kasb–hunar ta’limi
muassasalarining o‘quvchilari uchun kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan
“Biologiya”(mualliflar:A.G‘afurov, A.Abdukarimov, J.Tolipova, O. Ishankulov,
M.Umaraliyeva, I.Abduraxmonova) darsligi 2017-yil “Sharq” nashriyot-matbaa
aksiyadorlik kompaniyasida chop etilgan. Darslikdagi mavzular 5ta bob, 58 ta
paragrafdan o‘rin olgan. Boblar hayotning tuzilish darajalari va ularda kechadigan
biologik jarayonlar asosida ketma-ketlikda joylashtirilgan. Har bir mavzuda rangli
rasmlar, jadvallar, sxemalar, mavzudan keyin tayanch so‘zlar, o‘quvchilar darsda
bajarishi uchun savol va topshiriqlar, o‘quvchilarning mustaqil bajarishi uchun
topshiriqlar berilgan. Darslik oxirida atamalar lug‘ati keltirilgan. Mazkur lug‘at
o‘quvchilarning
darslikdagi
tushunchalarni
to‘liq
anglab
olishlariga
ko‘maklashadi.O‘quv dasturidan o‘rin olgan to‘rtta laboratoriya mashg‘uloti
darslikda o‘z aksini topgan, laboratoriya mashg‘ulotining maqsadi, laboratoriya
jihozlari, ishning borishi, biologic obyektlarning rangli rasmlari va jadvallar,
o‘quvchilar to‘ldirishi uchun jadvallar o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyati
samaradorligini oshirishga yordam beradi.
O‘rta ta’lim muassasalarining 11-sinfi uchun “Biologiya” darsligi (1- nashr)
2018-yilda mualliflar: A.G‘afurov,A. Abdukarimov,J. Tolipova, O. Ishankulov,M.
Umaraliyeva, I. Abduraxmonova tomonidan yaratildi.
Darslikda:
Ibob.Ekologiya va hayot;
IIbob.Hayotning ekosistema darajasidagi umumbiologik qonuniyatlari;
IIIbob.Hayotning biosfera darajasining umumbiologik qonuniyatlari;
IV bob.Organik olam filogenezi deb nomlangan.
Darslikdan 44ta paragraf, 5ta laboratoriya mashg‘uloti, atamalar lug‘ati o‘rin
olgan. Har bir mavzu “Tayanch bilimlaringizni qo‘llang” jumlasi bilan boshlanib,
o‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirishga yo‘naltiradi. O‘quv–dasturida
keltirilgan har bir mavzu mazmuni darslikda matn va rangli rasmlar, jadval,
chizmalar yordamida ochib berilgan. Darslikda mavzu matnidan pastda
“Daftaringizga atamalarning ma’nosini yozib oling”, “Bilimlaringizni qo‘llang”,
“Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar”, “O‘z fikringizni bildiring” ruknlarida
keltirilgan topshiriqlar xilma-xil bo‘lib, o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini zerikarli,
bir xil bo‘lishining oldini oladi, bilimlarini amalda qo‘llash ko‘nikmalarini
rivojlantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |