Tirik organizmlar hayotining asosi – oqsillar va aminokislotalar. Fermentlar va ularni qishloq xo‘jaligiishlab chiqarishidagi o‘rni
Barcha tirik organizmlarga xos xususiyatlar o‘simliklarda ham mavjud. O‘simliklar ham nafas oladi, oziqlanadi, rivojlanadi, ko‘payadi va oxirida nobud bo‘ladi.
Tirik mavjudotlarning o‘ziga o‘xshash yangi individlarni hosil qilishi ko‘payishi deb ataladi. O‘simliklar dunyosida ko‘payishning turli xillari mavjud. Tuban, shuningdek, yuksak o‘simliklar
3 xil (jinsiy, jinssiz, vegetativ) ko‘payadi.
Jinsiy ko‘payish. Bunday ko‘payishning mohiyati shundaki, fiziologik jihatdan farq qiladigan 2 ta gaploid hujayra qo‘shilib, yangi organizmni vujudga keltiradi. Jinsiy ko‘payishda ‘shiladigan hujayralar jinsiy hujayra - gameta deb ataladi. Gameta grekcha «gamete»-xotin, «gametes» - er degan so‘zdan olingan. Gametalar orasidagi farq shundan iboratki, biri urg‘ochi gameta, ikkinchisi esa erkak hisoblanadi.
Gametalar bir xil yoki har xil organizmda paydo bo‘lishi mumkin. Ular qo‘shilib bitta hujayra - zigotani vujudga keltiradi. Yangi organizm shu zigotaning rivojlanishidan hosil bo‘ladi. Agar
gametalar bir-biri bilan qo‘shilmasa, zigota hosil bo‘lmaydi va gametalar nobud bo‘ladi.
O‘simliklarda jinsiy ko‘payish konyugatsiya va kopulatsiya deb ataladigan 2 tipga bo‘linadi. Konyugatsiya yo‘li bilan ko‘payishda o‘zaro yaqin turgan 2 hujayraning har biridan maxsus
o‘simta hosil bo‘lib bir-biriga qarab o‘sadi. O‘simtalar uchrashishi bilan ular o‘rtasidagi parda erib kanalcha hosil qiladi. Hujayralarning biridagi protoplast ikkinchisiga kanalcha orqali o‘tadi va yadro bilan yadrosi, sitoplazma bilan sitoplazma qo‘shiladi,
natijada zigota hosil bo‘ladi. Hosil bo‘lgan zigota ustidan yangi qalin po‘st qoplanadi hamda noqulay sharoitdan o‘zini saqlaydi. Qulay sharoit hosil bo‘lishi bilan undan yangi organizm
rivojlanadi. Bunday ko‘payish spirogira suvo‘tida uchraydi.
Kopulatsiya yo‘li bilan jinsiy ko‘payish izogamiya, geterogamiya va oogamiya kabi uch xil formada o‘tadi. «Kopulatsiya»
lotincha so‘z bo‘lib «juftlashish» degan ma’noni bildiradi.
Izogamiya usulida shakli va kattaligi farq qilmaydigan erkak va urg‘ochi gametalar qo‘shilib zigota hosil qiladi. Gametalarning
ikkitadan xivchini bo‘lib, suvda tez suzib harakatlana oladi.
Zigota bir hujayrali bo‘lib, harakat organi –xivchini bo‘lmaydi.
Bunday ko‘payishni yashil suvo‘tlarda ko‘ramiz.
Geterogamiya usulida urg‘ochi gameta yirikroq, erkak gameta kichikroq bo‘lib, ikkalasi xivchinli, bemalol harakat qiladi, ular qo‘shilib zigota hosil qiladi (xlamidomonada).
Oogamiya usulida urg‘ochi gameta yirik va harakatsiz, erkak
gameta esa juda mayda va harakatchan bo‘ladi. Urg‘ochi
gametaning xivchini bo‘lmaydi. U tuxum hujayra deyiladi. Erkak
gameta esa xivchini bo‘lib, spermatozoid (ochiq urug‘lilar va
yopiq urug‘lilarda xivchinsiz spermiylar) deyiladi. Oogamiya
qator tuban o‘simliklarda uchraydi. Masalan, xara suv o‘tida
o‘simliklarda gametaning hosil bo‘ladigan joyi gametangiya
deyiladi. Agar gematangiya ko‘p hujayrali bo‘lsa, arxegoniy deb
ataladi. Spermatozoid hosil qiluvchi organ esa anteridiy deyiladi.
24 - rasm. Jinsiy ko‘payish usullari:
A-izogamiya (ulotriks) B-geterogamiya (xlamidomonada)
D-oorgamiya (xara).
Agar jinssiz ko‘payishda yangi organizm o‘z irsiy belgilarini
bir hujayra (spora) bilan tiklasa, jinsiy kopayishda irsiy belgilar 2
ta (otalik va onalik) hujayra asosida ifodalanadi. Shuning uchun
ham jinsiy hujayralarning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan organizm
Do'stlaringiz bilan baham: |