Bosh va bo‘yinga qo‘yiladigan bog‘lamlar.
Peshona, chakka, ensa sohalarini bog‘lash uchun sirkulyar bog‘lamdan foydalaniladi. Boshning boshqa sohalarida joylashgan jarohatlarni yopish uchun neopolitan, Gippokrat, «chepets» qalpoqchalari turkumidagi bog‘lamlar qo‘llaniladi.
Neopolitan qalpoqchasi yordamida bitta quloq va so‘rg‘ichsimon o‘simtani yopish mumkin (7-rasm).
Boshning barcha sochli qismini berkitish uchun «Gippokrat qalpoqchasi» yoki «chepets» qo‘llaniladi (8-rasm). Gippokrat qalpoqchasi murakkab bog‘lam turkumiga kirib, yordamchi hamshira yordamida qo‘yildi. Dastlab peshona atrofiga sirkulyar bog‘lam qo‘yiladi. SHundan so‘ng oldingi va orqa sohalarga qaytuvchi bog‘lam quyilib, aylanma bog‘lam yordamida qotirib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |