Mavzu: Bank operatsiyalari va bank bitimlari, banklarda hisob-qitob munosabatlarining huquqiy asoslari



Download 293 Kb.
bet2/3
Sana20.06.2022
Hajmi293 Kb.
#686430
1   2   3
Bog'liq
Raximjonov Shoxrox

Naqd pulsiz hisob-kitoblar o‘zining iqtisodiy mohiyatiga karab tovarlarni sotish jarayoni bilan bog‘liq hisob-kitoblar va notovar xarakterdagi hisob-kitoblarga bo‘linadi.
Naqd pulsiz hisob-kitoblar
Tovar savdosi bilan bog’liq hisob-kitoblar
Notovar xarakterdagi hisob-kitoblar
  • Tovarlarni sotish jarayonidagi hisob-kitoblar moddiy boyliklar aylanishi bilan bog‘liq bo‘lib, ular asosan korxona, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasida olib boriladi. Lekin plastik kartochkalar orqali hisob-kitoblar respublika bank amaliyotiga kirib kelgandan so‘ng, aholi ham plastik kartochkalar bilan naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshira boshladi.
  • Notovar xarakterdagi hisob-kitoblarga milliy daromadni taqsimlash, qayta taksimlash bilan bog‘liq bo‘lgan to‘lovlar, daromaddan to‘lovlar, har xil badallar, soliqlar, kreditlarni to‘lash, uy-joy, har xil xizmatlar uchun to‘lovlar va boshqalar kiradi. Tovarlar harakati bilan bog‘liq bo‘lgan hisob-kitoblarning naqd pulsiz o‘tkazilishi, moddiy boyliklarni etkazish va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lov muddatini yaqinlashtirishga yordam beradi.

Naqd pulsiz hisob-kitoblar o‘zining iqtisodiy mohiyatiga karab tovarlarni sotish jarayoni bilan bog‘liq hisob-kitoblar va notovar xarakterdagi hisob-kitoblarga bo‘linadi.
“O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish to‘g‘risida”gi Nizom asosida tashkil etiladi. Naqd-pulsiz hisob-kitoblar quyidagi tamoyillar asosida amalga oshiriladi:
  • Respublikamizda faoliyat yuritayotgan barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar bo‘sh pul mablag‘larini tijorat banklarida saqlashlari shart.
  • Qaysi bankda hisobraqam ochishni, qanday hisob-kitob shakllaridan foydalanishni mijozlarning o‘zlari mustaqil belgilaydilar.
  • To‘lov qoidasi va shartlari mol etkazib beruvchi va mol sotib oluvchi tomonidan mol etkazib berish to‘g‘risidagi shartnomada kelishib olinadi, mijozlarning hisob-kitoblar bo‘yicha shartnomaviy munosabatlariga bank aralashmaydi.
  • To‘lovlar xo‘jalik sub’ektlarining hisobvarag‘idagi pul mablag‘lari hisobidan yoki bank krediti hisobidan amalga oshiriladi.
  • Pul mablag‘larini oluvchining hisobvarag‘iga o‘tkazish, ushbu mablag‘larni to‘lovchining hisobvarag‘i hisobidan chiqarilgandan so‘ng amalga oshiriladi.
  • Pul mablag‘lari to‘lovchining roziligi yoki uning yozma topshirig‘iga asosan o‘tkaziladi. Hozirgi kunda naqd pulsiz hisob-kitoblarning birinchi tamoyili xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘z mablag‘larini bankdagi hisobvaraqlarida saqlashlari va barcha operatsiyalarni bank orqali o‘tkazishlari lozimligini bildiradi.

Fuqarolik kodeksida bank hisobvarag‘i shartnomasiga mustaqil shartnoma sifatida qaraladi. Uning 771-moddasida bu shartnomaga shunday ta’rif berilgan:
«Bank hisobvarag‘i shartnomasi bo‘yicha bir taraf – bank yoki boshqa kredit muassasasi (bank)ikkinchi tarafning-mijozning (hisobvaraq egasining) hisobvarag‘iga tushayotgan pul mablag‘larini qabul qilish va kiritib qo‘yish, mijozning hisobvaraqdan tegishli summalarinio‘tkazish va to‘lash hamda hisobvaraq bo‘yicha boshqa operatsiyalarni amalga oshirish haqidagi farmoyishlarini bajarish majburiyatlarini oladi». Ta’rifdan ko‘rinib turibdiki, bank hisobvarag‘i shartnomasi konsensual shartnoma ekan, chunki u hisobvaraq ochilayotgan vaqtda uning egasi hisobvaraqqa mablag‘ qo‘yish-qo‘ymasligiga bog‘liq emas. Agar tomonlar shartnomaning barcha mavjud shartlari bo‘yicha kelishib olishga erishsalar, shartnoma tuzilgan hisoblanadi.

Download 293 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish