Tuzlangan losos baliqlar guruhiga syomga balig‘i va Kaspiy, Baltika dengizi lososlari hamda ko‘lda yashovchi lososlar, shuningdek, Uzoq sharq suvlaridagi lososlar (keta, gorbusha, nerka, sima, chavicha, kijuch va boshq. ) kiradi.
3-rasm.Baliq mahsulotlari
Tuzlangan seldlar – tuzlangan baliq mahsulotlari ichida eng ko‘p tarqalgan guruh. Ular to‘yimli va mazali bo‘ladi. Seldlar ovlanadigan rayonlar (Atlantika, Tinch okean, Oq dengiz, Kaspiy, Azov-qora dengiz); tozalash usuli (tozalanmagan, zyabrenaya, ichak-chavog‘i qisman tozalangan, kallasi olingan, nimta va bo‘lak-bo‘lak) va tuz miqdoriga (nimtatir tuzlangan, o‘rtacha tuzlangan, o‘tkir tuzlangan) ko‘ra turlarga bo‘linadi. Sifat jihatdan esa ular 1- va 2- navlarga bo‘linadi. Navlarga ajratishda tashqi ko‘rinishi, konsistentsiyasi, mazasi, hidi va tashqi shikastlariga qaraladi.
4-rasm.Baliq mahsulotlari
Do'stlaringiz bilan baham: |