Mavzu; Asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblash usullari va tartibi Reja Kirish I bob. Asosiy vositalarni turkumlash va amortizatsiyasi (eskirishi) hisobi


Keyingi kapital qo’yilmalar hisobi



Download 64,96 Kb.
bet30/31
Sana30.12.2021
Hajmi64,96 Kb.
#194664
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Bog'liq
Asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblash usullari va tartibi

Keyingi kapital qo’yilmalar hisobi. Agarda asosiy vositalarlarga qilingan kapital qo’yilmalar aktivning holatini boshlang’ich baholangan me’yoriy ko’rsat-kichlaridan yuqoriroq darajada yaxshilab, kelgusida iqtisodiy manfaatni oshi-shiga olib kelish ehtimoli mavjud bo’lsa, u holda kapital qo’yilmalar aktivning balans qiymatiga qo’shiladi (kapitalizatsiya qilinadi). Yaxshilanishi natijasida iqtisodiy manfaatdorlikni oshishiga olib keluvchi misollar bo’lib, quyidagilar xizmat qiladi:

asosiy vositaning foydali xizmat muddatini uzaytirish bilan birga quvvatini oshirish maqsadida rekonstruktsiya qilish;

asosiy vosita yordamida ishlab chiqarilayotgan maxsulotning sifatini tubdan yaxshilash maqsadida ushbu ishlab chiqarish vositasi qismlarining sifatini oshirish;

asosiy faoliyatning dastlab baholangan xarajatlarini kamaytirishga olib keladigan yangi ishlab chiqarish jarayonlarini qo’llash.

Boshqa barcha kapital qo’yilmalar, ular amalga oshirilgan davrda xara-jatlar sifatida tan olinishi kerak. Masalan, yuqorida aytib o’tganimizdek, aso-siy vositalarni ta’mirlash yoki texnik xizmat ko’rsatish ularni dastlabki baho-langan ishchi holatida ushlab turish yoki qayta tiklash uchun amalga oshiriladi.

Ma’lumki, kapital xarajatlar yoki kapital qo’yilmalar deb asosiy vosi-talarni va boshqa uzoq muddatda foydalaniladigan aktivlarni sotib olish va yaratish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlarga aytiladi. Asosiy vositalarni sotib olishdan tashqari kapital qo’yilmalar o’z ichiga asosiy vositalarning o’sishi va yaxshilanishini ham oladi. Asosiy vositalarning o’sishi deganda, ishlab chiqarish quvvatlarining jismoniy kengayishi tushuniladi. Masalan, agarda bino kengay-tirilib qo’shimcha xonalar qurilsa va keyingi yillarda bu qo’shimcha xonalar qurish uchun qilingan xarajatlardan daromad olish kutilsa, bu qo’shimcha quri-lishga ketgan xarajatlar “bino” hisobvarag’i debetida aks ettiriladi, ya’ni bino qiymatiga kapitallashtiriladi.

Uskunalarni ta’mirlash yoki xizmat ko’rsatish, yoqilgi sotib olish xara-jatlari ya’ni korxona faoliyati uchun zarur bo’lgan barcha xarajatlar nokapital xarajatlarga yoki chiqimga kiritiladi, chunki ular ushbu hisobot davrida daromad olish uchun qilingan xarajatlarni ifodalaydi.

Buxgalteriya hisobida xo’jalik faoliyati natijalarini to’g’ri aks ettirish nuqtai nazaridan kapital qo’yilmalar va xarajatlarni qat’iy ajratish zarur. Kapital qo’yilmalar - bu balansning aktiv qismida aks ettirilgan xarajatlardir va buxgalteriya axborotlari nuqtai nazaridan xarajatlar hisoblanmaydi. xara-jatlar esa - bu chiqim deb tan olinadi va tannarxga yoki davr xarajatlariga olib boriladi hamda moliyaviy natijalarni aniqlashda asos bo’lib xizmat qiladi. Odatdagi xarajatlarga joriy ta’mirlash, xizmat ko’rsatish, moylash, tozalash, qa-rab turish to’lovlari ya’ni uskunani ishchi holatida ushlab turish uchun zarur bo’lgan xarajatlar kiradi

Ayrim hollarda asosiy vositalar yaratish uchun olingan qarzlar bo’yicha foizlar ular qiymatiga kapitallashtiriladi. Masalan, binolarni qurish uchun olingan qarzlar bo’yicha hisoblangan foizlar ba’zi hollarda ular qiymatiga kapitallashtiriladi. Foizlarni kapitallashtirish masalasi murakkab va qarama-qarshi bo’lgan muammo bo’lib hisoblanadi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, montaj qilinmaydigan asosiy vositalarni sotib olishda foydalanilgan qarzlar bo’yicha foizlar kapitallashtirilmaydi, chunki bunday aktiv tayinlanish shakliga ega bo’lgan holatdadir. Bunday holat bilan bog’liq foizlar moliyaviy xarajat-larni ifodalaydi va sotib olingan asosiy vositalarning iqtisodiy manfaatini ortishiga olib kelmaydi. Sotib olingan aktivlar ularga qo’shimcha xarajatlar qilinmay, shu zahoti daromad keltiruvchi ishga jalb qilinadi va ularni sotib olish uchun ishlatilgan mablag’lar bo’yicha foizlar bilan taqqoslash imkoni bo’ladi.

Asosiy vositalarni qurish jarayonida paydo bo’lgan foizlarni to’lash xara-jatlari esa ularni ishga tayyorlash uchun zarur bo’lgan xarajatlar sifatida qara-ladi. Chunki asosiy vosita uni ishiga tushirish ishlari tugamagunicha daromad keltira olmaydi, shuning uchun uning yaratilishi jarayonida hisoblangan foiz-larni kapitallashtirish zarur. Keyinchalik kapitallashtirilgan foizlar doimiy amortizatsiya hisoblarining bir qismi sifatida hisobdan chiqariladi.

Xulosa

Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda asosiy vositalar amortizatsiyasi hisobi


hozirgi kunda sezilarli darajada takomillashgan. Shu bilan birga, buxgalteriya
hisobida amalga oshirilgan chuo’ur islohotlar, ularning zamonaviy
ko’rinishlarining amaliyotga joriy etila boshlashi samarasi o’laroq,
respublikamizda hali ham talaygina muammolar borligi e’tibordan chetda
qolmaydi. «Asosiy vositalar» nomli 5-son BHMSning amaliyotga tadbiq etilishi,
shuningdek buxgalteriya hisobi hisobvarao’lar rejasi yangi tahririning ishlab
chio’ilishi xo’jalik yurituvchi sub’ektlar buxgalterlari oldida dastlabki yillarda
muayyan o’iyinchiliklarni keltirib chio’armoo’da.
Shuni hisobga olish kerakki, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblashda asosan to’Yori chizio’li usuldan foydalanishi va bu o’z navbatida, asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblashning ushbu usuli xo’jalik yurituvchi sub’ektlar uchun hisob yuritishda o’ylaylik tuYodirishi hisobga olindi. Biroq, bu usulni qo’llash ayrim tarmoo’lar uchun deyarli samarali emas. Asosiy vositalar, jumladan ularning aktiv o’ismi uchun amortizatsiya hisoblashning bosho’a usuli, ya’ni bajarilgan ish hajmiga o’arab amortizatsiya hisoblash usuli qo’llanilsa, maqsadga muvofio’dir. Bajarilgan ish hajmiga ko’ra amortizatsiya hisoblash usuli xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda mavjud asosiy vositalardan samarali foydalanishni hamda mahsulot tannarxini odilona aniqlashga imkon yaratadi.
O’z navbatida, «Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chio’arish va sotish
xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi
to’g’risida»gi Nizomga muvofiq asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblashning tezlashtirilgan usullari qo’llanishi Soliq kodeksida ko’rsatilgan me’yorlardan dastlabki yillarda ko’proo’ hisoblangan, ya’ni musbat farq qismi soliq bazasiga o’o’shiladi, lekin oxirgi yillarda kamroq hisoblangan amortizatsiya summasi, ya’ni manfiy farq soliq bazasidan chegirilmaydi.
Bizning fikrimizcha, so’nggi yillarda kamroq hisoblangan, ya’ni manfiy farq
soliq bazasidan chegirilsa, solio’larning raqobatlantirish funktsiyasi orqali xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatishi va bu yangi texnika-texnologiya bilan ta’minlanishiga turtki bo’lar edi.
Iqtisodiyotning erkinlashtirilishi munosabati bilan respublikamiz iqtisodiyotining jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashayotgan hozirgi kunda
zamonaviy texnika va texnologiyalardan foydalangan tarzda, bozorlarimizni
xalqaro standartlarga to’liq javob beradigan, nisbatan arzon tovar va xizmatlar
bilan ta’minlash juda dolzarb masala bo’lib turibdi. Buning uchun tovar va
xizmatlar qiymatining asosiy qismini tashkil etuvchi tannarxni pasaytirish
zarurdir.


Download 64,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish