Qattiq bog‘lamlar.
Ushbu turdagi bog‘lamlar bo‘g‘imlar shikastlanganda, suyaklar singanda, qo‘l-oyoqdagi mushaklar, paylar uzilib ketganda immobilizatsiya maqsadida qo‘llaniladi. Asosan transport va davolash shinalaridan foydalaniladi. SHinalar engil, mustaxkam, oson tozalanadigan bo‘lishi zarur. Ularni qalin karton, taxta bo‘laklaridan (12 rasm a,b ), polietilendan (xavo bilan dimlanganda tanaga o‘rnatilgan soha konfiguratsiyasini oladi), plastik yoki metallardan (simli, narvonsimon Kramer shinasi, Esmarx shinasi, Beller, CHaklinning standart shinalari) tayyorlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |