c)Rivojlantiruvchi-o’quvchilarning Arab xalifaligi mamlakatimiz mustaqil davatlari to’g’risidagi bilimlarini yanada oshirish;
Dars jihozi: darslik, siyosiy xarita, tarqatma material, test materiallari.
Tashkiliy qism:
A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;
B) O’quvchilar bilan salomlashish.
C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.
D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;
E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;
Qarluqlar davlati
Qadimda Oltoyning g’arbida, so’ngra Irtish daryosining o’rta oqimida yashagan qarluqlar qadimiy turkiy qabilalardan hisoblangan. 6-7-asrlarda ular Turk xoqonligi tarkibiga kirgan. 8-asr o’rtalarida Yettisuv o’lkasida Qarluqlar davlati tashkil topdi. Bu davlatning poytaxti Chu daryosidan shimolroqda joylashgan Suyob shahri edi. Qarluqlar davlati hukmdori «yabg’u» yoki «jabg’u» deb yuritilgan. 10-asr o’rtalariga borganda qarluqlarning kattagina qismi musulmon bo’lgan. Bu davrda bir nechta shaharlarda jome masjidlar bino qilingan.
Qarluqlar davlati shimol va sharqdan Elsuvi daryosi vodiysigacha, chigil qabilasi yaylovlarigacha; g’arbdan o’g’uz yurti va Farg’ona vodiysi; janubda esa yag’molar vohasi va Sharqiy Turkiston bilan chegaralangan. Bu diyorda poytaxtdan tashqari Jo’l, Navkat, Karmankat, Yor kabi shaharlar va qator qishloqlar qad ko’targan. Aholi qo’ychilik, tog’ jilg’alari bo’ylarida esa dehqonchilik bilan shug’ullangan. Sharqiy Turkiston va Movarounnahr bilan savdo-sotiq olib borilgan. Chetga asosan jun va junli mahsulotlar: gilam, sholcha, namat kabilar olib chiqilgan.
O’g’uzlar
Turk xoqonligi hukmronligi davrida o’g’uzlar uning tarkibida bo’lgan. Turk xoqonligi yemirilgach, o’g’uzlarning kattagina qismi Sirdaryo havzasi hamda Orol dengizi bo’yida muqim o’rnashib olganlar. Ular 9-asr oxiri va 10-asr boshida O’g’uzlar davlatiga asos soladilar.
Sirdaryo quyi oqimi bo’yidagi Yangikent shahri O’g’uzlar davlatining poytaxti bo’lgan. 10-asrdan boshlab o’g’uzlar islom dinini qabul qiladilar.
10-asrning birinchi choragida O’g’uzlar davlati shimoli sharqdan qo’zg’algan qipchoqlar tomonidan qaqshatqich zarbaga uchrab, bo’linib ketadilar. Ular o’z yurtini tark etib, bir qismi g’arbga, Shimoliy Kavkaz dashtlariga borib o’rnashadi. Ularning ikkinchi qismi esa avval Movarounnahrga kirib boradi va undan janubi g’arbga siljib, yangi sulola saljuqiylar boshchiligida Old Osiyo mamlakatlarini istilo qilishga kirishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |