Mavzu: Axloqiy-estetik qarashlarning shakllanishi va rivojlanishida dinning tuttan o’rni


Buddaviylik dinining paydo bo’lishi



Download 81,5 Kb.
bet3/4
Sana18.02.2022
Hajmi81,5 Kb.
#451051
1   2   3   4
Bog'liq
Axloqiy-estetik qarashlarning shakllanishi

Buddaviylik dinining paydo bo’lishi.
Buddaviylik dunyoda birinchi paydo bo’lgan jahon dinidir. Buddaviylik Xindistonda paydo bo’lgan. Buddaviylik ta’limotiga ko’ra, o’lim insonni xayot azob-uqubatlaridan xalos eta olmaydi, chunki o’limdan keyin xam insonni qayta tutilish kutadi.
Agar insonning o’zi xarakat qilmasa, uni xech kim va xech narsa bu dunyo azob-uqubatlaridan xalos bo’lishiga yordam bera olmaydi. Inson xatto xudolarga xam umid qilmasligi lozim. Budda xudoni inkor etmagan, lekin uning ta’limotiga ko’ra, xudolar insonlarni xayot azob-uqubatlaridan xalos etolmaydilar. Zero, ularning o’zlari xam bunday azob-uqubatlardan xoli emaslar, degan fikrni yuritadi. Xristianlik (nasroniylik) milodning I asrida Falastinda paydo bo’lgan. Xar bir jahon dinining muqaddas kitobi bo’lganidek, xristianlikning xam shunday kitobi mavjud bo’lib, u «Bibliya» deb ataladi. «Bibliya» so’zi grekcha «kitob» ma’nosini bildiradi.
Islom dini VII asrda Arabiston yarim orolida paydo bo’ldi. Islom — Allox. yagona degan e’tiqod bilan unga bo’ysunmoqlik, itoat etmoqlik va butun Qalb bilan unga ixlos qilmoqlik va Allox. buyurgan diniy e’tiqodga iymon keltirmoqlik demakdir. Alloxga itoat qilgan va Alloh yuborgan payg’ambarga ergashgan kishi musulmon (muslim — SADOQATLI) deyiladi.
Islom dini ta’limoti uning muqaddas kitobi — Qur’oni karimda bayon etilgan. Islom ta’limoti 7 aqidaga asoslanadi: Alloh farishtalar, muqaddas kitoblar, payg’ambarlar, oxirat, taqdir, o’lgandan keyin tirilish.
SHuningdek, islom dini 5 ta asosiy diniy marosim talablarini o’z ichiga oladi: kalimai shaxodat, namoz o’qish, ro’za tutish, zakot berish xajqilish.
Qur’on qanchalik mukammal muqaddas kitob bo’lmasin, u musulmonlar jamoasining barcha xuquqiy va Axloqiy masalalariga davr nuqtai nazaridan xamisha xam javob bera olmagan. Natijada VII—VIII asrlarda xadislar yozila boshlandi.
Xadislarda arab xalifaligidagi sinfiy ziddiyatlar, islom iloxiyoti, shariat talqini ifodalanib, turli sinflar va ijtimoiy guruxlar manfaati o’z ifodasini topganligi sababli, unda bir-biriga zid fikrlar yuzaga kelib qolgan. Davrlar o’tishi bilan xadislar tanlanib, tartibga solina boshlangan. Natijada islomda «Saxiyx», ya’ni «ishonarli to’plam» va «G’ayrisaxiyx», ya’ni «ishonarsiz to’plam» xadislari vujudga kelgan.
Islomda taniqli va nufo’zli xisoblangan kishilar tomonidan yetkazilgan xadislar «ishonarli» deb e’tirof etilgan. Ularning 6 ta tuplami vujudga kelgan. Bulardan ayniqsa ikkitasi — «Saxiyx al-Buxoriy» va «Saxiyx al-Muslim» ko’p e’zozlanadi.
Ad-Buxoriy to’plamidagi insonlarning bir-biriga mexribon, dilkash, xayoli, bir-birlariga ko’makdosh, og’ir kunlarda yelkadosh bo’lishlari, bir-birlariga nisbatan fisku-fasod qilmaslik, fitnakor va munofiq bo’lmaslik, gunox qilmaslik xaqidagi xadislar tarbiya ishida aloxida o’rin tutadi. Quyidagi xadislar bu fikrimizning dalilidir:

  • Quli bilan va tili bilan o’zgalarga ozor bermagan kishi musulmondir;

  • o’zi yaxshi ko’rgan narsani birodariga ravo ko’rmoqlik iymondandir;

— omonatga xiyonat qilmoqlik, yolg’on so’zlash, so’zida turmaslik, kek saqlashlik, noxaqlik qilish munofiqlikning alomatlaridir.
Umuminsoniy qadriyatlarga aylangan bu fikrlarga tan bermay ilojimiz yuq. Din vazifalarining falsafiy-nazariy jihatlari xam mavjud. Bu vazifa — insonga yashashdan maqsad — xayot mazmunini, dorulfano va dorulbakr dunyo masalalariga o’z munosabatini bildirib turishdan iboratdir.
Inson tushunchasining falsafiy mazmuni bor. Muayyan jamiyat va madaniyat tomonidan e’tirof etilgan odob-Axloq normalari, tartib-qoidalariga ixtiyoriy ravishda rioya etuvchi, mabodo tashqi ta’sir ostida yoki beixtiyor ularga xilof xatti-xarakat qilib qo’ysa, vijdon azobida qolib, chuqur iztirobga tushuvchi, o’zini o’zi kechirmovchi oliy bir zot insondir. U ma’naviy madaniyat, odob-Axloq, tashuvchi, jamiyat tayanchidir. Chunki insonning fe’l-atvori, xatti-xarakatini, butun faoliyatini ijtimoiy moxiyati ikkinchi darajali bo’lib qoladi. Insonning ajralmas atributi muayyan dunyoqarash negizida shakllangan iymondir.
Tarixan «iymon» va «din» tushunchalari bir-biriga yaqin tushunchalar sifatida e’tirof etiladi. Buning sababi shuki, barcha dinlar va diniy tashkilotlar Xudoyi taolo nuli xaq ekaniga ishonuvchi muqaddas kitoblardagi barcha da’vatlarga sadoqat ko’rsatuvchi, o’zi qabul qilgan dini yo’lida fidoyi bo’luvchi shaxslarni voyaga yetkazishni pirovard maqsad qilib qo’yadi. So’zi bilan amaldagi ishi bir, insof-diyonatli, saxovat-muruvvatli, vijdonli, xalol-pok, xavoyi nafsini jilovlay oladigan, xalq Vatan ishqi bilan yashaydigan, adolat timsoli bo’lgan va shu kabi olijanob fazilatlar egalari iymonli shaxslar xisoblanib kelingan. Ana shunday shaxslar diniy jamoatchilik fikri bilan rag’batlantirilgan.
Nopok, insof-diyonatsiz kishilar iymonsizlar, ya’ni Axloqsizlar qatoriga kiritilib, ularga nisbatan jamoatchilik nafrati ko’zg’atilib kelingan. Jumladan, iymonsiz odamlarning qizlarini kelin, kuyov qilishdan xazar qilganlar. Uyat-nomusga asoslangan turmush tarzi xar qanday sharoitda xam «iymonsiz» degan nomni olishdan o’zini extiyot qilish xis-tuyg’ularini shakllantirgan.
Dinlar, jumladan, islom dinining iymonli odam shaxsini kamol toptirish yuzasidan to’plangan boy tarixiy tajribasi O’zbekistonda ma’naviy-Axloqiy muxitni sog’lomlashtirish omillaridan biridir.
Musulmon dini, nasroniylik, buddizm, iudaizm va boshqa dinlarga e’tiqod qo’yib, iymon keltirgan odamlar ko’p. Xozirgi paytda diniy yo’lga kirib, ichkilikdan, giyoxvandlikdan, foxishalikdan, poraxo’rlikdan o’z ixtiyorlari bilan qaytayotgan odamlar bor. Xamma dinlarning asosiy vazifasi inson qalbini iymon nuri ila baxramand etib, poklanish uchun odamda insoniy tuyg’uni xosil etishdir.
Din, diniy tashkilotlar, chin ruxoniylarning bu boradagi sa’y-xarakatlari jamiyatimizni poklanishda sezilarli axamiyatga ega. Ayni chog’da iymon aqlli odam ongining nodir xodisasi bo’lib, u muayyan oliy G’oya — ideal zaminda shakllanadigan ma’naviy-ruxiy xolat ekanini nazarda tutish lozim. Aql soxasi tantanasi davri kelishiga ishonch ruxining inson ongi va qalbidan joy olishi umumbashariy iymon uchun G’oyaviy asos bo’lib qolishi mumkin. Xadislarda xam faqat diniy ibodat emas, balki yaxshi fe’l-atvorlar, amallarga ega bo’lgan kishilargina iymonli xisoblanishlari aytiladi.
Sog’lom oila, bog’cha va maktab tarbiyasi, jamoatchilik ta’siri, davlatning madaniy-ma’rifiy tadbirlari va ijtmioiy adolatni xuquqiy jixatdan muhofaza qilish, ijtimoiy-iqtisodiy, milliy munosabatlarni insoniylashtirish yo’lidagi harakatlar va shu kabilar odamning insonga aylanib borishidagi zaruriy omillardir. Vijdonlilik, vatanparvarlik, xalqparvarlik kabi g’oyalar insonda ezgu tuyg’ularni uyg’otib, iymonlilik fazilatlarini yuzaga keltiradi. Ayniqsa, adabiyot va san’at asarlaridagi ijobiy qaxramonlar aslida iymonli insonlar timsoli ekani bizga ma’lum. Iymonning oliy turi muayyan dunyoqarash bilan bog’lik ekan, bunda falsafa xamda boshqa ijtimoiy va gumanitar fanlar o’ynaydigan rolni inkor etib bo’lmaydi.

Download 81,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish