Haqiqatning pragmatik konsepsiyasida amaliyot mezoni ko‘pincha to‘g‘ridan- to‘g‘ri eksperiment tushunchasi bilan bog‘lanadi. Biroq ilmiy amaliyot faqat eksperimentdan iborat emas, u fanda qo‘llaniladigan butun maydonni, uning inson
Qarang.S.M. Hotamiy Islom tafakkuri tarixidan. –T.: Minhoj, 2003.-B.126
uchun hayotiy ahamiyatini qamrab oladi. Shuni hisobga olganda, insonning butun hayoti, uning fandan amalda foydalaniladigan barcha jabhalari fanning haqiqiyligini sinash maydoniga aylangan, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.
Fanning sertarmoq, murakkab xususiyati uni talqin qilishga jiddiy talablar qo‘yadi. Fanning kuchi nimada? U qanday ideallarga ega? Fandan «Hodisalar qanday yuz beradi?» yoki «Ular nima uchun aynan shunday yuz beradi?» degan savolga javob berishni talab qilishning o‘zi kifoyami? Fan san’at, dinga, inson hayotining
boshqa sohalariga zid emasmi? Fan insoniyatni pirovard natijada halokatga olib kelmaydimi?, degan savollar fanning haqiqatni bilish jarayonida shakllangandir.
Isbotlash va rad etish. Fanning u yoki bu qoidasining haqiqiyligi yoki soxtaligi, aniq-ravshan ko‘rinib turmaydi. Faqat eng sodda mulohazalar o‘zining
haqiqiyligini tasdiqlash uchun sezgi idrokidangina foydalanishni talab qiladi: ko‘rsatish mumkin bo‘lgan narsani isbotlashning hojati yo‘q.
Fanning aksariyat qoidalari sezgi a’zolari orqali bilish darajasida va boshqa haqiqatlardan alohida emas, balki mantiqiy tafakkur darajasida, boshqa haqiqatlarga bog‘langan holda, ya’ni isbotlash yo‘li bilan haqiqiy deb qabul qilinadi. Isbotlash – ilmiy tafakkurning muhim vositasi.
Ob’ektiv haqiqat – bilimlarimizning inson insoniyatga bog‘liq bo‘lmagan mazmuni. Bizning bilimlarimizda doim yo muayyan odamga, yo muayyan ijtimoiy guruhga bog‘liq bo‘lgan unsur mavjud bo‘ladi. Binobarin, o‘z bilimlarimizda
sub’ektiv unsurlarga bog‘liq bo‘lmagan va shu sababli ob’ektiv hisoblanadigan mazmunni qayd etishimiz lozim. Ob’ektiv haqiqat rivojlanib, ikki shakl: nisbiy va
mutlaq haqiqat shakllarida amal qiladi.
Nisbiy haqiqat – bu bizning borliqdagi predmet va hodisalar to‘g‘risidagi taxminan to‘g‘ri, lekin to‘liq bo‘lmagan bilish jarayonida tuzatilib, to‘ldirilib borilishi lozim bo‘lgan bilimlarimizdir.
Mutlaq haqiqat esa – bu borliqdagi predmet va hodisalar haqidagi har tomonlama to‘liq, aniq, mukammal, kelgusida tuzatilmaydigan, to‘ldirilmaydigan bilimlardir. Bunday bilimlar inson tafakkurining ob’ektga cheksiz yaqinlashib borishi asosida, cheksiz nisbiy haqiqatlarning jami sifatida qaror topadi. Bu jihatdan nisbiy
va mutlaq haqiqatlar o‘zaro chambarchas bog‘liqdir, ular bir-birlaridan ajralmasdir, har qanday mutlaq haqiqat nisbiy haqiqatlarning cheksiz birligidan yuzaga keladi. Har bir nisbiy haqiqatda mutlaq haqiqatning donasi, zarrasi, ulushi mavjud bo‘ladi.
Shu asosda inson bilishi nisbiy haqiqatlardan mutlaq haqiqatga tomon boradi. Inson bilishi hech qachon mutlaq haqiqatga to‘liq ega bo‘lmaydi, balki unga cheksiz yaqinlashib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |