Texnologik moslamalar
Ishlab chiqarish jarayonining texnik ta’minlash elementi sifatida asosiy va yordamchi texnologik amallarni jihoz bilan birgalikda yoki mustaqil ravishda ish qobiliyatini oshirish, ishchining muskul kuchini kuchaytirish hamda bajarilayotgan amalni sifatini yaxsxilash maqsadida ishlatiladigan alohida qurilmadir. Ularni birinchisi maxsus uskunalar bo’lib, ular oddiy, ya’ni qo’l kuchi yordamida foydalaniladigan yoki mexanizatsiyalashgan bo’ladi. O’z navbatida ular hammabop va maxsuslashgan turlarga bo’linadi. Maxsuslashgan uskunalar o’lchash, ishlov berish hamda ajratish-yig’ish ishlari uchun ishlatiladi. Masalan, har xil yechkichlar, detallarni presslash va chiqarish vintli moslamalari, elastic detalli yig’ma birikmalarni ajratish va yig’ish uchun qisqichlar, nazorat shablonlari, ustqo’yma va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |