3-jadval
Asosiy vositalar tarkibi, tuzilishi va dinamikasi tahlili
Fond nomi
|
Yil boshi uchun
|
Yil oxiri uchun
|
Mutlaq o’zgarish
|
O’sish
sur’ati, %
|
|
summa,
mln. so’m
|
Salmog’i,
%
|
summa, mln.
so’m
|
Salmog’i,
%
|
|
|
A
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
Bino
|
491,6
|
10,7
|
604,7
|
10,5
|
113,1
|
123
|
Inshootlar
|
482,4
|
10,5
|
512,6
|
8,9
|
30.2
|
106,2
|
Uzatish qurilmalari
|
340
|
7,4
|
408,9
|
7,1
|
68,9
|
120,2
|
Mashin va uskunalar
|
2665
|
58
|
3456,1
|
60
|
791,1
|
129,6
|
Mebel va ofis jihozlari
|
92
|
2
|
115,2
|
2
|
23,2
|
125,2
|
Kompyuter va hisoblash
texnikasi
|
147
|
3,2
|
161,3
|
2,8
|
14,3
|
109,7
|
Transport vositalari
|
248,1
|
5,4
|
334,1
|
5,8
|
86
|
134,6
|
Boshqa asosiy vositalar
|
128,6
|
2,8
|
167
|
2,9
|
38,4
|
129,8
|
Jami
|
4594,7
|
100
|
5759,9
|
100
|
1165,2
|
125,3
|
Ko’rib chiqilayotgan davr uchun asosiy vositalarning umumiy qiymati 25,3%
ga o’sgan. Ularning tarkibida o’zgarish sodir bo’lgan: mashina va uskunalar ulushi
yil boshidagi 58% dan yil oxirida 60% gacha o’sib, passiv qism ulushi qisqargan.
Bunda mashina va uskunalar o’sishi boshqa asosiy vositalarning o’sish sur’atini
ortda qoldirgan.
3. Asosiy vositalar harakati tahlili
Asosiy vositalar harakati tahlili quyidagi ko’rsatkichlar asosida amalga
oshiriladi – asosiy vositalar kirimi (joriy qilinishi), yangilash, hisobdan chiqarish,
tugatish, kengaytirish koeffitsientlari. Asosiy vositalarning texnik holatini
tavsiflash uchun yaroqlilik, eskirish va almashtirish koeffitsientlari hisoblanadi.
Ko’rsatkichlarni hisoblash uchun boshlang’ich axborot manbai moliyaviy
hisobot (3-shakl – “Asosiy vositalar harakati haqida hisobot”) hisoblanadi.
Yangilash va tugatish koeffitsientlarini hisoblash uchun yangi uskuna keltirilishi va
eskirgan uskunalar tugatilishi haqida birlamchi analitik hisob ma’lumotlari talab
qilinadi.
Ko’rsatkichlarni hisoblash metodikasini quyida keltirilgan jadval
ma’lumotlari misolida ko’rib chiqamiz.
4-jadval
Asosiy vositalar mavjudligi va harakati balansi (mln.so’mda)
Ko’rsatkich
|
Yil boshida
mavjud
|
Kirim qilindi
|
tashlandi Chiqarib
|
Yil mavjud oxirida
|
Boshlang’ich baholashda asosiy vositalar
qiymati
|
4594,7
|
1608,1
|
442,9
|
5759,9
|
jumladan yangilari
|
590
|
|
|
|
Asosiy vositalar eskirishi
|
1581
|
2496,5
|
|
|
Asosiy vositalarning qoldiq qiymati
|
3013,7
|
3263,4
|
|
|
Asosiy vositalar harakati tahlili uchun quyidagi formulalar bo’yicha yuqorida
tilga olingan ko’rsatkichlarni hisoblaymiz:
Tushum (joriy qilish) koeffitsienti Kj:
Qayta kirim qilingan asosiy vositalar
Kj=
Davr oxirida asosiy vositalar qiymati
Kj = 1608,1x 100% = 27,9%.
Yangilash koeffitsienti Kya:
Yangi asosiy vositalar qiymati
Kya =
Davr oxirida asosiy vositalar qiymati
Kya = x 100% = 10,2 %.
Yangilash koeffitsienti fondlarning barcha qiymati kabi ularning aktiv qismi
bo’yicha ham, shuningdek, uskunalar guruhlari bo’yicha hisoblanadi va odatda
qator yillar uchun dinamikada ko’rib chiqiladi. Bizning misolimizda yillik
yangilanish koeffitsienti 10,2% ga teng. Uskunalarning yosh tarkibi asosiy
vositalarning texnik darajasini ham tavsiflaydi. Bu uning ishga yaroqliligi va
almashtirish zarurati haqida mulohaza qilishga, shuningdek, fond qaytimini
oshirishning potentsial imkoniyatlarini bilishga imkon beradi. Tahlil uchun
amaldagi uskunalar turlari bo’yicha, ularning ichida esa foydalanish davomiyligi
bo’yicha guruhlanadi va amaldagi muddatlar normativ, mazkur sanoat uchun
umumiy o’rnatilgan xizmat muddatlari bilan taqqoslanadi. Bundan tashqari,
foydalanilishi fond qaytimining etarli darajasini ta’minlay olmaydigan eskirgan
uskunalarning ulushi aniqlanadi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlari kirimi asosan ikki yo’nalishda amalga
oshiriladi:
yangi qurilish va texnik qayta qurollantirish;
amaldagi korxonalar rekonstruktsiyasi.
Mamlakatimizda o’tkazilayotgan islohotlarning eng muhim yo’nalishlaridan
biri – bu birinchi navbatda mamlakatning makroiqtisodiy barqarorligini, umuman
iqtisodiy o’sishning lokomotivlariga aylanishi lozim bo’lgan ishlab chiqarish,
tarmoq va sohalarni jadal rivojlantirishga, demografik xususiyatlar, ish bilan
bandlik, aholi daromadlarini oshirish va boshqalar bilan bog’liq O’zbekiston uchun
o’ziga xos bo’lgan o’ta muhim muammolarni hal qilishni ta’minlashga
yo’naltirilgan iqtisodiyotni tizimli va bosqichli ravishda tuzilmaviy yangilash
hisoblanadi.
Bundan tashqari, investitsiya mablag’larining aksariyat qismi korxonalar
uskunalarini modernizatsiyalash va texnik qayta qurollantirishga
yo’naltirilayotganligi kam xarajatlar bilan yuqori sifatli mahsulotlar ishlab
chiqarishni ko’paytirishga zamin yaratadi.
Asosiy vositalarni muomaladan chiqarish koeffitsienti Kch:
Muomaladan chiqarilgan asosiy vositalar qiymati
Kch =
Davr boshida asosiy vositalar qiymati
Kch = x 100 = 9,6%.
Tugatish koeffitsienti Kt:
590
442,9
4594,7
Tugatilgan asosiy vositalar qiymati
Kt =
Davr boshida asosiy vositalar qiymati
Hisobot yilida kirim qilingan asosiy vositalar ulushi 27,9% ni tashkil qildi,
ulardan yangilari 10,2% . Asosiy vositalarni yangilash maqsadi – uskunalarni
saqlash va ishlatish bo’yicha xarajatlarni kamaytirish, uskunalar turib qolishlarini
kamaytirish, mehnat unumdorligini yuksaltirish, mahsulotlarning
raqobatbardoshligini oshirish.
Almashtirish koeffitsienti Ka:
Eskirishi natijasida chiqarib tashlangan asosiy vositalar qiymati
Ka =
Qayta kirim qilingan asosiy vositalar qiymati
Ka =
442,9
|
x 100 = 27,5%.
|
Mashina va uskunalar parkini kengaytirish koeffitsienti Kkeng:
|
|
Kkeng = 1 – Ka.
|
1608,1
|
Ishlab chiqarish jarayonida ishlatilayotgan asosiy vositalar jismoniy va
ma’naviy eskiradi. Jismoniy eskirish darajasi amortizatsiya hisoblash jarayonida
aniqlanadi. Bu jarayon quyidagilar uchun usul sifatida bir necha jihatdan ko’rib
chiqilishi mumkin:
asosiy vositalar eskirmagan qismining joriy bahosini aniqlash;
asosiy vositalarga bir martalik xarajatlarni tayyor mahsulotga kiritish;
ishlab chiqarish jarayonidan chiqarilayotgan asosiy vositalarni o’rin
almashtirish uchun yoki yangi ishlab chiqarishga qo’yilmalar uchun moliyaviy
resurslar jamg’arish.
Asosiy vositalar holatini aniqlash uchun mos ravishda asosiy vositalarning
eskirgan ulushi yoki ishlatish uchun yaroqli qismi ulushini tavsiflovchi eskirish va
yaroqlilik koeffitsientlari hisoblanadi:
Asosiy vositalar eskirish koeffitsienti Ke:
Asosiy vositalar eskirish qiymati
Ke =
Asosiy vositalar boshlang’ich qiymati
Asosiy vositalar yaroqlilik koeffitsienti Kya
Asosiy vositalar qoldiq qiymati
Kya =
Asosiy vositalarning boshlang’ich qiymati
Ushbu ko’rsatkichlar foizlarda yoki ulush birliklarida o’lchanadi va hisobot
davrining boshi uchun ham, oxiri uchun ham hisoblanishi mumkin. Ma’lumki,
eskirish koeffitsientining ortishi korxonalar asosiy vositalari holati
yomonlashganligini bildiradi. Bunda shuni hisobga olish lozimki, eskirish
koeffitsienti asosiy vositalarning haqiqatda eskirishini aks ettirmaydi, yaroqlilik
koeffitsienti esa ularning joriy qiymati, masalan, uskunalar vaqtincha
ishlatilmayotganda aniq bahosini bera olmaydi. Bu holatda asosiy vositalar
jismoniy eskirmaydi, lekin ularning eskirishining umumiy miqdori ortadi. Asosiy
vositalarning joriy qiymat bahosi qator omillar, xususan, konyuktura va talab
holatiga bog’liq bo’ladi, shuning uchun yaroqlilik koeffitsienti yordamida olingan
bahodan farqlanishi mumkin. Asosiy vositalarning eskirish miqdoriga tashkilotda
qabul qilingan amortizatsiya hisoblash tizimi eng katta ta’sir ko’rsatadi. Hozirgi
vaqtda mavjud hisob va hisobot tizimida eskirish va yaroqlilik koeffitsientlari
asosiy vositalar holatining faqatgina shartli bahosini beradi, bu esa ushbu
ko’rsatkichlardan tahlil jarayonida qo’llash imkoniyatini jiddiy ravishda cheklab
qo’yadi. Endi esa asosiy vositalarning eskirish va yaroqlilik koeffitsientlarini
aniqlaymiz:
Ke = 1581 / 4594,7 x 100% = 34,5% - yil boshi uchun
Ke = 2496,5 / 5759,9 x 100 % = 43,4% – yil oxiri uchun
Kya = 3013,7 / 4594,7 x 100% = 65,5 % - yil boshi uchun
Kya = 3263,4 \5759,9 x 100% = 56,6 % - yil oxiri uchun
Yaroqlilik koeffitsienti bir (yoki 100%) va eskirish koeffitsienti o’rtasidagi
farq sifatida hisoblab topilishi mumkin Kya = 1– Ke.
Do'stlaringiz bilan baham: |