Mavzu: baliqlarning bioekologik xususiyatlari I kirish betlar II asosiy qism 6-24 betlar



Download 359,72 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/18
Sana25.02.2022
Hajmi359,72 Kb.
#464534
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
BALIQ411111111

2.3
 
 SUYAKLI BALIQLAR SINFI 
 
Gavdasining shakli – 
umrtqalilar sinfi ichida turi juda ko’p bo’lgan 
baliqlarning gavda shakllari nihoyatda xilma-xildir. Bularning ichida tez va 
chaqqon suzishga moslashib, gavdasining ikki yon tomoni birmuncha qisilgan 
duksimon shakl-baliqlar uchun eng tipik shakldir. Odatda pelagik baliqlar, ya’ni 
butun umrini suv ichida aktiv ravishda suzib o’tkazadigan baliqlarning gavdasi 
shunday shaklda tuzilgan bo’ladi. 
Suvda tez suzadigan BALIQning tanasi choʻziq suyri shaklda boʻlganidan 
suvning qarshiligiga kamroq uchraydi. Sekin suzadigan BALIQning tanasi yapaloq 
boʻladi. Skeleti togʻaydan (
togʻayli baliq
) yoki suyakdan (
suyakli BALIQ
) iborat. 
Jagʻlari yaxshi rivojlangan. baliq tanasini toʻlqinsimon bukib va yozib 
harakatlanadi. Juft va toq suzgichlari harakatlanayotganda tanani boshqarish va 
muvozanatini saqlash vazifasini bajaradi. Tanasi kichikroq yoki yapaloq shaklda 
boʻlgan baliq juft suzgich qanotlarini eshkak kabi suvga urishi yoki toʻlqinsimon 
harakatlanishi tufayli suzadi. BALIQning tanasini bukish xususiyati umurtqalar 
soniga va terisi sirtidagi tangachalar kattakichikligiga bogʻliq. baliq umurtqalari 16 
tadan (oy baliqlarda) 400 tagacha (Yangi Zelandiya kamar baligʻida). Bosh skeleti 
yaxshi rivojlangan, yuz skeleti til osti yoyi va beshtacha jabra yoyidan tashkil 
topgan jagʻlardan iborat. Bosh miyasi har xil darajada rivojlangan. Akulalarda 
oldingi miya, miyacha va hidlov boʻlimi boʻladi. 
Suyakli baliqlarning oldingi miyasi kichik, oʻrta miya va miyacha nisbatan 
yirikroq, ikki xil nafas oluvchilarning miya yarim sharlari rivojlangan, miyachasi 
esa kichik boʻladi. Bosh miyasidan oʻn juft nervlar chiqadi. Taʼm bilish organlari 
yaxshi rivojlangan. Eshitish organlari ichki quloqdan iborat, baliq har xil 
tovushlarni, shu jumladan ultratovush toʻlqinlarini yaxshi eshitadi. Urchish davrida 
koʻpchilik baliq suzgich pufak yordamida tovush chiqarish xususiyatiga ega. 
Odatda 1 m gacha masofadagi narsalarni ajrata oladi. Lekin koʻzdagi oʻroqsimon 


13 
oʻsimtaning qisqarishi, koʻz gavharining oʻzgarishi tufayli 12 m gacha uzoqlikdagi 
narsalarni ajrata olishi mumkin. Suvning chuqur qatlamlarida va gʻor suvlarida 
yashovchi baliqning koʻzlari yoʻqolib ketgan. baliq yon chiziq organlari yordamida 
yaxshi oriyentatsiya qila oladi. Asosiy nafas olish organlari — jabralari umrbod 
saqlanadi. Ayrim BALIQda (polipterus, seratod) jabra bilan bir qatorda atmosfera 
havosidan qoʻshimcha nafas olish organi — oʻpka ham rivojlangan. Anabas, 
gurami kabi labirintli BALIQ birinchi jabra yoyining ustida kichik boʻshliq 
mavjud. Baliq yutgan havodagi kislorod ana shu boʻshliqda joylashgan shilimshiq 
parda bilan qoplangan yupqa suyak plastinkalar orqali kapillyar tomirlarga oʻtib, 
qonni oksidlantiradi. 
BALIQning yuragi ikki kamerali, yaʼni qorincha va boʻlmadan, qon aylanish 
sistemasi esa bitta tutash doiradan iborat. Ikki xil nafas oluvchi BALIQning yuragi 
3 kamerali, yurak boʻlmasi chala toʻsiq yordamida chap va oʻng kameralarga 
boʻlingan. Koʻpchilik BALIQning buyragi, hazm sistemasi rivojlangan. Yirtqich 
BALIQning ichagi kalta, oʻtxoʻrlariniki uzun. Mas, oʻtxoʻr doʻng peshona 
baligʻining ichagi tanasiga nisbatan 13 marta uzunroq. Jigar va meʼda osti bezlari 
bor. Koʻpgina BALIQ ichagida ovqat hazm qilishda ishtirok etadigan pilorik 
oʻsimtasi boʻladi. Akula va osyotrsimonlar ichagida spiral klapani bor. Koʻpchilik 
BALIQning alohida anal va siydiktanosil teshiklari boʻladi. Akulalar va ikki xil 
nafas oluvchilarda klapani boʻladi. Ayirish organlari — mezonefrosdan iborat. 
Mezonefros umurtqa pogʻonasi yoniga oʻrnashgan. BALIQ ayrim jinsli, baʼzi 
turlari (tosh olabugʻasi) germafrodit. BALIQ turli yoshda voyaga yetadi. 
Gambuziya va tezsuzar BALIQ bir yilda, orol moʻylovdori va bakra baliq 12— 14 
yoshda, beluga 20 yoshda voyaga yetadi. Keta va gorbusha kabi BALIQ hayoti 
davomida bir marta uvildiriq tashlaydi. Koʻpchilik BALIQ (yeles, nozaylo) koʻp 
yillar davomida har yili bir martadan, boshqalari (zogʻora, oq kumush, tovon baliq) 
yiliga bir necha marta uvildiriq tashlaydi. Ayrim BALIQ (choʻrtan, oq qayroq) 
bahorda, koʻpchilik BALIQ (zogʻora, oq kumush, moʻylovdor va boshqalar) bahor 
— yoz oylarida, baʼzilari (gulmoy) kuzda urchiydi. Nalim va ripus qishda uvildiriq 


14 
tashlaydi. Tuxumlari bir nechtadan (ayrim akulalar) 300 mln.gacha (oybaliq) 
yetadi. Bir qancha baliq (gambuziya, ayrim togʻayli baliq) tirik tugʻib koʻpayadi. 
baliq har xil kattalikda boʻladi. Filippin orollari yaqinida tarqalgan pondako 
tanasining uz. 1 — 1,5 sm, ogʻirligi 1,5 g boʻlsa, eng yirik kit akulasining uz. 15– 
20 m ga, ogʻirligi 12 — 14 t ga yetadi. BALIQning yoshini tangachalari va baʼzi 
suyaklaridagi yillik halqachalariga qarab aniqlanadi. BALIQ 1 — 2 yildan 
(tezsuzarlar) 100 — 120 yilgacha (beluga) umr koʻradi. Amudaryo va Sirdaryoda 
tarqalgan laqqa baliq 50 — 60 yilga yaqin yashaydi. Oziqlanish usuliga koʻra 
BALIQning ogʻzi va tishlari har xil tuzilgan. BALIQning faqat jagʻlarida emas, 
balki til, tanglay va halqumida ham tishlari boʻladi (choʻrtan, karas). BALIQning 
tuxumdan chiqqan chavoqlari dastlab sariqlik xaltachasi hisobiga oziqlanadi
keyinchalik suv oʻtlari va bir hujayrali hayvonlar bilan oziqlana boshlaydi. 
Yirtqich BALIQ (laqqa, choʻrtan, olabuga) boshqa BALIQ hamda jonivorlarni 
yeydi. Zogʻora, moy, moʻylovdor BALIQ oʻsimlik va xayvonlardan iborat aralash 
oziqlar bilan oziqlanadi. BALIQning har xil rangda boʻlishi ular terisidagi 
pigmentli hujayralar — xromotoforlarga bogʻliq. Xromotoforlar nerv taʼsirida 
tashqi muhit rangiga mos ravishda rangini oʻzgartirish xususiyatiga ega. Bu hodisa 
BALIQning dushmanlardan saqlanishida katta ahamiyat kasb etadi. 
BALIQ tana harorati beqaror, sovuqqon jonivorlardir. Tana harorati deyarli suv 
haroratiga yaqin, baʼzan 0,5 — G ortiqroq boʻladi. Serharakat BALIQ tana harorati 
muhit taʼsirida bir oz koʻtarilishi, mas, tez suzayotgan tunetsda tana harorati 
suvnikidan 10°C gacha yuqori boʻlishi mumkin. BALIQ har xil haroratli suvda 
yashashga moslashgan. Tropik suvlarda yashovchi baliqlar 31°C gacha boʻlgan 
suvlarda, karp tishli baliq Kaliforniyaning 52°C li qaynar buloqlarida hayot 
kechiradi. 
Pelagik baliqlarning juda ko’pchiligida proporstional o’sgan suzgich 
qanotlari bo’ladi. Lekin suvdan otilib chiqib havoda 100 m dan ko’proq joyga 
parvoz qilib uchib borishga layoqatlangan ugor baliqlarning ko’krak suzgich 


15 
qanotlari uzun va keng bo’ladi. Juda kamdan-kam baliqlar suv bilan suzib yurib 
hayot kechiradi, ularning gavdasi ham turli-tuman bo’ladi. Masalan: oy baliq 
(mola-mola)ning gavdasi baland, ikki yon tomonidan qisilgan bo’lib, dum suzgich 
qanoti bo’lmaydi, orqa suzgich qanoti bilan qorin suzgich qanoti bilan anal suzgich 
qanoti tor va uzun bo’ladi. Kambalalarning gavdasi ikki yon tomonidan qisilgan 
bo’lib, uzun orqa va qorin suzgich qanotlari bilan o’ralgan ko’zlari baliq bosib 
yotadigan tomonining qarama-qarshi tomoniga joylashgan, yoki ugorlar tanasi 
xuddi ilonga o’xshaydi, hatto ba’zi turlari dengiz toychalari suv osti o’tlarida 
yuksak dumlari bilan yopishib yashaydi.

Download 359,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish