A(5)=(a1, a2, a3, a4, a5)
misolida tushuntirish mumkin. Bu yerda a1, a2, … - massiv elementlaridir. Ularni ifodalashda ko`rsatkichli (indeksli) o`zgaruvchilardan foydalaniladi.
Matematika kursidan ma’lumki, ko`rsatkich (indeks) o`zgaruvchilarning tartiblangan ketma – ketligidagi o`rnini bildib, qavslar ichiga olinib yoki massiv nomidan birmuncha pastda ko`rsatilar edi, masalan A(1) yoki A1, umumiy holda esa Ai, bu yerda i= 1, 2, …,n.
Paskal tilida o`zgaruvchilarning ko`rsatkichi to`rtburchak qavslar ichiga olinib yoziladi, ya’ni A[1]=1.5, A[2]=14.7, A[3]=-5.0, A[4]=8.5, A[5]=0.45 .
Agar dastruda massiv ishlatilayotgan bo`lsa, u holda uni o`zgaruvchilar bo`limi var yoki toifalar bo`limi type da tavsiflash zarur, masalan, var bo`limida massiv quyidagi ko`rinishda tavsiflanadi:
Var ;
Array [] Of ;
Bu yerda - ixtiyoriy identifikator, array (massiv) va of (-dan) – xizmatchi so`zlar, - ko`rsatkichli toifa, bu toifa qiymatlari massiv elementlarining sonini belgilaydi va ko`rsatkichlarni yozish uchun ishlatiladigan belgilarni ko`rsatadi, shuning uchun bu toifa sifatida real va cheklanmagan integer toifasidan tashqari barcha oddiy toifalarni ishlatish mumkin, - massiv elementlarining toifasi bo`lib, bu toifa sifatida fayl va to`plam toifasidan boshqa barcha toifalarni ishlatish mumkin.
Yuqorida ko`rib o`tilgan A vektorni massiv ko`rinishida dasturda quyidagicha tavsiflash mumkin:
Var A: array [1..5] of real;
Indeks sifatida faqat aniq son emas, qiymati massiv elementining tartib raqamini belgilovchi ifoda ham ishlatilishi mumkin, masalan, A[I+5], B[I div (j+6)], C[n1 or n2], year[1988] va h.k. Ko`rsatkichli ifoda qiymatining toifasi qiymatlarining to`plami massiv elementlarining sonini va ularning tartiblanganligini aniqlovchi to`plam bo`lishi kerak. Quyida ko`rsatkich toifasi sifatida Paskalda ishlatilishi mumkin bo`lgan toifalar bilan tanishamiz.
Ma’lumki, Paskal tilida integer va real toifasidagi ma’lumotlar to`plami cheklanmagan, real toifa esa, shuningdek, tartiblanmagandir ham. Shu sababli ko`rsatkich toifa sifatida integer va real toifasiga mansub ma’lumotlardan foydalanish mumkin emas, ya’ni quyidagicha yozilishi mumkin emas:
Var A: array [5] of real;
C: array [integer] of real;
B: array [1.20..1.45] of integer;
Ko`p hollarda ko`rsatkich toifasi sifatida chegaralangan toifa, ko`pincha chegaralangan butun toifa ma’lumotlari ishlatiladi. Masalan, 100 ta haqiqiy elementlardan iborat massiv quyidagi ko`rinishda tavsiflanishi mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |