Mavzu: BIOGEOGRAFIYA FANIGA KIRISH. UNING PREDMETI VA VAZIFALARI, BOSHQA FANLAR BILAN ALOQASI HAMDA FAN SIFATIDA QISQACHA RIVOJLANISH TARIXI. - Mavzu: BIOGEOGRAFIYA FANIGA KIRISH. UNING PREDMETI VA VAZIFALARI, BOSHQA FANLAR BILAN ALOQASI HAMDA FAN SIFATIDA QISQACHA RIVOJLANISH TARIXI.
- Reja:
- 1.Biogeografiya fanining predmeti, maqsadi va vazifalari.
- 2.Biogeografiya fanining boshqa fanlar bilan aloqasi.
- 3.Biogeografiya fanining qisqacha rivojlanish tarixi.
-
Biogeografiya tirik organizmlar va ularning jamoalarini Er sharida geografik tarqalishining umumiy qonuniyatlarini o‘rganuvchi fandir. Shuningdek, u shu tarqalish va taqsimlanishga ta’sir etuvchi omillar to‘plamini uyg‘unlikdagi ta’sirlash qonuniyatlarini ham aniqlaydi. Bu fan muayyan geografik maydoni - mintaqani tavsiflashda poliogeografik, tabiiy-geografik bilimlarga asoslanadi. Shuningdek, tirik organizmlarning turlarini, qon-qarindoshlik aloqalari, ekologik o‘ziga xosligi va Er sharining tiriklik qobig‘i - biogeografiyaning tuzilishi, funksiyasi, tarixiy hususiyatlarini va uning o‘zgarish sabablarini ochib berish ham muhim vazifalariga kiradi. Biogeografiyani yana bir muhim vazifasi biogeografiyaning tabiiy zaxiralarini aniqlash, ulardan oqilona foydalanish yo‘l-yo‘riqlarini izlab topish, tabiatni muhofaza qilish masalalaridir. - Biogeografiya tirik organizmlar va ularning jamoalarini Er sharida geografik tarqalishining umumiy qonuniyatlarini o‘rganuvchi fandir. Shuningdek, u shu tarqalish va taqsimlanishga ta’sir etuvchi omillar to‘plamini uyg‘unlikdagi ta’sirlash qonuniyatlarini ham aniqlaydi. Bu fan muayyan geografik maydoni - mintaqani tavsiflashda poliogeografik, tabiiy-geografik bilimlarga asoslanadi. Shuningdek, tirik organizmlarning turlarini, qon-qarindoshlik aloqalari, ekologik o‘ziga xosligi va Er sharining tiriklik qobig‘i - biogeografiyaning tuzilishi, funksiyasi, tarixiy hususiyatlarini va uning o‘zgarish sabablarini ochib berish ham muhim vazifalariga kiradi. Biogeografiyani yana bir muhim vazifasi biogeografiyaning tabiiy zaxiralarini aniqlash, ulardan oqilona foydalanish yo‘l-yo‘riqlarini izlab topish, tabiatni muhofaza qilish masalalaridir.
Bu masalalarni hal qilishda biogeografiya biologiya yo‘nalishidagi - Bu masalalarni hal qilishda biogeografiya biologiya yo‘nalishidagi
- 1.o‘simliklar va hayvonlar sistematikasi
- 2. fitogeografiya
- 3.zoogeografiya
- 4.ekologiya fanlari bilan bir qatorda
- geografiya yo‘nalishidagi fanlardan
- 1.tabiiy geografiya
- 2.iqlimshunoslik
- 3.geologiya
- 4.kartografiya
- 5.geokimyo
- 5.tuproqshunoslik kabi fanlar bilan aloqada bo‘ladi.
Biogeografiya o‘z tadqiqotlarida yuqoridagi fanlarning yutuqlari va tadqiqot uslublaridan ham foydalanadi. - Biogeografiya o‘z tadqiqotlarida yuqoridagi fanlarning yutuqlari va tadqiqot uslublaridan ham foydalanadi.
- Biogeografiyaning o‘ziga xos jihati shundaki u muayyan joyning organik olami haqida ma’lumot to‘plashda va tavsiflashda ham bu manbani biologik va geografik jihatdan uyg‘unlashtirilgan xulosalar chiqaradi. U har bir olingan natijani taqqoslaydi, geografik jihatdan baholaydi.
Biogeografiya qiyosiy geografik uslubdan foydalanib, biogeografiyadagi har bir rejalashtirilgan bashoratlarning mohiyatini to‘liq ochib beradi. - Biogeografiya qiyosiy geografik uslubdan foydalanib, biogeografiyadagi har bir rejalashtirilgan bashoratlarning mohiyatini to‘liq ochib beradi.
- Biogeografiya uyg‘unlashgan fan bo‘lganligi uchun ham unda qo‘llaniladigan iboralar, atamalar shu fan tarkibiga kiruvchi fanlarga taalluqli bo‘lib, biogeografiya uchun ham umumiy hisoblanadi.
Biogeografiyaning asosiy boʻlimlari XIII-asr oxiri va XIX-asrning 1-yarmida Ekvatorial Afrika, Janubiy Amerika va Osiyoning flora hamda faunasini tadqiq qilgan koʻplab ekspeditsiyalar, shuningdek oʻsha davrning naturalistlari, ayniqsa A. Gumboldt, A. Uolles va F. Skleter ishlari tufayli shakllana boshlagan. F. Skleter birinchilar qatorida quruqlik yuzasini rayonlashtiradi. - Biogeografiyaning asosiy boʻlimlari XIII-asr oxiri va XIX-asrning 1-yarmida Ekvatorial Afrika, Janubiy Amerika va Osiyoning flora hamda faunasini tadqiq qilgan koʻplab ekspeditsiyalar, shuningdek oʻsha davrning naturalistlari, ayniqsa A. Gumboldt, A. Uolles va F. Skleter ishlari tufayli shakllana boshlagan. F. Skleter birinchilar qatorida quruqlik yuzasini rayonlashtiradi.
Zamonaviy Biogeografiya organizmlar va biotsenozlar geografiyasi muammolarini ishlab chiqadi. Masalan, - Zamonaviy Biogeografiya organizmlar va biotsenozlar geografiyasi muammolarini ishlab chiqadi. Masalan,
- 1.Arealogik biogeografiya - har xil turlar tarqalgan hududlarni aniqlaydi, ularning areal chegarasida tarqalishini oʻrganadi, ana shular asosida maʼlumot va kadastr haritalarini tuzadi.
- 2. Regional biogeografiya - floristik va faunistik rayonlashtirish bilan shugʻullanadi. Hayvonlar va oʻsimliklar areallarini solishtirish hamda biotalarni ajratish va asosiy biomlarning taqsimlanishini tavsiflash asosida kompleks biogeografik rayonlashtirish sxemalari yaratiladi.
Ekologik biogeografiya - geografik oblastlardagi jamoalar biomassasi, biologik mahsuldorligi va ular hayotida organizmlarning ahamiyatini oʻrganadi. - Ekologik biogeografiya - geografik oblastlardagi jamoalar biomassasi, biologik mahsuldorligi va ular hayotida organizmlarning ahamiyatini oʻrganadi.
- Tarixiy biogeografiya - Yerning oʻtmishini jamoalar va ularni tashkil etuvchi organizmlarning tarqalishiga taʼsirini tekshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |