Mavzu: bakteriya va zamburug‘lar – biozararlash manbaalari reja: 1



Download 16,19 Kb.
bet2/2
Sana29.05.2022
Hajmi16,19 Kb.
#618417
1   2
Bog'liq
3-Maruza bioz

Neft guruhlari

Тўйинган карбонвородлар

Ароматик карбонвородлар

Поляр карбонвородлар

Асфальт

Parchalanmagan

55%

23%

21%

2%

O‘rtacha darajada parchalangan

25%

21%

39%

14%

Kuchli parchalangan

20%

21%

41%

21%

Tion bakteriyalari oltingugurt va sulfatlarning har xil tiklangan birikmalarini oksidlaydi. Ular tufayli murakkab metall inshootlari, tosh va temirbeton qurilmalar, rezinali asbob-uskuna va jihozlar (shina, shlang) korroziyaga uchraydi. Tiobatsillalar oksidlashi mumkin bo‘lgan oltingugurtning tiklangan birikmalari ma’lum; bular – oltingugurt (S–), vodorod sulfid, tiosulfat (S2O3–), tritionat (S3O6–), tiotsianat (CNS–) va b. Oltingugurt birikmalarini oksidlashda ajraladigan energiyani tiobatsillalar o‘sish va biosintez uchun qo‘llaydi. Ularning asosiy turlari Thiobacillus turkumiga mansub, tayoqcha shaklli, gramsalbiy, mayda (1-4x0,5 mkm). Aksariyati polyar tomonlarida xivchinchali va harakatchan. Ko‘payishi binar bo‘linish orqali. Ba’zi turlari hujayra ichi membranalarining rivojlangan tarmoqlariga ega.


Nitrifikator bakteriyalar ammiakni oksidlash paytida ajratiladigan azot kislotasining ta’siri vositasida metallarda korroziya va serkovak qurilish materiallarida biozararlanish qo‘zg‘atadi. Bu jarayon 2 bosqichda o‘tadi. Birinchi bosqichni 5 ta, xususan Nitrosomonas, Nitrosococcus, Nitrosospira, Nitrosolobus va Nitrosovibrio turkumlariga mansub turlar amalga oshiradi:

NH4+ + 1,5O2 → NO2– + 2H+ + H2O + 270,7 kDj/mol


Ikkinchi bosqichda Nitrobacter, Nitrospira va Nitrococcus turkumlariga mansub turlar ishtirok etadi:


NO2– + 0,5O2 → NO3– + 77,4 kDj/mol


Har ikki bosqichda ajralib chiqqan energiyani nitrifikatorlar hujayralari o‘sishi va normal hayot kechirishi uchun ishlatadi.


Temir bakteriyalar qatoriga temirning tiklangan birikmalarini oksidlovchi va temir oksidlaridan hujayralari ustida cho‘kindi qatlami hosil qiluvchi, taksonomik jihatdan har xil guruhlarga mansub mikroorganizmlar, jumladan ipsimon bakteriyalar, sian bakteriyalari, fleksibakteriyalar va mikoplazmalar kiradi. Bularni faqat shartli ravishda (oldindan shunday qilingani uchun) litotroflar guruhiga qo‘shishadi.
Temir bakteriyalari 2 guruhga bo‘linadi. Birinchi guruhga obligat atsidofil xemolitoavtotroflar kiradi.
Organotrof bakteriyalar – biozararlanish qo‘zg‘atuvchilari
Litotrof bakteriyalar anorganik moddalar o‘zgarishi vositasida energiya olishi uchun, asosan metalllar va boshqa anorganik qurilish va sanoat materiallarida biozararlanish qo‘zg‘atadi. Organotroflar esa organik moddalarni oksidlashda hosil bo‘lgan energiyadan foydalanadi. Shu sababli ularning ko‘pchiligi organik moddalardan tashkil topgan sanoat materiallarida faol biozararlanish qo‘zg‘atuvchilardir. Shu bilan birga ulardan ba’zilari hosil qiladigan agressiv metabolitlari (organik kislotalar, ammiak, vodorod sulfid va b.) bilan metallarda korroziya qo‘zg‘atadi.
Ayniqsa neftni qayta ishlab olinadigan yonilg‘i, moylash materiallari va boshqa materiallarning bakterial parchalanishi diqqatga sazovordir.

Biozararlanishni qo‘zg‘atuvchi zamburug‘larning biologik xususiyatlari


Zamburug‘larning ba’zi morfologik, fiziologik va genetik xususiyatlari ular biozararlanishni qo‘zg‘atuvchi organizmlar orasida dominant vaziyatni egallashi uchun imkon yaratadi.
Materiallar zararlanishi uchun atrof-muhitda mikroorganizmlar bo‘lishi lozim. Zamburug‘lar yer kurrasining barcha qismlarida, tuproq, suv va havoda juda keng tarqalgan. Materiallarni zararlovchi zamburug‘larning ko‘pchiligi yuqori darajadagi ko‘payish energiyasiga ega. Misol uchun, quruq sporali (Aspergillus, Penicillium, Trichoderma va Scopulariopsis turkumlariga mansub) turlar yuz ming va millionlab konidiya hosil qiladi.
Biozararlashda mikroorganizmlar orasidagi zamburug‘larning dominant roli ularning juda boy fermentativ apparati ta’minlaydigan metabolik xususiyatlari bilan bog‘liq. Zamburug‘lar invertaza, amilaza, proteaza, lipaza, fosfataza, tannaza, (-aminokislotalar oksidazasi, pektin fermentlari, polifeniloksidaza, katalaza, sellyulazalar kompleksi va boshqa fermentlarni hosil qiladi. Boshqa mikroorganizmlarga nisbatan zamburug‘larning fermentativ apparati juda boy. Uning vositasida zamburug‘lar boshqa mikroorganizmlar ishlata olmaydigan substratlarda ham har xil kimyoviy o‘zgartirishlar yuzaga keltiradi va bunday substratlarni o‘zlashtiradi. Shu sabadan ular har qanday sanoat uskunasini o‘z vaqtidan oldin ishdan chiqara oladi.
Ekologik nuqtai nazardan zamburug‘lar organizmlarning juda o‘zgaruvchan va harakatchan guruhidir. Zamburug‘lar o‘zgaruvchanligi mexanizmlaridan biri – geterokarioz. Atrof-muhit sharoitlari o‘zgarishiga javoban geterokariotik mitseliyda u yoki bu tipga mansub yadrolar soni o‘zgarishi va natijada atrof-muhitning o‘zgargan sharoitiga zamburug‘ moslashishi mumkin. To‘xtovsiz yangi materiallar yaratilishi va yangi biotoplar paydo bo‘lishi jarayonida zamburug‘larning bu xususiyati muhim ahamiyat kasb etadi.
Mikroorganizmlar ta’sirida ro‘y beradigan bioyemirilishlar faqat qandaydir bir guruh namoyandalari emas, balki ham bakteriyalar, ham zamburug‘larni o‘z ichiga oluvchi kompleks ta’sirida amalga oshadi. Yuqorida izhor qilingan faktlar asosida, mikrobiologik shikastlanish bilan kurash choralarini ishlab chiqish jarayonida zararlanuvchi materiallarda zamburug‘ va bakteriyalarni o‘z ichiga oluvchi va har xil ekologik sharoitlarda o‘zgaruvchi assotsiatsiyalar paydo bo‘lishi mumkinligini har doim diqqat markazida tutish lozim.

Nazorat savollari


1.Litotrof bakteriyalar – biozararlanish qo‘zg‘atuvchilarini tushintiring.
2. Organotrof bakteriyalar – biozararlanish qo‘zg‘atuvchilari izohlab ikkala vakillarni taqqoslang.
3. Biozararlanishni qo‘zg‘atuvchi zamburug‘larning biologik xususiyatlarini tavsiflab bering.
Download 16,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish