Mavzu: “avesto”- ajdodlarimizning ilk yozma tarixiy manbasi. Darsning maqsadi: Ta'limiy



Download 35,42 Kb.
bet9/12
Sana16.01.2022
Hajmi35,42 Kb.
#371938
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Tohiriylar davlati

8-asr oxiri 9-asr boshida xalifalikni larzaga keltirgan og’ir siyosiy vaziyat abbosiylarni Movarounnahr va Xurosonda olib borilayotgan siyosatni o’zgartirishga majbur etdi. Mahalliy zodagonlar Movarounnahr va Xurosonni nafaqat o’z tasarruflariga o’tkazib oldilar, balki xalifalik markazida ham hokimiyatni boshqarishda tobora ko’proq rol o’ynaydigan bo’lib qoladilar. Bunga, ayniqsa, xalifa Horun ar-Rashid (786-809) vafotidan so’ng uning o’g’illari Ma’mun bilan Amin o’rtasida 809-813-yillarda taxt uchun bo’lgan kurash katta yo’l ochib berdi.

Xalifalikning markaziy qismidagi arablar Aminni xalifalik taxtiga ko’taradilar. Bundan norozi bo’lgan Ma’mun ukasi Aminga qarshi kurash boshlaydi. Hirot viloyatining zodagonlaridan Tohir ibn Husayn boshliq Xuroson va Movarounnahr mulkdorlari unga yordam beradilar. 813-yilda ular Bag’dodga yurish qiladilar. Poytaxt qo’lga kiritilib, Ma’mun xalifalik taxtiga o’tiradi. Buning evaziga Tohir 821-yilda Xuroson va Movarounnahr noibi etib tayinlanadi. Shuningdek, Ma’mun Movarounnahr zodagonlarining ham yordamini unutmadi. Somonxudotning nabiralarini ayrim shahar va viloyatlarga noib qilib tayinlaydi. Nuhga Samarqand, Ahmadga Farg’ona, Yahyoga Shosh va Ustrushona, Ilyosga esa Hirot tegadi. Buning evaziga aka-uka somoniylar Movarounnahrning har yilgi xirojidan juda katta mablag’ini tohiriylar orqali xalifa xazinasiga yuborib turadilar.

Tohir davlat ishlarini mustaqil idora etish maqsadida 822-yilda xalifa nomini xutbadan chiqartirib yuboradi.

Bu amalda Bag’dod bilan aloqani uzish va o’zini mustaqil deb e’lon qilish edi. Biroq ko’p vaqt o’tmay u to’satdan vafot etadi. Tohirning o’g’illari Talxa va Abul Abbos Abdulloh otasining o’rniga birin-ketin noiblik qiladilar. Shunday qilib, Xuroson va Movarounnahr boshqaruvi tohiriylar xonadoniga meros bo’lib qoladi. Abul Abbos Abdulloh noibligi (830-844) davrida poytaxt Marvdan Nishopur shahriga ko’chiriladi.

Movarounnahr shaharlarida noiblik qilayotgan Somonxudot avlodlarining mahalliy noibligi tohiriylar tomonidan tan olinadi. Somoniylar esa, o’z navbatida, tohiriylarga tobe sifatida Movarounnahrni idora etadilar. Bu, shubhasiz, Xuroson va Movarounnahrda bir asrdan oshiqroq hukm surgan xalifalik hukmronligining tugaganligini bildirardi.




Download 35,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish