3. Qo’shimchalar kiritish. Mavjud asosiy vositalarga qo’llanadigan uzay-tirish, oshirish va kengaytirish ishlari bilan bog’lik xarajatlar asosiy vosi-talarga qo’shimchalar kiritish xarajatlari deb tavsiflanadi. Misol tariqasida, mavjud binoga qo’shimcha qanot yoki xonaning qurilishi. Qo’shimchalar kiritish kapital xarajatlar hisoblanadi va asosiy vositalarning tannarxiga olib bori-ladi.
Ma’lumki, bir qator korxonalar ishlab chiqarish bino va inshootlarini atrof muhitning ifloslantirmaslik maqsadida maxsus qurilmalar bilan jihozlaydilar. Ba’zi hollarda bu qurilmalarining qiymati atrof - muhitni ifloslantiruvchi dastgohlar qiymatidan ko’proq ham bo’ladi. Bunday hollarda bu asboblar qiymati alohida kapitallashtiriladi va asosiy vositalarga qo’shimchalar kiritish sifatida eskirish hisoblab boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |