Darsning asosiy qismi: (Yangi mavzu bayoni)
19-asrning ikkinchi yarmida Turkistonda Rossiya imperiyasi o’matgan mustamlakachilik tuzumi mahalliy aholini siyosiy huquqlardan mahrum etdi, milliy, diniy qadriyatlarini tahqirladi, iqtisodini esa imperiya maqsadlariga bo’ysundirib, xalqning turmushi, moddiy ahvolini yomonlashtirib, qashshoqlanishiga olib keldi. 1886-yilgi «Turkiston o’lkasini idora qilish to’g’risidagi Nizom»ga ko’ra, o’lkada mustamlaka siyosati va rejimi qonun hujjatlari asosida mustahkamlab qo’yildi. Buning natijasida o’lka aholisiga nisbatan jabr-zulm yanada kuchaydi. Ushbu Nizomning o’z oldiga qo’ygan asosiy maqsadi bu o’lkada yer masalasini mustamlakachilik manfaatlariga moslashtirish bo’lgan. «Nizom» e’lon qilingandan so’ng unda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda mahalliy aholining milliy, diniy va mahalliy xususiyatlari inobatga olinmadi. Mazkur «Nizom» asosida podsho ma’murlari mahalliy xalqqa tegishli yerlarning katta qismini tortib oldi va ular asosida Rossiyadan ко’chib kelganlar uchun yer fondi tashkil etildi. Bunday siyosat yer masalasi juda nozik bo’lgan, aholi zich joylashgan, ayniqsa, sug’oriladigan ekin maydonlari kam bo’lgan Farg’ona vodiysida mahalliy aholining ahvolini yomonlashtirib yuboradi. Bundan tashqari,Vodiyda paxta yetishtirishning ko’paytirilishi sababli g’alla, ozuqabop ekinlar maydoni va yaylovlarning qisqarishi, oziq-ovqat va boshqa mahsulotlar narxini keskin oshirib yubordi. 1891-yilda Rossiyadan aholining Farg’ona viloyatiga ko’plab ko’chirib keltirilishi, ularning joylashtirilishi yer taqchil va aholi zich yashaydigan vodiyning ahvolini nihoyatda yomonlashtirib yubordi. Shubhasiz, podsho hukumatining bunday harakatlari mahalliy aholi noroziligini yanada ortib borishiga sabab bo’ldi. Mustamlakachi hukumat Turkiston o’lkasining barcha joylarida mahalliy aholining milliy va diniy qadriyatlarini hisobga olmasdan, ularga qarshi siyosat olib bordi.Podsho hukumati tomonidan o’lkadagi vaqf mulklari qisqartirildi. Vaqf mulklariga tegishli yerlarni tugatishga qaratilgan chora-tadbirlar esa vaqf yerlarini katta qismi davlat mulkiga aylantirilishiga olib keldi. Bu o’lka hayotida, keng xalq ommasi o’rtasida yuqori nufuzli din peshvolari, diniy muassasalar va ta’lim maskanlarida ish olib boradigan mutasaddilarning keskin noroziligini keltirib chiqardi. Norozilik harakatlariga o’lka ma’muriyatining mahalliy xalq manfaatlaridan imperiya manfaatlarini ustun qo’yuvchi siyosat olib borishi, tub aholi yashash sharoitlarining yomonligi, soliqlarning nihoyatda ko’pligi, amaldorlarning poraxo’rligi va o’z mansabini suiiste’mol qilishlari, to’lovlar hamda majburiyatlarning og’irligi kabilar sabab bo’ldi. Maorif, tibbiy xizmat, obodonchilik ishlari qarovsiz bo’lib, ularga hukumat tomonidan mablag’ ajratilmagan. Bunday salbiy holatlar mahalliy xalqlarning mustamlakachilarga nisbatan nafratini oshirib, ularga qarshi g’alayon va qo’zg’olonlar ko’tarishiga olib keldi.
Turkiston o’lkasida 19-asrning oxirlarida bo’lib o’tgan norozilik harakatlaridan biri bu 1898-yildagi mahalliy xalqlarning mustamlaka jabr-zulmiga qarshi qaratilgan Andijon qo’zg’oloni hisoblanadi. Bu qo’zg’olon mahalliy aholining Turkistondagi Rossiya imperiyasining hukmronligiga va uning mustamlakachilik siyosatiga qarshi qaratilgan harakatlaridan biri sifatida bo’lib o’tdi. Unga vodiy aholisi orasida Dukchi eshon nomini olgan Muhammad Ali (1846-1898) rahbarlik qildi. Dukchi eshon mutaassib dindorlardan edi. U oddiy fizikaviy holatlardan foydalanib, sodda xalq o’rtasida mo’jizalar ko’rsatgan. Uni «avliyo» deb hisoblagan aholi qo’zg’olonga boshchilik qilishga undagan. 1898-yilning bahor faslida vodiyning turli joylarida Muhammad Ali boshchiligida qo’zg’olon bo’lishi haqida gaplar tarqaladi. Bu voqea va Dukchi eshon to’g’risidagi ma’lumotlardan mustamlakachi ma’murlar ham xabardor bo’lgan. Mahalliy aholining mustamlakachilik jabr-zulmlariga qarshi norozilik harakatlarining oshkora qo’zg’olon ko’rinishida boshlanib ketishiga 1898-yil 17-may kuni Muhammad Ali o’z odamlari orqali atrofdagi qishloqlarga xabar tarqatib, qo’zg’olon boshlash vaqti kelganligini e’lon qilishi sabab bo’ldi. Shu kuni tunda qo’zg’olonchilar tomonidan Tojikqishloqdagi telegraf simlarining qirqib tashlanishi bilan qo’zg’olon boshlanib ketdi. Ular yo’lda uchragan Asaka pristavini o’ldirdilar. Dukchi eshon boshchiligidagi qo’zg’olonchilar ikkiga bo’linib, ularning biriga Ziyovuddin maxsum boshchilik qildi. Qo’zg’olonchilar Qutchi qishlog’iga yetib borganlarida ularning safiga yana 200 kishi, Qo’yli qishlog’iga borganlarida esa mingboshi G’oyibnazar o’z odamlari bilan qo’shildi. Shundan keyin qo’zg’olonchilar Andijondagi harbiy kazarmaga hujum qildilar. Volost boshlig’i mirshablar bilan. Farg’ona viloyati. Qo’zg’olonchilar bilan mustamlakachi ma’muriyat harbiy kuchlari o’rtasida ro’y bergan to’qnashuvdan keyin kuchlar va harbiy qurol-aslahalar teng bo’lmaganligi bois qo’zg’olonchilar chekinishga majbur bo’ldilar. Bu to’qnashuvda harbiy kazarma jangchilaridan 22 tasi o’ldirildi, 22 tasi yarador bo’ldi. Qo’zg’olonchilardan 11 tasi halok bo’ldi, 8 tasi yarador qilindi. Shaharda harbiylar bilan qo’zg’olonchilar o’rtasida ro’y bergan ayovsiz otishmalar natijasida nafaqat qo’zg’olonchilar, balki, ko’plab tinch aholi vakillari ham halok bo’ldi. Nikolay II Turkiston general-gubernatori general-leytenant A. Vrevskiyni lavozimidan chetlatib, uning vazifasini vaqtinchalik Sirdaryo viloyati harbiy gubernatori N. Korolkov zimmasiga yukladi. U mustamlakachilik siyosatini o’ta qattiqqo’llik bilan amalga oshirish borasida nafaqat o’lkada, balki imperiya hukmron doiralari orasida ham tanilgan edi. Uning zimmasiga qo’zg’olonchilarni batamom yo’q qilishga qaratilgan jazo ekspeditsiyasiga shaxsan rahbarlik qilish ham topshirildi. N. Korolkov 1898-yil 20-may kuni qo’zg’olon ko’tarilishining oldini olmaganligi uchun Farg’ona viloyat harbiy gubernatori va bir qancha amaldorlarni lavozimidan bo’shatdi. 1898-yilgi qo’zg’olon garchi tor-mor etilgan bo’lsa-da, mahalliy xalqlarning mustaqillik va ozodlik uchun kurashlarini to’xtata olmadi. O’lkaning turli hududlarida norozilik harakatlari turli ko’rinishlarda davom etdi. Qo’zg’olon bo’lib o’tgandan keyin bir yil o’tib, 1899-yil 20-iyunda Farg’ona vodiysida yana yangi qo’zg’olon boshlandi. Mustamlakachilikka qarshi qo’zg’olonlar Turkiston o’lkasining deyarli barcha hududlarida davom etdi. Turkiston o’lkasi Rossiya imperiyasi uchun eng notinch, to’xtovsiz norozilik harakatlari va qo’zg’olon bo’lib turadigan hududga aylanib qoldi. 1898-yilda Andijonda boshlangan qo’zg’olon ham O’lkaning boshqa joylarida bo’lib o’tgan qo’zg’olonlar singari mustamlakachi hukumatning harbiy kuchlari tomonidan bostirildi. Qurolsiz qo’zg’olonchilar yaxshi qurollangan mustamlakachilarga qarshi kurashlarda g’alaba qilishi amri mahol edi. Bu qo’zg’olonni mag’lubiyatga olib kelgan sabablardan biri, uning o’lka bo’ylab keng yoyilib ketmaganligi va mahalliy aholining barcha tabaqalari unda ishtirok etmaganligi bo’ldi.
Darsni mustahkamlash uchun savollar:
1. Andijon qo’zg’oloni boshlanishi sabablarini sanab bering.
2. Qo’zg’olonning shafqatsiz bostirilganligini qanday dalillarda ko’rishmumkin?
3. Andijon qo’zg’oloni nima uchun mag’lubiyatga uchradi?
4. Bu qo’zg’olonning ahamiyati nimada?
Darsni yakunlash:
a)O’quvchilarni ma’naviy rag’batlantirish: Baholash.
b)Uyga vazifa: Mavzuni o’qib o’rganib keliash.
O`quv – tarbiyaviy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosarining imzosi:___________
Do'stlaringiz bilan baham: |