Texnologik qurilmalar
Avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish (TXK) va ta’mirlash (T) vaqtida agregat, mexanizm, detallarga (pastdan, yonboshdan) qulay yondashishni ta’minlovchi dastgohlar kiradi. Bularga: ko’rish chuqurlari, estakadalar, avtomobillarni saqlash joylarida qo’llaniladigan rampalar, liftlar, bir va ko’p qavatli maydonchalar kiradi.
O’lchov va nazorat vositalar
Stendlar va asboblar (pribor) turlariga bo’lib o’rganamiz. Stendlar avtomobilning umumiy holatini yoki uning ayrim agregat, tizim va birikmalarini tekshirish uchun mo’ljallangan bo’lishi mumkin.
Avtomobilning diagnostik stendlari asosan bir joyga o’rnatilgan bo’lib, avtomobil tizimlarini umumiy yoki elementlar bo’yicha tekshirishga mo’ljallanadi, masalan tormoz tizimini yoki osmani tekshiradi hamda o’lchangan parametrlarni me’yorga to’g’ri kelishini aniqlab beradi.
Nazorat – diagnostika jihozlari quyidagi guruhga bo’linadi:
I-guruh. Avtomobilning harakat xavfsizligini ta’minlovchi diagnostikalash jihozlari: - yengil avtomobillarning tormozlanish xususiyatini diagnostika qiluvchi qurilmalar; yuk avtomobillari va avtobuslarning tormozlash xususiyatini diagnostika qilish jihozlari; avtopoezdlarning tormozlash qobiliyatini diagnostika qilish qurilmalari; faralarni nazorat qiluvchi qurilmalar; rul boshqarmasini nazorat qiluvchi qurilmalar; oqimli qatordagi 1-diagnostika kompleks posti.
II-guruh. Avtomobillarni tortish-tejamkorlik sifatini diagnostikalash jihozlari: yengil va yuk avtomobillari va avtobusning tortish sifatini diagnostikalash qurilmalari; yonilg’i sarfini o’lchagichlar; ta’minot tizimi asboblarini diagnostikalash jihozlari; chiqindi gazlar zaharliligini diagnostikalash jihozlari; krivoship-shatun va gaz taqsimlash mexanizmlarini diagnostikalash jihozlari; dvigatel, uzel va birikmalarning texnik holatini vibroakustik usul bilan diagnostikalash jihozlari.
III-guruh. Elektr asboblarini diagnostikalash jihozlari: akkumulyator batareyasini zaryadka qilish va tekshirish jihozlari; generator va starterlarni tekshirish jihozlari; elektr qurilmasining ba’zi asboblarini tekshirish va texnik xizmat ko’rsatish jihozlari; dvigatel analizatorlari; motor-testerlar.
IV-guruh. Avtomobillarning yurish qismi va transmissiyasining agregatlarini diagnostikalash jihozlari: boshqariladigan g’ildiraklarning o’rnatish burchagini diagnostikalash qurilmalari; avtomobil osmasini diagnostikalash qurilmalari; uzatmalar qutisi, ilashish muftasi, gidromexanik uzatma (GMU), kardan uzatmasi va orqa ko’prikni diagnostikalash jihoz va asboblari; avtomobil g’ildiraklarini muvozanatlovchi jihozlar.
V-guruh. Ba’zi agregatlarni tuzatilgandan so’ng texnik nazoratdan o’tkazish va sinash jihozlari: dvigatellarni sinash jihozlari; uzatmalar qutisi, GMU va tabaqalash qutisini sinash jihozlari; avtomobil ko’priklarini sinash jihozlari; amortizator, ressora va osmani sinash jihozlari; ko’tarish mexanizmini sinash jihozlari; rul mexanizmlarini sinash jihozlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |