Muzlatilgan baliq. Baliqlar uzoq muddat saqlash uchun muzlatiladi. Sovutkichlarda to‘g‘ri saqlanganda baliqning sifati olti oygacha yaxshi saqlanadi.
Tirik, yangi uxlagan yoki sovutilgan baliqlar muzlatiladi. Tirik baliqlar, odatda butunligicha muzlatiladi, yangi uxlagan va sovutilganlari esa ko‘pincha tozalanib muzlatiladi. Baliqlar qishda ov qilingan joyda tabiiy ravishda quruq yoki ho‘l usul ishlatib yoki muz-tuz aralashmasi bilan sun’iy ravishda muzlatiladi. quruq usulda muzlatilganda baliqlar stellajlarga joylanadi yoki ilgaklarga osiladi va sovuq haroratda muzlatiladi. Ho‘l usul bilan muzlatilganda, baliq qattiq sovutilgan namakobga solib muzlatiladi. Muzlatilgan baliq go‘shtining harorati - 60S dan yuqori bo‘lmasligi lozim. Bu usul bilan muzlatilgan baliqlar ba’zan sirlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |