Mavzu: Atrof muhitni hozirgi zamon global-ekalogik muammolari


Atrof muhit muammolarining geoekologik jihatlari



Download 62,5 Kb.
bet4/5
Sana20.07.2022
Hajmi62,5 Kb.
#827402
1   2   3   4   5
Bog'liq
Atrof muhitni hozirgi zamon global-ekalogik muammolari

Atrof muhit muammolarining geoekologik jihatlari

Terminologik masalalar. Atrof muhitning kompleks tahlili. Atrof muhit va uning tasniflanishi. Atrof muhit – ilmiy tadqiqotlar ob’yekti. Atrof muhit – geoekologiyaning tadqiqot ob’ekti. Atrof muhitni optimallashtirish - barqaror rivojlanish asosi. Geoekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish.


Tabiiy muhit omillari.Tabiiy muhitga moslashuv. Tabiiy mihitda modda va energiuaning aylanma harakatlari.
Terminologik masalalar. XX asrning ikkinchi yarmida jahon taraqqiyotining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri barcha xalqlarning manfaatlariga daxldor va in­soniyat uchun xatarli bo‘lgan, barcha mamlakatlar, butun jahon ham­jamiyati tomonidan birgalikda hal etishni taqoza etadigan global muammolar ahamiyatining o‘sishi bo‘ldi.
Umumbashariy, global miqyoslardagi ko‘p jabhali jarayonlar va hodisalar orasida jamiyat va tabiat orasidagi o‘zaro munosabatlar bilan bog‘liq bo‘lgan atrof muhit muammolari muhim o‘rin tutadi. Bu muammolar insonning hayotiy faoliyatini tabiiy resurslar va ularning qayta ishlab hosil qilinadigan mahsulotlari bilan ta’minlashdagi mu­rakkabliklarga bevosita bog‘liq bo‘lgan xom ashyo, energiya, oziq-ovqat, Dunyo okeani muammolaridir.
Atmosferada karbonat angidrid gazining to‘planishi, radiatsiya fonining ortishi, ozon qatlamidagi o‘zgarishlar, mineral xom ashyo manbalarining taqchillanayotganligi, yashil o‘simliklar bilan qoplangan maydonlarning keskin kamayib borayotganligi, muhitning ifloslanishi kabi global o‘zgarishlarning sodir bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lgan holda ekologik muammolarni tadqiq qilishning ahamiyati ham tobora ortib bormoqda. Zero, I.A. Karimov ta’kitlaganlaridek, hozirgi paytda ekologik muammolar “...milliy va mintaqaviy doiradan chiqib, butun insoniyatning umumiy muammosiga aylangan”.
XX asrning ikkinchi yarmida ishlab chiqarish va urbanizatsiyaning zararli tasirlaridan inson salomatligini muhofaza qilish muammolariga bog‘liq holda fanda “atrof muhit” termini (tushunchasi) keng qo‘llanila boshlandi. “Atrof muhit” iborasining negizida inglizcha “envyron­ment” so‘zi turadi. Bu so’z o’zbek tilida “muhit, atrof, atrof holati” ma’nolarini anglatadi. Maxsus so‘z sifatida ishlatilishida “envyton­ment” so‘zi har qanday mavjudot yashaydigan va rivojlanadigan shar­oit yoki hayotning rivojlanishini va uning xususiyatlarini o‘zgartiradigan hamda belgilaydigan barcha ta’sirlar majmuasini bildiradi.
Muhit” juda keng qamrovli tushuncha bo‘lib,u muayyan ob’yektning tashqi (tabiiy, sotsial, iqtisodiy) sharoitlar bilan o‘zaro aloqadorligi va bog‘liqligini anglatadi. Jahonning mutlaq ko‘pchilik mamlakatlarining ilmiy adabiyotlarida “muhit” tushunchasi bizning ilmiy adabiyotlarimizda qo‘llanilayotgan “atrof muhit”, “atrof tabiiy muhit”, “geografik muhit” tushunchalarining sinonimi sifatida qo‘llaniladi.
Hozirgi paytda “atrof muhit” termini (tushunchasi) siyosiy, maxsus ilmiy va ilmiy-omma­bop adabiyotlarda eng ko‘p qo‘llaniladigan termindir. Keyingi 30-40 yil davomida chop etilgan turli maxsus ilmiy manbalarni o‘rganish “atrof muhit” terminini yildan- yilga ko‘proq qo‘llanilayotganligidan dalolat beradi.
Atrof muhit – insoniyatning yashaydigan va ishlab chiqarish faoliyati muhiti, inson atrofining tabiiy yoki u tomonidan o‘zgartirilgan moddiy olam. Ta’kidlach joizki, tabiat deganda insoniyat mavjudligining tabiiy sharotlari majmuasi tushunilsa, atrof tabiiy muhit to‘g‘risida so‘z borganda, inson xo‘jalik faoliyatining tabiiy jabhalarga ta’siri e’tiborda bo’ladi. Bu ta’sir natijasida biosferada kechadigan muhim jarayonlar buziladi va pirovardida insonning yashash muhiti ham o’zgaradi. Binobarin, atrof muhit inson mavjudligini ta’minlaydigan tabiiy sharoitlarning antropogen ta’sirdagi majmuasidan iborat.

Atrof muhitda insonning xo‘jalik faoliyati tufayli sodir bo‘lgan tub o‘zgarishlar uning tadrijiy taraqqiyoti davomida vujudga kelgan dinamik muvozanatning buzilishiga sabab bo‘lgan holda unda o‘zaro bog‘liqlikning va tirik mavjudotlarning, birinchi navbatda insonning yashash sharoitlarini o‘zgarishiga olib kelmoqda. Bunday o‘zgarishlar atrof muhitning ifloslanishiga va uning resurslarining qashshoqlashu­viga sabab bo‘lmoqda.
Atrof muhit insonga ta’sir ko‘rsatadigan tabiiy va ijtimoiy omil­lar majmuasidan iborat bo‘lganligi sababli insonning hayotiy faoli­yati ko‘p jihatdan atrof muhit sifatiga bog‘liq.

Download 62,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish