Ilm-fan va madaniyat
G’aznaviylar davlatida ilm-fan va madaniyat, xususan, adabiyot rivojlangan. Mahmud G’aznaviy turkiy ona tili bilan bir qatorda fors, arab va pahlaviy tillarini ham mukammal bilgan, she’r bitgan. Poytaxt saroyida 400 dan ortiq olim, shoir va san’atkorlar ijod qilgan. Abu Rayhon Beruniy, Nosir Xusrav, Gardiyziy va Bayhaqiy kabi buyuk mutafakkirlar G’aznada yashaganlar. Beruniy «Qonuni Ma’sudiy», Bayhaqiy «Tarixi Ma’sudiy» asarlarini sulton Ma’sudga bag’ishlaganlar. Abul Qosim Firdavsiy mashhur «Shohnoma» dostonini Mahmud G’aznaviyga taqdim etgan. G’aznaviylar davlatida qurilish va me’morchilikka ham jiddiy e’tibor berilgan. G’azna, Balx, Nishopur, Lohur va boshqa shaharlarda ko’plab madrasalar, masjid, xonaqoh va saroylar bino qilinib, kutubxonalar faoliyat ko’rsatgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |