Mavzu: Audit fanining predmeti, metodi va obyekti Reja: Auditning paydo bo‘lishi va rivojlanishi. “Audit” fanining predmeti va obekti



Download 39,03 Kb.
bet2/3
Sana03.07.2022
Hajmi39,03 Kb.
#738287
1   2   3
Bog'liq
Audit fanining predmeti obyekti va metodi

Tasdiqlovchi audit – bunda asosan hisob registrlari va hujjatlar tekshirildi.

  • Maqsadli sistemali audit – bu bosqichda muomala (operatsiya)larni nazorat qilish sistemasini kuzatish imkoniyati yaratildi.

  • Tavakkalchilikka asoslangan audit - sistemani nazorat qiluvchi shaxslar tomonidan qabul qilingan boshqaruv qarorlariga baho beriladi.

    Maqsadli sistemali audit shakllanishi bilan auditorlar ichki nazorat orqali ekspertiza о‘tkaza boshladilar. Buning oqiba-tida shu narsa isbotlandiki, agar ichki nazorat tizimi samarali tashkil qilingan bо‘lsa, xato va kamchiliklarni aniqlash uchun jiddiy tekshirishlar о‘tkazishga hojat qolmaydi.
    Tavakkalchilikka asoslangan audit yoppasiga yoki tanlov yо‘li bilan о‘tkaziladigan tekshirish bо‘lib, u korxona faoliyati sharoitidan kelib chiqadi va asosan tor doiradagi obyektlarni tekshirish bilan yakunlanadi.
    Davlat organlarining auditorlik xizmatlariga munosabati turlicha. Masalan, AQSH va Buyuk Britaniyada auditorlik tashkilotlari mustaqil bо‘lib, ular auditorlarni о‘zlari tayyorlaydilar, tegishli malakaviy unvonlarni beradilar va keyinchalik ham ularning о‘z vazifalarini vijdonan, halol bajarishlarini nazorat qilib turadilar. Boshqa Yevropa mamlakatlarida auditorlik faoliyati hukumat organlari tomonidan tashkil qilinadi.
    Bozorning kengayishi bilan auditorlik firmalari kо‘rsatadigan xizmatlar turlari va hajmlari ham ortib boradi. Kо‘plab firmalar odatdagi buxgalteriya hisobiga oid maslahatlar va xizmatlardan tashqari soliqqa tortish, boshqaruv faoliyati va axborotlarni olish texnologiyasi, marketing, moddiy ishlab chiqarish zahiralarini baholash, iqtisodiy rejalashtirish va istiqbolni belgilash, bank va sug‘urta ishlari bо‘yicha ham xizmat kо‘rsata boshladilar.
    2.“Audit” fanining predmeti va obekti.

    Auditning о‘ziga xos predmeti va obyektlari mavjud. Audit maxsus fan sifatida ma’lum maqsadga qaratilgan va bir qancha vazifalarni bajaradi. Auditning perdmeti xо‘jalik yurituvchi subyektlar, ularning faoliyatlari hisoblanadi. Ma’lumki korxonalar о‘z ustavlariga asosan faoliyat yuritadilar. Ushbu faoliyat jarayonida moliyaviy, moddiy va mehnat resurslaridan foydalaniladi. Korxonalarning aktivlari doimiy ravishda daromad, foyda olishga qaratilgan bо‘ladi. Lekin, ushbu natijalarga faqat qabul qilingan qonun-qoidalarga tо‘liq amal qilgan holda erishish mumkin. Korxonalar о‘z faoliyatlarida meyoriy hujjatlarga, qabul qilingan qoidalarga rioya qilishlari shart. Har bir korxona о‘zining hisob siyosatini belgilaydi va unga asosan hisob-kitoblarni yuritadi. Audit paytida korxona faoliyatining qabul qilingan qonunlarga monandligi, hisob ma’lumotlarining korxona moliyaviy-xо‘jalik kо‘rsatkichlariga muvofiqligi tekshiriladi.


    Auditning predmeti taftishdan farqli о‘laroq korxonaning faqat bir faoliyat turi yoki birgina kо‘rsatkichi bо‘lishi mumkin. Misol uchun, savdo faoliyati, ishlab chiqarish faoliyati yoki bо‘lmasa pul mablag‘lari, tovarlar, qimmatli qog‘ozlar, valyuta operatsiyalari va boshqalar. Auditning predmetiga korxona moliyaviy hisobotning tо‘g‘riligi, hisob siyosatiga, soliq siyosatiga tо‘liq amal qilinishlikni tekshirish ham kiradi. Auditning aniq predmeti yoki obyekti mijoz bilan tuzilgan shartnomaga bevosita bog‘liq bо‘ladi.
    Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarning faoliyati kengayib har tomonlama rivojlanmoqda. Iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichida auditning asosiy obyektlari quyidagilardan iborat bо‘lishi kerak deb hisoblaymiz:
    - mulklarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish bilan bog‘liq bо‘lgan operatsiyalar;
    - moliyaviy natijalarni shakllantiruvchi kо‘rsatkichlar (xarajatlar, daromadlar, foyda, zararlar);
    - valyuta operatsiyalari;
    - tashqi iqtisodiy faoliyat, shu jumladan xorijiy sarmoyalar;
    - hisob-kitob operatsiyalari (debitorlik, kreditorlik qarzlari);
    -qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq jarayonlar.
    Shunday qilib auditning predmeti va obyektlari quyidagi tartibda guruhlash mumkin:
    xо‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatlari;
    xо‘jalik yurituvchi subyektlarning aktivlari va majburiyatlari;
    xо‘jalik yurituvchi subyektlarning alohida jarayonlari (operatsiyalari).
    Auditning asosiy predmeti bо‘lgan korxonalarning faoliyatlari quyidagilarga bо‘linadi:
    ishlab chiqarish faoliyati;
    savdo faoliyati;
    xizmat kо‘rsatish faoliyati.
    Xо‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatlari о‘z navbatida quyidagi jarayonlarni о‘z ichiga oladi:
    ta’minot jarayoni;
    ishlab chiqarish jarayoni;
    realizatsiya jarayoni.
    Jarayonlar xо‘jalik operatsiyalari orqali sodir bо‘ladi.
    Xо‘jalik jarayonlarning auditi ma’lum kо‘rsatkichlarni tekshirish orqali amalga oshiriladi. Ushbu kо‘rsatkichlarning ikkiga bо‘lish mumkin:
    miqdor kо‘rsatkichlari;
    sifat kо‘rsatkichlari.
    Miqdor kо‘rsatkichlar - ishlab chiqarilan mahsulotlar, sotilgan tovarlar, bajarilgan xizmatlar hajmidan iborat.
    Sifat kо‘rsatkichlar - faoliyat yuritish bilan bog‘liq bо‘lgan xarajatlar, foyda, mehnat unumdorligini ifodalaydi.
    Korxonalarning alohida jarayonlari va kо‘rsatkichlari auditning obyektlari hisoblanadi.
    Auditning predmetiga xо‘jalik yurituvchi subyektlarga dolzarb masalalarda konsalting xizmatlarini kо‘rsatish ham kiradi. Auditorlar va auditorlik tashkilotlari korxonalarga о‘zaro tuzilgan shartnomalarga asosan «Biznes reja» tuzish, hisob siyosatini belgilash, soliqlarni tо‘g‘ri hisoblash, mahsulot tannarxini aniqlash, moliyaviy hisobot tuzish kabi masalalarda yaqindan yordam beradilar.

    Download 39,03 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish