Memo matn chiqarish qatori. Memo matnlarni bir necha qator qilib chiqarish uchun ishlatiladi.
Memo matn chiqarish qatorini ekranga joylash uchun Delphining Standart palitrasi (uskunalar paneli) dan “ab” piktogrammasi yonidagi Memo tugmasi belgilanib forma ustiga kelinadi va sichqoncha tugmachasini bosgan holda matn chiqarilishi lozim bo’lgan joy ajratiladi. Natijada Memo1 matn chiqarish maydoni hosil qilinadi. Bu matn chiqarish maydoni dasturda natijalarni chiqarishda qo’l keladi. Natijani chiqaoishda u dastur ichida quyidagicha ishlatiladi. Memo1.Lines.add('Yechim='+S); Memo maydonini tozalash esa natijani chiqarishdan oldin modulda Memo1.Clear; buyrug’ini berish bilan amalga oshiriladi.
Button tugmachasi. Button tugmachasi bosilishi natijasida kutilishi lozim bo’lgan jarayonlar (masalan, hisoblashlar yoki bajarilishi lozim bo’lgan operasiyalar) bajarilishga tushiriladi.
Button tugmachasini ekranga joylash uchun Delphining Standart palitrasi (uskunalar paneli) dan “Ok” piktogrammasi belgilanib forma ustiga kelinadi va sichqoncha tugmachasini bosgan holda tugmacha qo’yilishi lozim bo’lgan joy ajratiladi. Natijada Bottom1 tugmachasi hosil qilinadi. Tugmacha nomini o’zgartirish Caption xosasiga kirilib o’zgartiriladi.
Dasturdagi hisoblash jarayonlari, kiritish va chiqarish operasiyalari hosil qilingan tugmachani ikki marta tez-tez bosish bilan “sobitiyani qiyta ishlash” darchasiga o’tilib, u yerdan modul ichiga kerakli operatorlarni yozish bilan amalga oshiriladi.
Boshlang’ich forma ilovasini yaratish Delphida boshlang’ich formani tuzish forma Form1 xossalarini o’zgartirish bilan boshlanadi. Forma xossalarini uning tashqi ko’rinishini, ya’ni uning o’lchami, ekranda joylashishi, oynasi ko’rinishi va sarlovha matnini aniqlab beradi. Uning xossalari Object Inspector oynasida keltirilgan bo’lib, oynaning chap ustunida xossa nomlari va o’ng ustunida uning qiymatlari berilgan. Formaga yangi komponentalarni joylashtirish uncha kata qiyinchilik tug’durmaydi. Biror bir komponentani joylashtirish uchun uni komponentalar politrasidan belgilab olib, keyin uni bir marta chiqillatish kerak va keyin xossalarini o’zgartirish uchun uning formadagi ko’rinishini sichqonchada yana bir marta chiqillatish zarur.
Masalan, Label (metka) komponentasini formaga joylashtirish uchun uni Standart komponentalar politrasidan topib u sichqonchada bir marta chiqilatiladi, natijada formada u Label1 nom bilan joylashadi. Bu komponenta formaga har xil matnlarni joylashtirish uchun xizmatqiladi. Uning boshlang’ich holatini va xossalarini o’zgartirish uchun uni formadan belgilaymiz. Uning Label1 standart nomini o’zgartirish uchun obyekt inspektori oynasidan Caption xossasiga kiramiz va Label1 nomni o’chirib o’rniga, masalan, “Mening birinchi dasturim” degan so’zni yozamiz. Yozilgan matn rangi va o’lchamini o’zgartirish esa Font xossasiga kirilib Size va Color parametrlarini o’zgartirish bilan amalga oshiriladi.
Yana bir komponentani - Botton (tugmacha) komponentasini formaga joylashtiraylik. Bu komponenta dasturchi tomonidan berilgan (kiritilgan) dastur kodlarini ishga tushirish uchun mo’ljallangan. Unga xodisalarni qayta ishlovchi (On Click - obrabotchik sobыtiya) deyiladi.